“Hamyon”ga xush kelibsiz!
Hamyon — Beeline Uzbekistan kompaniyasining yagona sodiqlik dasturi bo‘lib, hambi va Beepul ilovalarida xizmatlardan foydalanish va ularni to‘lash orqali bonus ballari ko‘rinishida keshbek olish imkonini beradi.
Ko‘proq foyda oling
1 bonus ball = 1 so‘m.
Ballarni to‘plang va ulardan xizmatlar hamda maxsus takliflar uchun to‘lov qilishda foydalaning.
Hamyon afzalliklari
✔ Yagona bonus hamyoni — mobil telefon raqamingizni kiritish kifoya.
✔ Bonus ballarini hisoblashning oddiy va tushunarli tizimi.
✔ Belgilangan kurs — 1 bonus ball = 1 so‘m.
✔ Xizmatlar uchun to‘plangan bonus ballari bilan to‘lash imkoniyati.
✔ Operatsiyalar tarixi va balansdan istalgan vaqtda foydalanishingiz mumkin.
Bonus ballari ko‘rinishida 10% gacha keshbek oling
Ko‘proq foyda olishga tayyormisiz?
Unda ilovalarni yuklab oling:
Muhim!
hambi va Beepul ilovalarida olingan barcha bonus ballari yagona Hamyon bonus hamyonida saqlanadi. Bu shuni anglatadiki, bir ilovada to‘plangan ballardan, agar xizmat dasturda ishtirok etsa, boshqa ilovada ham foydalanish mumkin.
Hamyon dasturidan qanday foydalanishni boshlash mumkin?
Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun:
1. hambi yoki Beepul ilovasini yuklab oling yoki yangilang.
2. Bitta mobil raqam yordamida ilovalarda ro‘yxatdan o‘ting
3. Hamyon sodiqlik dasturiga qo‘shiling.
4. Bonus ballarini yig‘ishni va ulardan foydalanishni boshlang.
Foydali ma'lumotlar
1. Bonus ballarini qanday olish mumkin?
Bonus ballari sodiqlik dasturida ishtirok etuvchi amallar uchun hisoblanadi.
hambi ilovasida
Quyidagi xizmatlar uchun bonus ballarini olishingiz mumkin:
• Fortuna xizmatini ulash va to‘lash;
• DAVO xizmatini ulash va to‘lash;
• SMART obunasini ulash va to‘lash.
Beepul ilovasida
Quyidagi xizmatlar uchun bonus ballarini olishingiz mumkin:
• istalgan mobil operator hisobini to‘ldirish;
• televideniye xizmatlari uchun to‘lov;
• aloqa xizmatlari uchun to‘lov;
• internet xizmatlari uchun to‘lov.
2. To‘plangan bonus ballarini Hamyon dasturida ishtirok etuvchi mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov qilishda foydalanish mumkin. Bonus ballari bilan to‘lov amalga oshirilganda yangi keshbek hisoblanmaydi.
Istisno: kredit yoki muddatli to‘lovni bonus ballari bilan to‘lash mumkin emas.
3. Keshbek miqdori
Keshbek miqdori tanlangan xizmatga bog‘liq. Bonus ballari xizmat muvaffaqiyatli ulangan yoki to‘langanidan so‘ng dastur shartlariga muvofiq hisoblanadi.
4. Bonus ballari balansi va operatsiyalar tarixini qanday ko‘rish mumkin?
Ilovada istalgan vaqtda quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:
• bonus ballarining joriy balansini;
• bonus ballari hisoblangan operatsiyalar tarixini;
• bonus ballari ishlatilgan operatsiyalar tarixini;
• har bir operatsiya tafsilotlarini.
Barcha ma’lumotlar Hamyon bonus hamyonida onlayn tarzda aks ettiriladi.
Hamyon sodiqlik dasturiga qo‘shilganda, Beep hisoblanmaydi.
5. Bonus ballarining amal qilish muddati
Bonus ballari 1 yil davomida amal qiladi.
Ballarning amal qilish muddati ilovada ko‘rsatiladi. Agar bonus ballari ushbu muddat ichida ishlatilmasa, ular dastur qoidalariga muvofiq avtomatik ravishda bekor qilinadi.
6. Hamyonni o‘chirish
Hamyon sodiqlik dasturidagi hamyonni o‘chirish uchun quyidagi raqamlar orqali Beeline Uzbekistan Call-markaziga murojaat qiling:
0611 - Beeline abonentlari uchun
(90) 185-00-55 - Barcha raqamlardan qo‘ng‘iroq qilish uchun
Diqqat! Hamyon o‘chirilgandan so‘ng, unda to‘plangan barcha ballar bekor qilinadi va ularni qayta tiklab bo‘lmaydi.
