2022 yil 8 va 15 may kunlari (faqat shu kunlari) ofis ishlamaydi.
Dushanba-Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz) Tushlik vaqti: Dushanbadan Payshanbagacha tushliksiz, juma va shanba tushlik 13:00 dan 14:00 gacha Dam olish kuni: Yakshanba
Manzil: Farg‘ona shahri, Terak Mozor ko’cha 109a uy.
Mo‘ljal: Ipoteka bank
Ish tartibi:
Dushanba - Juma: 09:00 dan 18:00 gacha
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Manzil: Hamza ko'chasi 12
Mo'ljal: Chorsu/ NBU banki, musiqa maktabi ro'parasida
Ish tartibi:
Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha, 12:00 dan 13:00 gacha tushlik
Manzil: Mustaqillik ko'chasi, 470 uy
Mo‘ljal: Uvaysiy nomidagi kinoteatr
Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha
Juma - Yakshanba: 12:00 dan 13:00 gacha tushlik.
Manzil: Farg'ona sh., Bahor MFY, Dehqon-1 ko'chasi
Mo‘ljal: Farg'ona shahridagi dehqon bozori, "Makro" supermarketi
Ish tartibi:
Dushanba - Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Manzil: Hamza ko'chasi 12
Mo'ljal: Chorsu/ NBU banki, musiqa maktabi ro'parasida
Ish tartibi:
Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha, 12:00 dan 13:00 gacha tushlik
Manzil: Qo‘qon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 35-uy
Mo‘ljal: Sobiq soliq idorasi, TBC banki.
Ish tartibi:
Dushanba - Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz).
Dam olish kuni: Yakshanba
Manzil: Boburshoh ko‘chasi, 22D-uy
Mo‘ljal: Viloyat Sanitar Epidimiologik Markazi (SES)
Ish tartibi:
Dushanba-Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: dam olish kuni
Manzil: O'zbekiston ko‘chasi, 82-uy.
Mo‘ljal: «Hamkor biznes markazi» tog‘risida.
Ish tartibi:
Dushanba - Juma: 09:00-18:00
Tushlik: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kunlari: Shanba-Yakshanba
Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Beruniy MFY, I. Buxoro ko'chasi, 1-qavat. Mo'ljal: Xalid ibn Valid masjidi, 55-sonli maktab qarshisida
Ish tartibi:
Dushanba - Yakshanba: 9-00 dan 18-00 gacha (tushliksiz)
Manzil: Ibrat ko'chasi 46
Mo‘ljal: Markaziy bank to'g'risida
Ish tartibi:
Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).
Manzil: Namangan sh., Kukumbayeva 42A.uy
Mo‘ljal: «Sabo» savdo markazi
Ish tartibi:
Dushanba - Shanba: 9-00 dan 18-00 gacha (tushliksiz);
Dam olish kuni: Yakshanba
Manzil: Qarshi shahri, Karlug‘bag’ot ko‘chasi,
Mo‘ljal: "Yangi bozor"
Ish tartibi:
Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz). Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo’li ko’chasi, 5 uy.
Mo‘ljal: «Sarbon» kafesi
Ish tartibi:
Dushanba-Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
Manzil: Termiz sh. A. Navoiy ko'chasi, 45J uy
Mo‘ljal: «Azizbek» restorani ro’parasida
Ish tartibi: 09:00 dan 18:00 gacha
Shanba, Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil: Denov shahri, Mustaqillik ko’chasi 50 uy
Mo‘ljal: Milliy bank tog‘risida
Ish tartibi
Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha Yakshanba: Dam olish kuni.
Manzil: Urganch sh. Tinchlik ko’chasi
Mo‘ljal: FHDYO
Ish tartibi:
Dushanba - Shanba: 08:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz)
Yakshanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha)
Manzil: Nukus shahri, A. Dosnazarov va T. Kayipbergenov ko'chalari kesishmasi
Mo'ljal: Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat Soliq Qo'mitasi
Ish tartibi:
Dushanba - Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha (tushliksiz);
Yakshanba: 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha).
Manzil: To’rtko’l shahri, Nukus ko’chasi 10.
Mo‘ljal: Sobiq sport do’koni, savdo bazasi
Ish tartibi:
Dushanba-Yakshanba: 9-00 dan 18-00 gacha
Tushlik: Payshanba-Juma-Shanba-Yakshanba 13-00 dan 14-00 gacha, qolgan kunlar tushliksiz.
«Beepul» - bu smartfoningiz uchun qulay to’lov tizimdir!
Endi, «Beepul» ilovasi va bank kartasi yordamida nafaqat o’z hisobingizni to’ldirishingiz mumkin, balki hisobni manfaatli to’ldirish imkoniyatingiz mavjud!
Hisobingizni «Beepul» orqali 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to`ldiring va «Bonus 50» aksiyasi bilan bonus sifatida tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS va 50 MB trafikka ega bo`ling.
Bu hammasi emas! «Beepul» to’lov tizimi orqali boshqa uyali aloqa operatorlari, Internet provayderlar va shu kabi to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Asosiy ma’lumotlar:
- Beeline abonentlari uchun ishlatilayotgan Internet trafikni sarflamaydi;
- Beeline oldindan to’lov tizimida hisobingizni 8 420 so’m va undan ortiq miqdorda to’ldirganingizda 7 kunga bonus sifatida tarmoq ichida foydalanish uchun 50 daqiqa, O’zbekiston bo’yicha 50 SMS, hamda 50 MB trafikka ega bo`lasiz. Bonuslar haqida batafsil ma’lumot;
- Hatto balansda pul miqdori bo’lmagan taqdirda ham, Internetga ulanmasdan Android yoki iOS ilova yordamida hisobni to’ldirishingiz mumkin;
- Beeline abonentlari uchun, tugmali telefonlarda «Beepul» to'lov tizimidan foydalanishda USSD-so'rovi yordamida *999# orqali hisobni to’ldirish mumkin;
- Avtoto'lovni sozlang va kerakli to'lov belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
«Beepul» yordamida qanday hisobni to’ldirish mumkin?
- Android va iOS smartfonlar uchun, *2# yoki Play Market, Apple Store va Microsoft Store orqali yuklab oling;
- Tugmali telefonlar uchun - *999# terib, bank kartani ro'yxatdan o’tkazib, hisobni to’ldirishingiz mumkin;
- Shuningdek, to'lov tizimining Web sahifasi mavjud - www.beepul.uz
Diqqat!
1) Faqatgina «Beepul» tizimiga ulanib har qanday platforma yordamida to'lovlar amalga oshirishingiz mumkin;
2) Bank kartangizni ro'yxatdan o’tkazgandan so’ng, SMS-xabarnoma xizmatini raqamingizga ulash kerak. Agar SMS-xabarnoma yoqilmagan bo’lsa, siz har qanday bankda bankomat yordamida, yoki Beeline ofislarida ulashingiz mumkin.
Xorijiy to’lov
Xorijiy to’lov
Rossiyada hisobni to’ldirish
Buning uchun Alt Telekom va Svyaznoy salonlarida yoki Beeline O'zbekiston rasmiy hamkorlarining biriga tegishli bo'lgan to'lov shaxobchalarida to'lovni amalga oshirsangiz kifoya. Beeline O'zbekiston rasmiy hamkorlari: Qiwi, Mobil Element, Eleksnet, Comepay, Moskva Banki, Binbank PAO, Gazprombank (Bank GPB), Legion KB, Moskva Kredit Banki, Nomos Banki (bankomatlar, internet banking), PSKB Bank, RNKO Yedinaya kassa OOO, RNKO To'lov markazi (Ekspress strana), Rapida EDS, Rus Standart Banki, Svyaznoy Logistika, Ural Rivojlantirish va Taraqqiyot Banki, Energomashbank PAO, Yunistrim (to'lov kassalari), Yandeks Dengi, CONTACT.
Bu xizmat siz roumingda bo’lsangiz ham juda qulay!
To’lovlar rublda qabul qilinadi. Konvertatsiya kursi va qo’shimcha vositachilik haqqi to’g’risidagi ma’lumotlar to’lovchiga bank kassalarida va to’lovni amalga oshirish chog’ida to’lov terminallari ekranlarida taqdim etiladi.
Rossiyada «SVYAZNOY» tarmog'i orqali hisobni to'ldirish
Beeline O'zbekiston abonentining hisobini «Svyaznoy» tarmog'i orqali to'ldirish uchun:
«Svyaznoy» terminali orqali asosiy ekranda «MDH operatorlari» menyusini tanlang :
Keyin Beeline O'zbekistonni tanlang :
Keyingi bo'limda, telefon raqamni kiriting hamda pulni to'ldirish uchun «Davom etish» tugmasini bosing.
Hisobni Qozog’istonda to’ldirish
Buning uchun «M'Pay» va «Astana Plat» to’lov tizimlari terminallarida to’lov amalga oshirilsa kifoya.
To’lovlar tengeda qabul qilinadi. Konvertatsiya kursi va qo’shimcha vositachilik haqqi to’g’risidagi ma’lumotlar to’lovchiga bank kassalarida va to’lovni amalga oshirish chog’ida to’lov terminallari ekranlarida taqdim etiladi.
Roumingda balansni to’ldirish uchun o’z-o’ziga xizmat terminallari va banklar bo’linmalaridan tashqari, Siz avvalgiday O’zbekistonda xarid qilingan Beeline to’lov kartalaridan foydalanishingiz mumkin.
Shuningdek, «Beeline» sizning Rossiyada yashayotgan yaqinlaringizga O’zbekistondagi qadrdonlariga g’amxo’rlik ko’rsatish va ularning hisoblarini to’ldirish imkoniyatini taqdim etadi.
«Xorijiy to’lov» xizmati Rossiyada yoki Qozog’istonda bo’lgan faqat jismoniy shaxslar uchungina ochiq. Faqat avvaldan to’lov tarif rejalaridan foydalanuvchi «Beeline» O’zbekiston abonentlarini balansini to’ldirish mumkin.
Banklar bo’linmalari orqali to’lovni amalga oshirish uchun yoningizda pasportingiz bo'lishi kerak. «Mobil telefon hisobiga to’lovni amalga oshirishga ariza»ni to’ldirsangiz kifoya, arizada quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatish zarur:
1. Uyali aloqa xizmati operatori (mazkur holatda MChJ «Unitel» Uzbekistan);
2. To’lov mo’ljallangan shaxsning abonent raqami;
3. Mablag’ miqdori (Rossiya Federatsiyasi valyutasida 30 ming rubldan oshmagan miqdorda)
4. To’lov sanasi;
5. Sizning Familiyangiz, Ismingiz va Sharifingiz.
To’lov tizimlari, chakana tarmoqlar, kredit tashkilotlari
Beeline Rossiya abonentlari tomonidan Beeline O'zbekiston abonenti hisobini to'ldirish
Sizga ma’lum qilamizki, endi Beeline Rossiya abonentlari o'z hisobidan (100 dan 15 000 rublgacha) Beeline Uzbekistan abonenti hisobiga pul o'tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin. Beeline O'zbekiston uyali aloqa xizmatlarini to'lash uchun Beeline Rossiya abonenti hisobni mobil telefonidan SMS orqali ham, veb-sayt orqali ham to'ldirishi mumkin (https://moskva.beeline.ru/customers/how-to-pay/oplatit-so-scheta/denezhnie-perevody/):
1. 7878 raqamiga matn bilan SMS-so'rovni yuborish:
beeuz Qabul qiluvchining telefon raqami, Pulning_miqdori.
Masalan: beeuz 90ххххххx 100 yoki beeuz 91xxxxxxx 100
beeuz – bu yerda xizmat ko'rsatuvchi provayderning kodi 90 va 91 – ya’ni Beeline Uzbekistan mobil operator kodi, xxxxxxx-7ta raqamdan iborat bo’lgan abonent raqami (mamlakat kodi 998 ko'rsatilmaydi). O'tkazma miqdori 100 dan 15000 rublgacha bo'lgan oraliq, nuqta va vergulsiz butun son sifatida ko'rsatiladi.
Davlatlarning kodlari:
beeuz – Beeline Uzbekistan
2. SMS-xabarda USD (AQSh dollari) da, komissiyani hisobga olgan holda yechiladigan mablag’ miqdori hamda to‘lovga rozilikni tasdiqlash haqidagi ma’lumotni qabul qilish.
3. To'lovni tasdiqlovchi javob SMS-xabarini yuborish
4. Javob SMS-xabarida xizmat uchun yechib olinadigan miqdor va undiriladigan komissiya ma’lumotini qabul qilish.
Telefon hisobiga USD (AQSh dollari) da mablag’ o'tkaziladi. O'tkaziladigan mablag’ miqdori USD (AQSh dollari) da tasdiqlovchi SMS-xabarida ko'rsatiladi. Rubldan dollarga konvertatsiyasi Rossiya Federatsiyaning Markaziy Banki+2% kursi bo'yicha amalga oshiriladi. O'tkazma uchun olinadigan komissiya miqdori mobil hisobingizdan qo'shimcha ravishda yechib olinadi (komissiya 0%). O'tkazmani o'tkazish muddati - bir necha daqiqani tashkil etadi.
MTS, Megafon va TELE2 Rossiya abonentlari tomonidan Beeline O'zbekiston abonenti hisobini to'ldirish
Endilikda MTS, Megafon va TELE2 mijozlari yaqinlari yoki do'stlarining - Beeline O'zbekiston mijozlarining mobil hisoblarini osongina va sodda to'ldirishlari mumkin. MTS, Megafon yoki TELE2 mijozlari o'zlarining joylashuvidan qat'iy nazar, kunning istalgan vaqtida Rossiya raqamining hisobidan 50 dan 15 000 rublgacha pul o'tkazishlari mumkin. Buning uchun «МОБИ.Деньги» to'lov tizimining (https://www.mobi-money.ru/) sahifasiga o'ting yoki rublda ko'rsatilgan depozit miqdorini 3116 raqamiga yuboring.
Buning uchun, Kmall yoki Mango mobil ilovalarini yuklab olish lozim. To'lovlar faqat, Janubiy Koreyaning milliy plastik kartalari yordamida amalga oshiriladi.
Komissiya haqqi 0%
Ilovalar Android va iOS mobil operatsion tizim foydalanuvchilari uchun mavjud.
To'lovlar davlatning mahalliy valyutasida qabul qilinadi. To’lovchiga konvertatsiya kursi va qo'shimcha komissiya miqdori haqidagi ma'lumotni to'lov amalga oshirilayotgan vaqtda, UzPaynet ilovaning ekranida taqdim etiladi.
Tojikistonda hisobni to'ldirish
Buning uchun Express Pay axborot kiosk tarmog’ida to'lovni amalga oshirib yoki telefoningizga Express Pay Wallet ilovasini yuklab olish kifoya.
Ilova, Android va IOS mobil operatsion tizimlarining foydalanuvchilari uchun amal qiladi.
Ilovani quyidagi manzil orqali yuklab olishingiz mumkin:
To'lovlar TR somoniyda qabul qilinadi. To’lovchiga konvertatsiya kursi va qo'shimcha komissiya miqdori haqidagi ma'lumotni to'lov amalga oshirilayotgan vaqtda, Express Pay axborot kiosk ekranida va Express Pay Wallet ilovasida taqdim etiladi.
Ding platformasi orqali hisobni to'ldirish
Ding - chet elda yashayotgan yoki ishlayotgan vatandoshlarimiz O'zbekistondagi o'z yaqinlari va qadrdonlarining hisoblarini uchta oddiy qadam bilan bir zumda to'ldirish imkonini beradi. Xalqaro Ding platformasi orqali sizga chet elning: Rossiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Germaniya va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi ixtisoslashtirilgan to'lov shaxobchalarida yoki DingTopUp mobil ilovasi orqali: IOS va Android uchun mavjud bo'lgan Mobile Recharge mobil ilovasi orqali hisobni to'ldirish imkoniyati taqdim etiladi.
Naqd pulsiz to'lovni ilova yoki Ding elektron manzilidagi linki - https://www.ding.com/ru/countries/asia/uzbekistan/top-up-beeline web - sahifasi orqali amalga oshirish mumkin. Ding naqd pulsiz to'lovlarni quyidagi kartalardan: Visa, Mastercard, Paypal, American Express, Qiwi hamyoni, Alipay, Unionpay orqali qabul qiladi.
3 qadam: parolingizni kiriting, to'lov shaklini tanlang va barchasi tayyor!
«МТС Деньги» da Beeline O'zbekiston abonenti hisobini to'ldirish
Endi Beeline O'zbekiston abonent raqamlarini «МТС Деньги» xizmatining shaxsiy kabinet yoki sayti orqali komissiyasiz to'ldirish mumkin. Xizmat «МОБИ.Деньги» NKT MChJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hisobni to'ldirish uchun saytdagi yoki mobil ilovadagi «МТС Деньги» shaxsiy kabinetiga kirish kerak. «Платежи» bo'limida «Переводы в СНГ» tanlab Beeline Узбекистан toping. Keyin qabul qiluvchining raqami va to'lov miqdorini kiriting. To'lov tasdiqlangandan so'ng, pul darhol qabul qiluvchining raqamiga o'tkaziladi. Xizmat uchun komissiya narxi - 0%.
Shuningdek, 2020 yil oxiriga qadar «МТС Деньги» orqali «Переводы в СНГ» ni amalga oshirgan mijozlar 10% gacha keshbek olishadi.
Xizmat haqida ko'proq ma'lumotni «МТС Деньги» xizmatining saytida yoki mobil ilovasida olish mumkin - https://clck.ru/R7zPn
«МТС Деньги» da 10% gacha keshbek - https://clck.ru/R834y
Mobil balansdan to'lov
Mobil balansdan to'lov
Mobil elektron to'lovlar uchun xizmat ko'rsatish ommaviy ofertasi
Ommaviy oferta bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
Xizmat haqida
Endilikda Beeline mobil balansidan abonent nafaqat aloqa xizmatlari uchun, balki hamkor saytlardagi sevimli xizmatlar va tovarlar uchun ham to'lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Diqqat!
- To'lovdan so'ng hisobda kamida 2000 so'm qolishi kerak.
- Agar «Ishonch to'lov» xizmati ulangan bo'lsa, to'lovni amalga oshirish imkoni bo'lmaydi.
To'lovni qanday amalga oshirish mumkin?
• Tovar/xizmatni tanlang, hamkor veb-saytidagi to‘lov bo‘limiga o‘ting va mobil to‘lov usulini tanlang;
• Shundan soʻng, Sizga toʻlovning toʻliq qiymati/tovar haqida maʼlumot koʻrsatiladi, soʻngra toʻlov shakliga Beeline telefon raqamingizni kiriting, uning hisobidan to'lov amalga oshiriladi va «To'lash/Davom etish»tugmasini bosing.
• Siz to'lov miqdor va mobil telefon raqamni tasdiqlashingiz uchun tekshirish kodni bepul SMS-xabar orqali qabul qilasiz.
• Telefon raqamingizni va toʻlovni tasdiqlash uchun toʻlovning shakliga kodni kiriting va «Toʻlash»/«Tasdiqlash» tugmasini bosing.
• Agar kod to'g'ri bo'lsa, abonentning shaxsiy hisobidan xaridning miqdorini hisobdan yechishga urinishni amalga oshiriladi.
• Shundan so‘ng Siz to‘lov holati (muvaffaqiyatli, mablag‘ yetarli emas, xizmat abonent uchun mavjud emas va h.k.) haqida bepul SMS-xabarni qabul qilasiz.
• To'lov muvaffaqiyatli o'tsa, Siz tovar/xizmatni olasiz.