Raqamingizni mustaqil boshqaring Beeline Uzbekistan Ochish

«Beeline» dan 4G

Yuqori tezlikdagi Beeline 4G internetidan foydalaning!

4G yoki LTE – bu tezligi 200 Mb/s gacha bo’lgan mobil internet!
Haqiqatdan ham, bunday yuqori tezlik simli internet yoki Wi-Fi internetidan qolishmaydi!

Sahifalar, fayllar, filmlar, musiqa va ilovalarni bir necha soniyada yuklab olishingiz mumkin!

Qo’shimcha afzallik – Beeline Ilovalaridan foydalangan vaqtingiz internet trafikingiz sarflanmaydi.

Beeline TV ilovasi bilan telekanallar va filmlarni onlayn tomosha qiling.
Beeline Music & Radio ilovasi bilan musiqani onlayn tinglang.

4G tarmog’iga qanday ulanish mumkin?

4G tarmog’idan foydalanish uchun yangi avlod 4G SIM kartasi va Beeline 4G tarmog’ida ishlaydigan qurilma kerak bo’ladi.

Qulaylik yaratish maqsadida, barcha 4G SIM-kartalar hamda yangi ulangan SIM-kartalarda 4G xizmati avtomatik tarzda ulangan bo’ladi.

SIM-kartangiz yangi 4G avlodiga tegishli ekanligini 0611 raqamiga qo`ng`iroq qilib yoki saytimizdagi onlayn-maslahatchi yoki Beeline sotuv ofislariga murojaat qilib aniqlashingiz mumkin.

Joriy sim kartangizni 4G SIM-kartasiga Beeline sotuv ofislariga tashrif buyurib almashtirib olishingiz mumkin. SIM-karta almashtirish jarayonida raqam egasi o’z pasportini taqdim etishi kerak bo’ladi.

Qaysi telefon qurilmalar Beeline 4G tarmog’ida ishlaydi?

Beeline 4G tarmog’i LTE 850 (band 18 va band 5), LTE 1800 (band 3), LTE 2300 (band 40}, LTE 2600 (band 7, band 38 va band 41) diapazon chastotalarda ishlaydi va sifatli internet tezligini ta’minlaydi. Telefon qurilmangiz yuqoridagi diapazon chastotalarda ishlashini aniqlasangiz kifoya.

4G tarmog’i qamrovida ekanligimni qanday aniqlasam bo’ladi?

Hozirda Beeline 4G tarmog’i keng qamrovga ega yirik tarmoq hisoblanadi. Mamlakatimizning barcha yirik shaharlarida 4G tarmog’imiz mavjud. Shu bilan birga qamrovni kengaytirib yangi hududlarga kirib bormoqdamiz.

4G tarmog’i qamrovida bo’lgan vaqtingiz telefon ekranining yuqori qismida 4G (LTE) belgisi ko’rinib turadi. O’z hududingizda 4G tarmog’ini mavjudligini bilish uchun shu sahifaga o’ting.

4G narxi qancha?

Barcha mavjud internet xizmatlarimiz 4G tarmog’ida ham amal qiladi.

Faol internet foydalanuvchilar uchun esa maxsus katta hajmli va manfaatli internet paketlarimiz mavjud.

4G tarmog’ida internet yuqori tezlikda bo’lishini hisobga olib, foydalanishingiz uchun qulay hajmdagi internet paket tanlashingizni tavsiya qilamiz.

4G tarmog’ida ovozli aloqadan foydalanish mumkinmi?

4G tarmog’ida ovozli aloqa va USSD so’rovlarni amalga oshirish imkoni yo’q. Lekin Siz aloqada qolasiz, sababi qo’ng’iroq paytida telefon qurilmangiz 3G/2G tarmog’iga avtomatik ravishda ulanadi, muloqotdan so’ng yana 4G tarmog’iga qaytadi. Agar telefon qurilmangizning tarmoq sozlamalarida «Faqat 4G» ko’rsatilgan bo’lsa, kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilish imkoniyati bo’lmaydi.