Bosh sahifa/Xizmatlar uchun to'lov
«Beepul» – bu smartfoningiz uchun qulay to’lov tizimdir!
Endi, «Beepul» ilovasi va bank kartasi yordamida nafaqat o’z hisobingizni to’ldirishingiz mumkin, balki hisobni manfaatli to’ldirish imkoniyatingiz mavjud!
Bu hammasi emas! «Beepul» to’lov tizimi orqali boshqa uyali aloqa operatorlari, Internet provayderlar va shu kabi to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Asosiy ma’lumotlar:
– Beeline abonentlari uchun ishlatilayotgan Internet trafikni sarflamaydi;
– Hatto balansda pul miqdori bo’lmagan taqdirda ham, Internetga ulanmasdan Android yoki iOS ilova yordamida hisobni to’ldirishingiz mumkin;
– Beeline abonentlari uchun, tugmali telefonlarda «Beepul» to’lov tizimidan foydalanishda USSD-so’rovi yordamida *999# orqali hisobni to’ldirish mumkin;
– Avtoto’lovni sozlang va kerakli to’lov belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.
«Beepul» yordamida qanday hisobni to’ldirish mumkin?
– Android va iOS smartfonlar uchun, *2# yoki Play Market, Apple Store va Microsoft Store orqali yuklab oling;
– Tugmali telefonlar uchun – *999# terib, bank kartani ro’yxatdan o’tkazib, hisobni to’ldirishingiz mumkin;
– Shuningdek, to’lov tizimining Web sahifasi mavjud – www.beepul.uz
Diqqat!
1) Faqatgina «Beepul» tizimiga ulanib har qanday platforma yordamida to’lovlar amalga oshirishingiz mumkin;
2) Bank kartangizni ro’yxatdan o’tkazgandan so’ng, SMS-xabarnoma xizmatini raqamingizga ulash kerak. Agar SMS-xabarnoma yoqilmagan bo’lsa, siz har qanday bankda bankomat yordamida, yoki Beeline ofislarida ulashingiz mumkin.
"Xorijiy to'lov" xizmati orqali siz o‘z hisobingizni yoki Rossiyadagi istalgan Beeline O‘zbekiston abonentining hisobini to‘ldirishingiz mumkin. Buning uchun Sberbank to‘lov terminali orqali yoki bankning o‘z bo‘limlarida to‘lovni amalga oshirish kifoya.
Buning uchun «M’Pay» va «Astana Plat» to’lov tizimlari terminallarida to’lov amalga oshirilsa kifoya.
To’lovlar tengeda qabul qilinadi. Konvertatsiya kursi va qo’shimcha vositachilik haqqi to’g’risidagi ma’lumotlar to’lovchiga bank kassalarida va to’lovni amalga oshirish chog’ida to’lov terminallari ekranlarida taqdim etiladi.
Roumingda balansni to’ldirish uchun o’z-o’ziga xizmat terminallari va banklar bo’linmalaridan tashqari, Siz avvalgiday O’zbekistonda xarid qilingan Beeline to’lov kartalaridan foydalanishingiz mumkin.
Shuningdek, «Beeline» sizning Rossiyada yashayotgan yaqinlaringizga O’zbekistondagi qadrdonlariga g’amxo’rlik ko’rsatish va ularning hisoblarini to’ldirish imkoniyatini taqdim etadi.
«Xorijiy to’lov» xizmati Rossiyada yoki Qozog’istonda bo’lgan faqat jismoniy shaxslar uchungina ochiq. Faqat avvaldan to’lov tarif rejalaridan foydalanuvchi «Beeline» O’zbekiston abonentlarini balansini to’ldirish mumkin.
Banklar bo’linmalari orqali to’lovni amalga oshirish uchun yoningizda pasportingiz bo’lishi kerak. «Mobil telefon hisobiga to’lovni amalga oshirishga ariza»ni to’ldirsangiz kifoya, arizada quyidagi ma’lumotlarni ko’rsatish zarur:
1. Uyali aloqa xizmati operatori (mazkur holatda MChJ «Unitel» Uzbekistan);
2. To’lov mo’ljallangan shaxsning abonent raqami;
3. Mablag’ miqdori (Rossiya Federatsiyasi valyutasida 30 ming rubldan oshmagan miqdorda)
4. To’lov sanasi;
5. Sizning Familiyangiz, Ismingiz va Sharifingiz.
To’lov tizimlari, chakana tarmoqlar, kredit tashkilotlari
Hisobni to’ldirish uchun QiWI dan foydalaning
Naqd pulga to’ldirishni keng tarmoq orqali amalga oshirilishi mumkin naqd pul qabul qilish joylari
CONTACT tizimi yordamida mobil xizmatlarga (hisobni / balansni to’ldirish) tezkor tarzda hisobni to’lashingiz mumkin
Buning uchun, Kmall yoki Mango mobil ilovalarini yuklab olish lozim. To’lovlar faqat, Janubiy Koreyaning milliy plastik kartalari yordamida amalga oshiriladi.
Komissiya haqqi 0%
Ilovalar Android va iOS mobil operatsion tizim foydalanuvchilari uchun mavjud.
Ilovani yuklash uchun manzil:
KMALL
– Play Market;
– App Store.
Mango
– Play Market;
– App Store.
Buning uchun https://uzpaynet.net/ veb-saytiga kirib yoki telefoningizga Uzpaynet ilovasini yuklab olish kifoya.
Ilova, Android va IOS mobil operatsion tizimlarining foydalanuvchilari uchun amal qiladi.
Ilovani quyidagi manzil orqali yuklab olishingiz mumkin:
Google Play – https://play.google.com/store/apps/details?id=net.uzpaynet
Apple Store – https://itunes.apple.com/us/app/uzpaynet/id1187731173?mt=8
To’lovlar davlatning mahalliy valyutasida qabul qilinadi. To’lovchiga konvertatsiya kursi va qo’shimcha komissiya miqdori haqidagi ma’lumotni to’lov amalga oshirilayotgan vaqtda, UzPaynet ilovaning ekranida taqdim etiladi.
Buning uchun Express Pay axborot kiosk tarmog’ida to’lovni amalga oshirib yoki telefoningizga Express Pay Wallet ilovasini yuklab olish kifoya.
Ilova, Android va IOS mobil operatsion tizimlarining foydalanuvchilari uchun amal qiladi.
Ilovani quyidagi manzil orqali yuklab olishingiz mumkin:
Google Play – https://play.google.com/store/apps/details?id=expresspay.wallet
Apple Store – https://itunes.apple.com/tj/app/express-pay-wallet/id1437664307?mt=8
To’lovlar TR somoniyda qabul qilinadi. To’lovchiga konvertatsiya kursi va qo’shimcha komissiya miqdori haqidagi ma’lumotni to’lov amalga oshirilayotgan vaqtda, Express Pay axborot kiosk ekranida va Express Pay Wallet ilovasida taqdim etiladi.
Ding – chet elda yashayotgan yoki ishlayotgan vatandoshlarimiz O’zbekistondagi o’z yaqinlari va qadrdonlarining hisoblarini uchta oddiy qadam bilan bir zumda to’ldirish imkonini beradi. Xalqaro Ding platformasi orqali sizga chet elning: Rossiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Germaniya va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi ixtisoslashtirilgan to’lov shaxobchalarida yoki DingTopUp mobil ilovasi orqali: IOS va Android uchun mavjud bo’lgan Mobile Recharge mobil ilovasi orqali hisobni to’ldirish imkoniyati taqdim etiladi.
Ding Android ilovasi
Ding iOS ilovasi
Naqd pulsiz to’lovni ilova yoki Ding elektron manzilidagi linki – https://www.ding.com/ru/countries/asia/uzbekistan/top-up-beeline web – sahifasi orqali amalga oshirish mumkin. Ding naqd pulsiz to’lovlarni quyidagi kartalardan: Visa, Mastercard, Paypal, American Express, Qiwi hamyoni, Alipay, Unionpay orqali qabul qiladi.
1 qadam: To’lov mo’ljallangan shaxsning abonent raqami;

2 qadam: Mablag’ miqdorini tanlang

3 qadam: parolingizni kiriting, to’lov shaklini tanlang va barchasi tayyor!

Ommaviy oferta bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
Endilikda Beeline mobil balansidan abonent nafaqat aloqa xizmatlari uchun, balki hamkor saytlardagi sevimli xizmatlar va tovarlar uchun ham to’lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Diqqat!
– To’lovdan so’ng hisobda kamida 2000 so’m qolishi kerak.
– Agar «Ishonch to’lov» xizmati ulangan bo’lsa, to’lovni amalga oshirish imkoni bo’lmaydi.
• Tovar/xizmatni tanlang, hamkor veb-saytidagi to‘lov bo‘limiga o‘ting va mobil to‘lov usulini tanlang;
• Shundan soʻng, Sizga toʻlovning toʻliq qiymati/tovar haqida maʼlumot koʻrsatiladi, soʻngra toʻlov shakliga Beeline telefon raqamingizni kiriting, uning hisobidan to’lov amalga oshiriladi va «To’lash/Davom etish»tugmasini bosing.
• Siz to’lov miqdor va mobil telefon raqamni tasdiqlashingiz uchun tekshirish kodni bepul SMS-xabar orqali qabul qilasiz.
• Telefon raqamingizni va toʻlovni tasdiqlash uchun toʻlovning shakliga kodni kiriting va «Toʻlash»/«Tasdiqlash» tugmasini bosing.
• Agar kod to’g’ri bo’lsa, abonentning shaxsiy hisobidan xaridning miqdorini hisobdan yechishga urinishni amalga oshiriladi.
• Shundan so‘ng Siz to‘lov holati (muvaffaqiyatli, mablag‘ yetarli emas, xizmat abonent uchun mavjud emas va h.k.) haqida bepul SMS-xabarni qabul qilasiz.
• To’lov muvaffaqiyatli o’tsa, Siz tovar/xizmatni olasiz.
Bir martalik to’lov uchun limit – 1 BHM gacha
Kunlik limit – 100 BHM gacha
Oylik limit – belgilanmagan
Hozirgi vaqtda quyidagi xizmatlar mavjud:
O’yin xizmatlari: Warface, Perfect World, Archeage, Afsona. Feo-Prime, Afsona. Feo-Minor, Afsonalar arenasi, Qirolning qilichi, Crossfire, Revelation, Skyforge, O’yinlar do’koni games.mail.ru va boshqalar.