Uy interneti5G

Uy interneti

Oson o'rnatish. Yoqildi - ishlayapti.

  • 1 Gbit/s gachatezlik
  • Cheksizinternet
  • Kabelsizva montajsiz
Uy interneti

Ariza qoldiring

+998

Qamrov hududi

5G Standalone tarmogʻi kengayib bormoqda — manzilingizda mavjudligini tekshiring.

5G Standalone uchun routerlar

Sinovdan oʻtgan modellar roʻyxati tarmoq kengaygani sari toʻldirib boriladi.

ZTE G5TS Pro (MC8500)
  • Yangiliklar
  • Yangi

ZTE G5TS Pro (MC8500)

5G SA/NSA, 4G LTE, Wi-Fi 6 (AX1500) · 2,86 Gbit/s gacha · Wi-Fi orqali 64 tagacha qurilma · 4 × 1GE port · NFC, Mesh
Batafsil
Tozed ZLT С200
  • Yangiliklar
  • Yangi

Tozed ZLT С200

5G SA/NSA, 4G LTE, Wi-Fi 6 (AX1800) · 3,27 Gbit/s gacha · Wi-Fi orqali 32 tagacha qurilma · 1 × 1GE port · MIMO 4×4, Mesh
Batafsil

Koʻp beriladigan savollar

Bu — uyga kabel yoki optika tortmasdan, 5G Standalone tarmogʻi orqali ishlaydigan uy interneti. Signalni 5G-router qabul qiladi va internetni Wi-Fi hamda kabel orqali qurilmalaringizga tarqatadi. Texnologiya FWA (Fixed Wireless Access) — qatʼiy simsiz ulanish deb ataladi.

Perfectum Markaziy Osiyodagi birinchi 5G Standalone (5G SA) tarmogʻini ishga tushirdi. Aksariyat mamlakatlarda 5G dastlab NSA (Non-Standalone) rejimida, yaʼni 4G tarmogʻi ustida ishga tushirilgan. Perfectum tarmogʻi esa alohida 5G Core yadrosida ishlaydi va 4G ga bogʻliq emas. Uy interneti uchun bu yuqori tezlik, kamroq kechikish va barqarorroq ulanishni anglatadi.

Simli internet uchun binogacha kabel tortish va, odatda, ustalar tashrifi kerak boʻladi. Perfectum simsiz interneti bir necha daqiqada ulanadi — qamrov hududida routerni oʻrnatishning oʻzi kifoya. Bu simli tarmoq yoʻq joylarda, ijara uy-joyda yoki internet tez kerak boʻlganda qulay. Shu bilan birga, simsiz internet tezligi signal darajasi va tarmoq yuklamasiga bogʻliq.

Xizmat quyidagilar uchun qulay:

  • manzilida simli internet boʻlmagan yoki uni oʻtkazish qiyin boʻlganlar;
  • montajsiz va manzilga bogʻlanmasdan internet kerak boʻlgan ijarachilar;
  • brigada kutmasdan, internet tez kerak boʻlganlar;
  • asosiy provayder ishdan chiqqanda zaxira kanal sifatida.

Signal odatda deraza yonida va balandroq joyda, qalin devorlar, metall yuzalar va boshqa toʻsqinlik manbalaridan uzoqda yaxshiroq boʻladi. Agar bir joyda signal kuchsiz boʻlsa, routerni boshqa joyga koʻchirib koʻring — derazaga ozgina yaqinlashtirish ham tezlikni sezilarli yaxshilashi mumkin.