Uch va undan ortiq kishilar bilan suhbat

Tafsilotlari
«Yangi O!», «Bravo Ooo!», «Bravo Vodiy!», «Bravo Online», ProInternet turkumidagi tarif rejalarida, shuningdek, ovozli aloqa amal qilmaydigan tariflarda xizmat taqdim etilmaydi.
Uch va undan ortiq kishilar bilan suhbat
Shartlari

Chaqiruvni kutishni qo’shib, garchi muhim qo’ng’iroq so’zlashuv paytida kelib tushgan taqdirda ham, siz uni o’tkazib yubormaysiz.

O’ziga xos uyg’un ohangdagi signal ikkinchi chaqiruv kelib tushganligini xabar qiladi. Siz kim bilan birinchi galda gaplashishni tanlashingiz va suhbatdoshlarning har biri bilan navbatma-navbat so’zlashishingiz mumkin.

Biror nimani darhol bir necha suhbatdoshlar bilan muhokama qilish lozim bo’lgan chog’da, mobil konferensiya tashkil eting. Konferens aloqa sizga bir vaqtda 5 tagacha suhbatdoshni suhbatga qo’shish imkonini beradi.

Hatto so’zlashuv chog’ida ham qo’ng’iroqlarni qabul qilish uchun o’z telefoningizda quyidagi kodni tering: *43#chaqiruv  tugmasi.

Agar so’zlashuv paytida sizga yana bitta qo’ng’iroq keladigan bo’lsa, siz quyidagicha yo’l tuta olasiz:
– uyg’un signalga ahamiyat bermasdan suhbatni davom ettirish;
– suhbatni tugatishda qo’ng’iroqni tugatish tugmasi bosiladi va qo’ng’iroq qabul qilinadi;
2  chaqiruv ni bosib, yangi qo’ng’iroqni qabul qilish hamda har qaysi suhbatdosh bilan, 2 – chaqiruv tugmasi yordamida biridan boshqasiga ko’chib, navbatma-navbat so’zlashish;
Agar siz birinchi suhbatdosh bilan suhbatni uzmasdan, ikkinchi suhbatdoshga qo’ng’iroq qilishingiz zarur bo’lsa, unda
2  chaqiruv telefon raqamini tering va chaqiruv tugmani bosing.

1. Birinchi suhbatdoshga odatdagidek qo’ng’iroq qiling.

2. 2 ta chaqiruv abonent raqami chaqiruvni terib yana bitta qo’ng’iroq qiling hamda javobdan so’ng yangi suhbatdoshni mobil konferensiyaga qo’shish uchun 3 ta chaqiruvni tering

3. 2 ta chaqiruvni terib, mobil konferensiyaning navbatdagi ishtirokchisidan kiruvchi qo’ng’iroqni qabul qiling va 3 ta chaqiruvni terib uni suhbatga qo’shing.Telefon konferensiyasi o’tkazish uchun “konferens-aloqa” topshiriqlaridan foydalaning.

qolganlar bilan suhbatni bo’lmasdan, suhbatdoshlardan birini o’chirish 1  chaqiruv
bittasidan tashqari barcha suhbatdoshlar bilan muzokarani vaqtincha uzish (shuning barobarida qolgan suhbatdoshlar o’rtasidagi aloqa uzilmaydi) 2  chaqiruv
tizimda kutib turgan abonentlar bilan suhbatga qaytish 3  chaqiruv
barcha suhbatdoshlar bilan suhbatni yakunlash tashlab yuborish

 —  suhbatga qo’shilish chog’ida suhbatdoshning tartib raqami. Siz suhbatdoshlarni qaysi tartibda ulaysiz, shuni eslab qoling.