Smartfonni olish uchun tekshiruvdan o‘tish lozim. Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, «Shaxsiy Smartfon», «Oila 3 Smartfon», «Oila 5 Smartfon» yoki «Oila 7 Smartfon» kontrakt tariflariga o‘tish uchun Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishingiz kerak. Shartnoma muddati 12 oyni tashkil etadi. Ushbu davr davomida tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borish lozim. «Shaxsiy Smartfon», «Oila 3 Smartfon» tarif rejalarida yangi ulanish uchun abonent to‘loviga chegirma taqdim etilmaydi.
Shaxsiy Smartfon
Tarifga kiritilgan
KINOM: TV, sport, film va seriallar
riitm: musiqa, pleylistlar va radio
Tarif rejasi
so'm/oy
Tarifga smartfon haqida
Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
KINOM xizmati
KINOM – bu TV kanallar, filmlar, seriallar, multfilmlar va sport musobaqalarini tomosha qilish uchun universal videoservis.
KINOM ilovasini yuklab oling: https://onelink.to/kinom
Yoki havolani olish uchun *444# tering
riitm xizmati
riitm — musiqani onlayn va oflaynda tinglash imkonini beruvchi mobil ilova.
Play Market va App Store platformalarida mavjud.
Ilovani yuklab, ro‘yxatdan o‘ting va 25 mln dan ortiq treklarni qo‘shimcha to‘lovsiz tinglang.
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Oila guruhi ishtirokchilar uchun: guruh egasining limitlari va keyingi abonent to‘lovi yechilish sanani bilish uchun — *222#
Mahalliy aloqa
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 225 so’m/MB
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 4 500 so’m/daq.
Rossiyaga 4 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 4 500 so’m/daq.
Yevropaga 10 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 10 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 10 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 10 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Sputnik aloqa
1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.
Standart ravishda amal qiladigan xizmatlar
Qo‘shimcha ma’lumot
Umumiy qoidalar:
• «Shaxsiy Smartfon» tarifiga yangi abonentlarni ulash imkoniyati mavjud emas.
• «Shaxsiy Smartfon» tarif rejalariga o‘tish uchun o‘tish imkoniyatini tekshirtirishingiz kerak. Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan so‘ng, tarifga o‘tish faqat Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi. O‘tish imkoniyatini beeline.uz saytida, hambi ilovasida yoki Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida tekshirishingiz mumkin. Kontrakt abonent to‘lovi 12 oy davomida yechib olingunga qadar amal qiladi. Kontrakt shartlarini bajarish uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borish zarur. Kompaniya sababini tushuntirmagan holda shartnomali tarif rejalariga o‘tishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• “Shaxsiy Smartfon” tarifida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun texnik cheklov 45 000 daqiqani tashkil etadi
• Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Agar limit tugagan bo‘lsa, pul mablag‘larini kartadan kartaga o‘tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja bo‘yicha keyingi abonent to‘lovi uchun muvaffaqiyatli to‘lov yechilgunga qadar amal qiladi.
Tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig‘i mavjud bo‘lsa, kuyadi va yangi limit to‘liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo‘shilmaydi.
Tarif rejani o‘zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.
“Perezagruzka” xizmatini faollashtirishda limit to‘liq taqdim etiladi.
• Kontrakt tarif rejalariga o‘tish BeeHome 10, BeeHome 20, Hello 1, Hello 2, Status TT oltin raqamli tarif rejalaridan muddatli to‘lovga, shuningdek, mijoz "Muddatli to‘lov evaziga smartfon" aksiyasining amaldagi ishtirokchisi bo‘lgan taqdirda mumkin emas.
• Shartnoma muddati davomida boshqa tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Tarifni o‘zgartirish uchun shartnomani bekor qilish kerak.
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Yangi ulanganda oyda qolgan kunlar sonidan qat’i nazar, oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
• Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa unda oylik abonent to'lovi yechib olinmaydi. To'lov to'lanmaguncha, faqat kiruvchi qo'ng'iroqlar, SMS xabarlar va Kompaniyaning Aloqa markazi va shoshilinch xizmatlarga chiqish qo'ng'iroqlari mavjud. "Xabardor bo’l", "Ko’rinmas", "Bog’lanish mumkin" va "Boshqa raqamga yo’naltirish" xizmatlari mavjud emas. Shuningdek, ilgari faollashtirilgan qo'shimcha daqiqalar, SMS va mobil ma'lumotlar paketlaridan foydalanish yoki yangi qo'shimcha paketlarni faollashtirish mumkin emas.
Alohida shartlar va qoidalar asosida taqdim etilgan xizmatlar uchun to'lovlar, jumladan, xalqaro rouming, "Abonentning xohishiga ko’ra raqamni blokirovka qilish", "Ishonchli to'lov" xizmati, "Ishonchli paketlar" va abonent raqamlari va smartfonlar uchun ijaraga olish va to'lov rejalari balansdan yechib olinadi. Uzcard va Humo xizmatlaridan pullik SMS xabarlarni yetkazib berish mavjud emas.
Balans to'liq oylik abonent to'lovini qoplash uchun yetarli miqdorda to'ldirilgandan so'ng, u avtomatik ravishda yechib olinadi va xizmatlar tarif rejasi shartlariga muvofiq taqdim etiladi.
Ushbu tarif rejasida bir kunlik abonent to‘lovi evaziga bir kunlik trafik paketi berilishi ko‘zda tutilmagan.
Ma’muriy bloklash:
• Tarif egasining raqami ma’muriy blokirovka qilinganda, “Abonentning xohishiga ko‘ra raqamni blokirovka qilish” xizmati uchun har kuni 421 so‘m miqdorida kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi. Bunda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat yechib olish sanasi kelgandagina yechiladi. Raqam blokdan chiqarilgach, agar yechib olish sanasi kelgan va tarif Egasining balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi va kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Shu bilan birga, raqam bloklangunga qadar mavjud bo‘lgan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechib olish sanasi oxirgi marta yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish tarif shartlariga ko‘ra standart tariflar asosida amalga oshiriladi. Agar tarif Egasining balansida tarif bo‘yicha kiritilgan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lib, lekin oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng yechib olish amalga oshirilmaydi, qolgan trafikning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va u taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi. Ma’muriy blokirovka davrida tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi, bunda shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik shakllanadi.
Shartnomaning amal qilish muddati tugashi:
• Shartnoma abonent to‘lovi 12 oy davomida yechib olingunga qadar amal qiladi. Shartnoma shartlarini bajarish uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish zarur.
• Shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilgach, abonent Vibe tarif rejaga o‘tkaziladi.
• Kompaniya yaqinlashayotgan o‘tish haqida SMS-xabar orqali xabardor qilishi mumkin.
Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish:
• Shartnomani faqat Beeline o‘z sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida muddatidan oldin bekor qilish mumkin.
• Shartnomani bekor qilish uchun uning barcha majburiyatlari bajarilgan bo‘lishi kerak.
• Majburiyatlar miqdori mijoz murojaat qilgan vaqtda Kompaniya tomonidan aniqlanadi.
• Shartnoma bekor qilingach, abonent o‘tish mumkin bo‘lgan boshqa ommaviy tarifga o‘tkaziladi.
Izoh:
• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, sizga taqdim etilganligini quyidagilarni tergan holda tekshirib ko‘ring: GB - *103#, *109#, SMS - *105#, daqiqalar - *106#. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi tugagach, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Tarifga kiritilgan KINOM (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”) va riitm obunalari faqat tarifning oylik abonent to‘lovi to‘langan taqdirda mavjud bo‘ladi. KINOM va riitm obunalaridan foydalanish uchun abonent ilovani o‘rnatadi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Abonent to‘lovi to‘lanmaganda yoki ishtirokchi guruhdan chiqarilganda obunadan foydalanish to‘xtatiladi. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Avval ulangan KINOM va riitm obunalari kontrakt tariflariga o‘tganingizda o‘chadi va tarif rejasining keyingi to‘lovi sanasigacha avtomatik ravishda qayta ulanadi.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet-trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun.
• Asosiy internet-trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va KINOM, riitm uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet-trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• KINOM va riitm cheksiz trafigi rasmiy ilovalardan foydalanilganda va ma‘lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. IP-manzillar egalari tomonidan o‘zgartirilganda, shuningdek, KINOM va riitmga kirmaydigan trafik uchun (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimining ilovalardan foydalanishda paydo bo‘ladigan trafigi kiradi) trafik sarfi sizning tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-serverlar (jumladan, VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda KINOM va riitm uchun cheksiz trafik sarflanmaydi.
• Tarif rejasida “Perezagruzka” xizmati mavjud. “Perezagruzka” xizmati narxi - 0 so‘m. Ushbu xizmatning faollashuvi abonentga navbatdagi abonent to‘lovini muddatidan oldin yechish va ulangan trafik paketini taqdim etish tashabbusi bilan chiqish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. “Perezagruzka” xizmati faollashtirilgandan so‘ng, tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketidan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lsa, barcha qoldiqlar kuyadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovini yechish keyingi sanasi, abonent to‘lovini oxirgi marta yechib olingan sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. Xizmatni yoqish uchun Abonent hisobida tarifga ulanishning minimal chegarasiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.
• “Oila” tariflarida quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: “Muloqot ulashing”, “Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring!”, “Ishonchli to’lov” va “Ishonchli daqiqalar va gigabaytlar”.
• "Oila 3 Smartfon", "Oila 5 Smartfon" va "Oila 7 Smartfon" tarif rejalari egalari uchun quyidagilar mavjud emas: raqamni almashtirish, raqamni boshqa shaxsga qayta rasmiylashtirish, shuningdek, MNP xizmati orqali raqamni boshqa operatorga o‘tkazish.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 08:00 dan 22:00 gacha yuboriladi.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
eSIMni onlayn xarid qiling
Yangi raqam tanlash
