Internet

Tafsilotlari
Ulanish
0 so'm
Abonent to‘lovi
0 so'm
Internet
0 s'om/kun
Shartlari

*110*180#

Olingan/yuborilgan ma’lumotlar narxi (1 MB uchun) Tarif rejasiga muvofiq

GPRS orqali internetga ulanish sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

– internetga shahar telefon liniyasiz chiqish;
– elektron pochtani qabul qilish va yuborish;
– ichki korporativ tarmoqqa ulanishga ega bo‘lish;
– internetda ishlashni uzmasdan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish.

GPRS texnologiyasining asosiy afzalligi — ma’lumotlarni uzatish tezligi. GPRS orqali mobil telefon yordamida internetga ulanishda xuddi simli bog‘lanishdagi kabi barcha imkoniyatlarni to‘laligicha olasiz.

Xizmatga ulanishdan avval, sizning telefoningiz GPRS texnologiyasini ko‘tara olishini aniqlang. Bunday ma’lumot telefon qo‘llanmasida beriladi.

Abonentga 256Kbit/soniyadan oshmaydigan GPRS/EDGE texnologiyasi va 7,2Mbit/soniyagacha 3G (UMTS/HSDPA) texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tezligi beriladi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatish tezligi, barcha hududda bo‘lishi kafolatlanmagan bo‘lib, u joyning relyefiga, to‘liq atrofdagi qurilmalariga, tarmoqning bandligi, Internet (telefon, modem va b.)ga ulanish uchun ishlatiladigan jihozlarning texnik tavsiflari va boshqa tashqi omillarga bog‘liq.

Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.

Internet sessiyani ochishda Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larni ehtiyotlay boshlaydi, balansdagi pul mablag‘larining qoldig‘i boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balansni tekshirish vaqtida tizim hisobni to‘ldirish kerakligi haqida ogohlantiradi.

Agar abonentda GPRS-paket bo‘lsa, hamda GPRS-paketda sessiya uchun yetarlicha Mb bo‘lmasa (2 Mb kam bo‘lsa), unda keyingi ustamalar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pul mablag‘lari bo‘lgan holatda).

Zaxiraga olingan pul mablag‘larning summasi ishlatiladigan internet trafik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiya tamom bo‘lishi bilan abonent hisobda qolgan pul mablag‘lari xarajat uchun ochiladi va undan yechiladi.

GPRS orqali internetga ulanishdan avval telefoningiz GPRSni ko‘tarishiga ishonch hosil qiling. Bu ma’lumotni siz telefoningizdan foydalanish qo‘llanmasidan topasiz.

Internet xizmati ulangandan so’ng mobil qurilmangizni o’chirib qayta yoqishingiz lozim bo’ladi.

Kompyuterni sozlash

Biz Windows operatsion tizim misolida kompyuterni sozlashning umumiy parametrlarini o‘tkazamiz. Agar kompyuterni sozlashda qiyinchilik yuzaga kelsa, bizning ofislarimizga murojaat eting.

Mobil telefoningizni kabel, IK-port yoki Bluetooth yordamida kompyuterga ulang. Keyin kompyuter bilan bog‘lanishdagi sozlash parametrlarida quyidagi parametrlarini ko‘rsating:

Qo‘ng‘iroq raqami *99#
Login beeline
Password beeline

Modem xususiyati uchun shaxsiyatni yozish qatori:

AT+CGDCONT=1,»IP»,»internet.beeline.uz»

Telefonni sozlash

Aksariyat telefonlar sozlashni talab qilmaydi – IK-port yoki Bluetooth ni faollashtirishning o‘zi yetarli. Lekin ayrim modellarda GPRS-internet bilan ishlash uchun hisob qaydini yaratish zarur. Buning uchun:

Telefon Menyusiga kiring va Hisob qaydini tanlang -> «Yangisini qo‘shish»
Hisob qaydining Turini ko‘rsating: GPRS ma’lumotlari
Yangi bog‘lanishning nomini kiriting: Bee-gprs-internet
Sozlash oynasida “GPRSning yangi ma’lumotlari”ni kiriting:

Ulanish nuqtasi: internet.beeline.uz
Foydalanuvchining ismi: beeline
Parol
So‘rov paroli: Bo’sh qoldiring
Ruxsat etilgan chaqiruvlar: avtomat
IP-adres: Bo’sh qoldiring
DNS manzili

Qo‘shimcha sozlashlar

Autentifikatsiya oddiy
Ma’lumotlarni zichlash: Bo’sh qoldiring.
Sarlavhalarni zichlash: Bo’sh qoldiring.
Barcha bandlarda xizmat ko‘rsatish sifati “o‘z holicha”

Sozlashlarni saqlang va yaratilgan hisob qaydini faollashtiring.

Siemens ning ayrim modellarida ma’lumotlarni uzatish tezligini 57600 bit/s.deb belgilash kerak. Buning uchun telefon menyusida Sozlash -> Ma’lumotlarni uzatishni tanlash va GPRS belgisi oldida “qushcha” belgisi turganiga ishonch hosil qilish lozim. Menyudagi Tezlik bandida esa, 57600 qiymatni tanlash kerak.