*O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
** quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).
*** “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.
Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.
• Oylik abonent to’lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig’ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to’ldirilganidan so’ng oylik abonent to’lovi darhol yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
• Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi «Status Silver NEW» tarifida- 40 000 MBgacha, «Status Gold NEW» tarifida – 60 000 MBgacha, «Status Platinum NEW» tarifida – 200 000 MBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag’ bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
• Tarif bo’yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to’lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
• Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng yoki taqdim etilmagan holatda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it», «Hamma tarmoqda» va «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar «Status NEW» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• «Status Platinum NEW» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida «Status Platinum NEW» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi. Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qolinadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston, Qirg’iziston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
• «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.