SMS

Tafsilotlari
SMS narxi tarif rejaga binoan
Ulanish
0 so'm
Kiruvchi SMS
0 so'm
SMS
Matnli xabarlar yordamida do‘stlar va yaqinlar bilan muloqotingizni kengaytiring! SMS yuboring va aytolmagan gaplaringiz haqida xabar bering.

SMS yordamida qilish mumkin:
– kerakli ma’lumotni bir vaqtning o’zida bir qancha odamga yuborish
– gapirish noqulay yoki noo‘rin bo‘lganda javob berish
– muloqotni cheklamasdan mablag‘ni tejash

Xizmat sizning raqamingizga ulangan.
SMS orqali hozirni o‘zida suhbatlashish mumkin!

Siz SMS bo‘yicha «Beeline», UCell, Perfectum mobile, UzMobile, Mobiuz, shuningdek «Beeline»ning rouming-hamkorlar tarmog‘idagi abonentlari bilan muloqotda bo‘lishingiz mumkin.

Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

SMS-hubbing xizmati – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri rouming kelishuvi bo‘lmaganda SMS-xabarlar bilan almashinish. Tez kunlarda O‘zbekistondagi «Beeline» abonentlari butun dunyo operatorlarining abonentlariga to‘liq hajmda xalqaro SMS-xabarlar yuborishlari mumkin. Hozirda Xitoy bilan shunday almashinuv mavjud.

Taqdim etilayotgan SMS almashinish xizmati,  butun dunyo bo‘ylab  bir vaqtning o’zida  700 dan ortiq mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ulanish imkonini ta’minlaydi. Bu, MDH va boshqa davlatlarning mobil aloqa operatorlari bilan, ular qanday texnologiyadan (CDMA, GSM, iDEN, TDMA, DAMPS, AMPS) foydalanishmasin, ishonchli SMS-xabarlar almashinuvi hisoblanadi.

Mazkur guruh operatorlarining abonentlariga yuboriladigan har bir SMS xabar prepaid abonentlari uchun  QQS bilan 842 so’m, postpaid abonentlari uchun esa, QQSsiz 842 so’mni tashkil etadi.

Telefon menyusiga kiring, “Xabar” bandini va o‘sha yerda “Yangisini yozish”ni tanlang. Telefon ekranida o‘chib yonuvchi kursor paydo bo‘lganda, xabar yozishga kirishish mumkin. Klaviatura yordamida xabarni tering: telefon tugmalarida raqamlar bilan yonida harflar ham yozilgan. Kerakli harfni yozish uchun muvofiq keladigan tugmani kerakli harf ekranda paydo bo‘lguncha bosing (bu bir necha marta bosishni talab etishi mumkin).

SMS-xabar matnining maksimal uzunligi – lotincha harflar qo‘llanilganda 160 ta belgi va kirillchada esa 70 ta belgidan iborat. Ayrim telefonlarda bir qancha xabarni bittaga “yopishtirish” imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga uzun “yopishtirilgan” xabarni jo‘natish narxi unda birlashtirilgan xabarlarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Xabar yozib bo‘lingach, telefon menyusida “Jo‘natish”ni tanlang va qabul qiluvchining telefon raqamini tering. Agar xabarni jo‘natishda xatolik yuzaga kelsa, telefon menyusining SMS sozlagichida +998901850488 qisqa xabar Markazi to‘g‘ri raqami ko‘rsatilganiga, “Xabarlar shakli” bo‘limida esa, “matn” tanlanganiga ishonch hosil qiling.

Agar SMS oluvchi vaqtincha aloqa doirasida bo‘lmasa, tizim xabarni egasiga yuborilgan paytdan boshlab bir sutka davomida yetkazishga harakat qiladi. Xabar hatto suhbat vaqtida ham yetib kelishi mumkin.

Qabul qilib oluvchining raqami xalqaro formatda teriladi:

+ mamlakat kodi, tarmoq kodi, abonent telefon raqami

Masalan, “Beeline” abonentiga SMS yuborishda:,
+99890 (yoki +99891) va abonent telefon raqamini tering.

Ucell abonentiga SMS yuborishda:
+99893 (yoki +99894) va abonent telefon raqamini tering.

Perfectum mobile abonentiga SMS yuborishda:
+99898 va abonent telefon raqamini tering.

Uzmobile abonentiga SMS yuborishda:
+99895 (yoki +99899) va abonent telefon raqamini tering.

Mobiuz abonentiga SMS yuborishda:
+99897 (yoki +99888) va abonent telefon raqamini tering.

HUMANS abonentiga SMS yuborishda:
+99833 va abonent telefon raqamini tering.