Qayta yo'naltirilayotgan mahalliy qo'ng'iroqning 1 daqiqasi narxi
250
so'm/daq.
Umumiy ma'lumot
Xizmat kiruvchi qo’ng’iroqlarni boshqa raqamga ya'ni mobil yoki shahar raqamiga yo’naltirish imkonini beradi. Masalan, siz muhim qo’ng’iroqni kutayotgan bo’lsangizu, telefonning akkumulyatori o’tirib qolsa, shunday paytlarda bu xizmat qulay bo'ladi.
Boshqa manzilga yo’llashni eng yaqindagi telefon raqamiga o’rnating va aloqada qoling!
Kirish qo’ng’iroqlarini xalqaro raqamlarga yo’llashning iloji yo’q.
Xalqaro roumingda boshqa manzilga shartli yo’llangan holatda, boshqa manzilga yo’llangan qo’ng’iroqning narxi kiruvchi qo’ng’iroq narxidan va mos turdagi chiquvchi qo’ng’iroq narxidan tashkil topadi.
Qanday foydalanish mumkin
Siz qo’ng’iroqlarni boshqa manzilga yo’llashni telefon menyusi orqali yoki maxsus topshiriqlar yordamida sozlashingiz mumkin.
Barcha qo'ng'iroqlarni yo'naltirish
Ulanish **21*<operator kodi>abonent raqami*11#chaqiruv
Bekor qilish ##21# chaqiruv
Tekshirish uchun *#21# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Telefon band bo’lgan holatda qo'ng'iroqlarni yo'naltirish
Ulanish **67*<operator kodi>abonent raqami*11 #chaqiruv
Bekor qilish ##67# chaqiruv
Tekshirish uchun *#67# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Telefon o'chirilgan holatda qo'ng'iroqlarni yo'naltirish
Ulanish **62*<operator kodi>abonent raqami*11 #chaqiruv
Bekor qilish ##62# chaqiruv
Tekshirish uchun *#62# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing
Qo'ng'iroqqa javob bermagan holatda qo'ng'iroqlarni yo'naltirish
Ulanish **61*<operator kodi>abonent raqami**[vaqt oralig’i]#chaqiruv
Bekor qilish ##61# chaqiruv
Tekshirish uchun *#61# ni tering va chaqiruv tugmasini bosing.
Barcha boshqa manzilga yo’llashlarni bekor qilish
##002#chaqiruv
Agar siz boshqa manzilga yo’llashni shahar raqamiga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, quyidagilarni tering:
+998-shahar kodi va telefon raqami.
Qo'shimcha ma'lumot
* Oraliqni quyidagicha o’rnatish mumkin: 5, 10, 15, 20, 25 yoki 30 soniya.
Standart ravishda 30 soniya o’rnatilgan: agar siz 30 soniya davomida javob bermasangiz,
qo’ng’iroq siz tomoningizdan ko’rsatilgan raqamga yo’llanadi.
Axborotni qavs ichida [ ] ko’rsatish shart emas.