
Eng tezkor mobil internet

Eng yaxshi mobil video sifati

Eng barqaror tarmoq
Boshqa raqamga yo’naltirish
Masalan, siz muhim qo’ng’iroqni kutayotgan bo’lsangizu, telefonning akkumulyatori o’tirib qolsa, shunday paytlarda qulay xizmat.
Parametrlari- Xizmat kiruvchi qo’ng’iroqlarni boshqa raqamga ya'ni mobil yoki shahar raqamiga yo’naltirish imkonini beradi. Masalan, siz muhim qo’ng’iroqni kutayotgan bo’lsangizu, telefonning akkumulyatori o’tirib qolsa, shunday paytlarda bu xizmat qulay bo'ladi.
- Boshqa manzilga yo’llashni eng yaqindagi telefon raqamiga o’rnating va aloqada qoling!
- Qayta yo'naltirilayotgan mahalliy qo'ng'iroqning 1 daqiqasi narxi500 so'm
Kirish qo’ng’iroqlarini xalqaro raqamlarga yo’llashning iloji yo’q.
Xalqaro roumingda boshqa manzilga shartli yo’llangan holatda, boshqa manzilga yo’llangan qo’ng’iroqning narxi kiruvchi qo’ng’iroq narxidan va mos turdagi chiquvchi qo’ng’iroq narxidan tashkil topadi.
Siz qo’ng’iroqlarni boshqa manzilga yo’llashni telefon menyusi orqali yoki maxsus topshiriqlar yordamida sozlashingiz mumkin.
Barcha qo’ng’iroqlarni yo’naltirish
Ulanish **21*<+operator kodi>abonent raqami*11#chaqiruv
Bekor qilish ##21# chaqiruv
Tekshirish uchun *#21# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Telefon band bo’lgan holatda qo’ng’iroqlarni yo’naltirish
Ulanish **67*<+operator kodi>abonent raqami*11 #chaqiruv
Bekor qilish ##67# chaqiruv
Tekshirish uchun *#67# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Telefon o’chirilgan holatda qo’ng’iroqlarni yo’naltirish
Ulanish **62*<+operator kodi>abonent raqami*11 #chaqiruv
Bekor qilish ##62# chaqiruv
Tekshirish uchun *#62# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Qo’ng’iroqqa javob bermagan holatda qo’ng’iroqlarni yo’naltirish
Ulanish **61*<+operator kodi>abonent raqami*[vaqt oralig’i]#chaqiruv
Bekor qilish ##61# chaqiruv
Tekshirish uchun *#61# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing.
Barcha boshqa manzilga yo’llashlarni bekor qilish
##002#chaqiruv
Agar siz shahar raqamiga qo’ng’iroqni yo’naltirishni xohlasangiz, quyidagilarni tering:
+998-shahar kodi va telefon raqami.
* Oraliqni quyidagicha o’rnatish mumkin: 5, 10, 15, 20, 25 yoki 30 soniya.
Standart ravishda 30 soniya o’rnatilgan: agar siz 30 soniya davomida javob bermasangiz,
qo’ng’iroq siz tomoningizdan ko’rsatilgan raqamga yo’llanadi.
Axborotni qavs ichida [ ] ko’rsatish shart emas.
Boshqa raqamga yo’naltirish

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin
