Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Raqamni antianiqlash
Xizmatni o’chirish kodi – *110*070#
“Telefon raqamini antianiqlash” xizmati sizga maxfiylikni saqlashga va Beeline abonentlarining istalgan telefon raqamiga chiquvchi qo’ng’iroqlar chog’ida o’zingizning telefon raqamingizni aniqlashni taqiqlashga imkon beradi.
Siz “Telefon raqamini antianiqlash”ning uchta turidan birini tanlashingiz mumkin.
I tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hech qachon aniqlanmaydi.
II tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanmaydi, biroq siz uni tanlab ochishingiz mumkin.
III tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanadi, biroq siz uni tanlab yopishingiz mumkin.
Qanday ulanish/xizmatni o’chirish mumkin
II va III turdagi “Raqamlarni antianiqlash”ni ulash uchun o’zingizning telefoningizda tegishli topshiriqni tering.
Antianiqlash I turi: Siz ushbu turni faqat «Mijozlarni qollab-quvvatlash markazi»ga qo’ng’iroq qilib yoki «Beeline» ofisga murojaat qilgan holda ulashingiz mumkin.
Ulanish uchun 0674 raqamiga qo’ng’iroq qiling va avtojavobberuvchining ko’rsatmalariga amal qiling.
Xizmatni o’chirishni “Xizmatlarni boshqarish” bo’limida amalga oshirish mumkin
Qanday foydalanish mumkin
1. 1-turdagi AntiAON xizmatiga ulanish chog’ida qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hech qachon aniqlanmaydi.
2. 2-turdagi AntiAON xizmatiga ulanish chog’ida qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanmaydi, biroq siz quyidagi kodni terib, uni tanlab ocha olasiz:
*31#+998 operator kodi, chaqirilayotgan abonent raqami chaqiruv
3. 3-turdagi AntiAON xizmatiga ulanish chog’ida qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanadi, biroq siz quyidagi kodni terib, uni tanlab bekita olasiz:
#31#+998 operator kodi, chaqirilayotgan abonent raqami chaqiruv
*«Status Gold NEW», «Status Platinum NEW», «Status Gold+», «Status Platinum+», «Status Gold» va «Status Platinum» tariflarida xizmat bepul taqdim etiladi.
«Raqamni antianiqlash» xizmatidan foydalanayotgan abonent A dan chiquvchi qo’ng’iroqni amalga oshirganda, kiruvchi qo’ng’iroqni qabul qilgan B abonentining shaxsiy qo’ng’iroqlar detalizatsiyasida ma’lumot ko’rsatiladi.
Telefon raqamini antianiqlash turini almashtirish – bepul.
Raqamni antianiqlash «Beeline» telefonlariga qo’ng’iroqlar chog’ida o’z raqamingizni aniqlashni taqiqlashga imkon beradi.
Xizmat xalqaro roumingda amal qilmaydi.
Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko’rsatilgan.