Bosh sahifa/Tariflar/Oila 5 Smartfon

Oila 5 Smartfon

Cheksiz qo’ng’iroqlar
450 GB
BeelineCheksiz tungi internet
Beeline
Tarifda 5 tagacha raqam
1 000 SMS
Beeline
0% pul o‘tkazmalari

7 000 000 so'mgacha

Tarifga kiritilgan

Beeline

KINOM: TV, sport, film va seriallar

Beeline

Setanta Sports

Beeline

riitm: musiqa, pleylistlar va radio

Oila 5 Smartfon

Tarif rejasi

300 000

so'm/oy

Tarif bo‘yicha video qo‘llanmalar
Shartlar

Tarifga smartfon haqida

Smartfonni olish uchun tekshiruvdan o‘tish lozim. Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, “Oila 5 Smartfon” yoki “Oila 7 Smartfon” kontrakt tariflariga o‘tish uchun Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
 
Shartnoma muddati 12 oyni tashkil etadi. Ushbu davr davomida tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borish lozim.
 
“Oila 5 Smartfon” va “Oila 7 Smartfon” tarif rejalarida yangi ulanish uchun abonent to‘loviga chegirma taqdim etilmaydi.
 
Oila kontrakt tariflari shartlari haqida batafsil ma’lumot.

Tarif afzalliklari

"OILA" tariflari haqida

"OILA" – butun oila uchun yagona tarif.

Siz va yaqinlaringiz uchun tarif afzalliklari:

1) Bitta tarif uchun to‘lang va barcha yaqinlaringiz bilan foydalaning - bu har bir kishi uchun alohida to‘lov qilishdan ko‘ra ancha foydaliroq.
2) KINOM platformasida zamonaviy va qiziqarli kontent. TV, film va seriallarni oilangiz bilan birga tomosha qiling.
3) "Oila 5 Smartfon" tarifida guruhga 4 ta qo‘shimcha ishtirokchi qo‘shish mumkin.

Guruh yaratish va ishtirokchini taklif qilish hambi ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Guruhni boshqarish

Guruh yaratish — 2 qadamda!

1-qadam: Guruh egasi hambi ilovasining “Oila tarifini boshqarish” bo‘limida ishtirokchining kontaktini tanlaydi va taklif yuboradi.
2-qadam: Ishtirokchi hambi ilovasida taklifni qabul qilib, guruhga qo‘shiladi.
Guruh yaratildi!

Ishtirokchilarni guruhdan chiqarish

Guruh egasi ishtirokchini hambi ilovasi orqali chiqarishi mumkin. Buning uchun "Oila tarifini boshqarish" bo‘limida ro‘yxatdan ishtirokchini tanlash va chiqishni tasdiqlash kerak.

Guruhdan chiqish

Ishtirokchi guruhdan hambi ilovasi orqali mustaqil ravishda chiqishi mumkin.

Shuningdek:
• Guruh egasi, agar uning tarifi uchun ishtirokchilar soni maksimal darajaga yetgan bo‘lsa, taklifnoma yuborishi mumkin emas: 
"Oila 5 Smartfon": 4 ta ishtirokchi
Yangi taklifni yuborish uchun avval taklif qilingan ishtirokchilardan biri taklifni rad etishi yoki guruhni tark etishi kerak.
• Guruh egasining balansi salbiy bo‘lsa, taklif yubora olmaydi. Agar ishtirokchining balansi ham salbiy bo‘lsa, taklifni qabul qila olmaydi.
• Ishtirokchilar o‘z tashabbuslari bilan guruhga qo‘shila olmaydi. Ular faqat Guruh egasining taklifi asosida qo‘shilishlari mumkin. Ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta guruhga a’zo bo‘la olmaydilar.

Videoqo‘llanma

"Oila" tariflarida bo‘lgan guruh egalari uchun videoqo‘llanma: hambi ilovasi orqali ishtirokchini guruhga taklif qilish va chiqarib yuborish.

"Oila" tariflarida bo‘lgan guruh ishtirokchilari uchun videoqo‘llanma: hambi ilovasi orqali guruhga qo‘shilish va chiqish.

FAQ

Guruh – bu nima?
Guruh – bu «Oila 5 Smartfon» va «Oila 7 Smartfon» tarif rejalariningumumiy trafigi va raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan abonentlar guruhi.

Guruh egasi kim?
Guruh egasi «Oila 5 Smartfon» va «Oila 7 Smartfon» tariflari abonenti bo‘lib, u guruh tarkibini boshqaradi (ishtirokchilarni taklif qiladi va chiqarib tashlaydi) va guruh a’zolariga o‘z tariflari bo‘yicha trafik va raqamli xizmatlardanfoydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Guruh ishtirokchisi kim?
Guruh ishtirokchisi “Oddiy” tarifi abonenti bo‘lib, u guruh boshining tarifiga kiritilgan trafik va raqamli xizmatlardanfoydalanish imkoniyatiga ega. Abonent yangi ulanishda yoki guruh boshidan (joriyBeeline abonenti) taklifni qabul qilish orqali ishtirokchiga aylanadi.

Tarif bo‘yicha nechta ishtirokchi mavjud?
• “Oila 5 Smartfon” – 5 ta raqamgacha, shu jumladan egasi (egasi + 4 ta ishtirokchi).
• “Oila 7 Smartfon” – 7 ta raqamgacha, shu jumladan egasi (egasi + 6 ta ishtirokchi).
 

Guruh egasi nechta taklif yuborishi mumkin?
Bir kunda egasi 10 tagacha taklif yuborishi mumkin. Taklif 24 soat amal qiladi. Agar bu vaqt ichida taklif qabul qilinmasa, u bekor qilinadi

Salbiy balansda guruh yaratish mumkinmi?
Salbiy balansda guruh egasi taklif yuborishi, ishtirokchi esa ularni qabul qilishi mumkin emas.

Guruh qanday yaratiladi?
1. hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasini yuklab oling yoki so‘nggi versiyasiga yangilang.
2. Bosh sahifada Oila tarifini boshqarish bo‘limini tanlang.
3. Sahifa pastidagi Ishtirokchi qo‘shish tugmasini bosing.
4. Kontaktlardan siz ulashmoqchi bo‘lgan raqamni tanlang.
5. Taklifni jo‘nating va javobni kuting. Taklif 24 soat amal qiladi. Ishtirokchi guruhga a’zo bo‘lishi uchun hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida taklifni qabul qilishi kerak.

Guruhga qanday kirish mumkin?
Agar siz guruh egasi bo‘lmasangiz va sizga taklif kelgan bo‘lsa, uni hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida qabul qiling. Taklifni qabul qilgandan so‘ng, tarifingiz avtomatik ravishda abonent to‘lovisiz “Oddiy” tarifiga o‘zgaradi va siz daqiqalar, SMS, GB, shuningdek, guruh egasining tarifiga kiritilgan telekanallar, Milliy va xorijiy kontentni ko‘rish uchun KINOM obunasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
Guruhga qo‘shilishingiz uchun taklifni qabul qilish paytida hisobingizda ijobiy balans bo‘lishi kerak. “Oddiy” tarifiga o‘tish narxi 0 so‘m.

Qanday qilib ishtirokchi guruhdan chiqishi yoki guruh egasi ishtirokchini chiqarib yuborishi mumkin?
- Ishtirokchi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining Oila tarifini boshqarish bo‘limida Oila tarifidan chiqish tugmasini bosib, guruhdan chiqadi. 
- Guruh egasi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasida Oila tarifini boshqarish bo‘limiga kirib, ishtirokchini tanlaydi, shundan so‘ng "Oila" tarifidan chiqarish tugmasini bosadi.
- Guruhdan chiqqandan so‘ng ishtirokchi “Oddiy” tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarifda belgilangan standart narxlar bo‘yicha sarflanadi va ishtirokchiga faqat hambi ilovasi orqali mavjud tariflardan biriga o‘tish imkoniyati beriladi.

Agar guruh egasining daqiqa, SMS, internet-paketlari tugab qolsa nima bo‘ladi?
Agar guruh egasida aloqa paketlari tugasa yoki uning raqami balans bo‘yicha vaqtincha bloklangan bo‘lsa, ishtirokchi “Oddiy” tarif shartlari bo‘yicha o‘z hisob raqamidan aloqa xizmatlariga haq to‘laydi. Guruh egasi *5# kodi bilan “Perezagruzka” xizmatini faollashtirish orqali tarif bo‘yicha yoqilgan daqiqalar, SMS va GB paketlarini muddatidan oldin olishi mumkin. “Perezagruzka” xizmati narxi - har bir so‘rov uchun 2 000 so‘m.

Men Oila tarifining ishtirokchisiman. Nega trafik mavjud emas?
Agar tarif egasi oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa yoki uning raqami nofaol bo‘lsa, trafikdan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Trafik tarif egasi balansni to‘ldirgach, yana faollashadi.
Tarif bo‘yicha trafik qoldig‘i yoki tarif egasining raqami faol ekanini tekshirish uchun *222# tering.

Agar Oila tarifi ishtirokchisi sifatida raqamim 365 kun faol bo‘lmasa, nima bo‘ladi?
Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Guruh ishtirokchilari “KINOM”ga qanday kirishlari mumkin?
“KINOM”da raqamli kontentni ko‘rish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatishi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Tarif o‘zgarganda nima bo‘ladi?
• Agar ishtirokchi tarifni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u avval guruhdan chiqishi kerak bo‘ladi.
• Agar egasi tarif rejasini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u ulanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishi kerak. Bunda egasi ulanish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni to‘liq bajarishi shart.

Ishtirokchi Oila tarifiga o‘tganidan so‘ng avvalgi tarifiga qayta oladimi?
Ha, agar tarif ochiq bo‘lsa. Shuningdek, u boshqa ochiq tariflardan birini tanlashi mumkin.

Guruh egasi boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilishi mumkinmi?

Boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish uchun, guruh egasi quyidagi qadamlarni bajarishi kerak:
1. Joriy guruhidagi barcha ishtirokchilarni chiqarib yuborish.
2. “Oila” tariflaridan tashqari ulanish mumkin bo‘lgan boshqa tarifga o‘tish.
3. Shundan so‘ng, taklifni qabul qilib, boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish.

Setanta Sports xizmati

Setanta Sports xizmati haqida
Setanta Sports xizmati sizga eksklyuziv sport o'yinlari va tadbrilarini ko'rish imkonini beradi.

Setanta Sports xizmatini faollashtirib qanday manfaat olasiz?
🏆 Angliya premyer-ligasi, UFC, LaLiga, Bundesliga, Ligue 1, Serie A, Formula 1 va boshqa turnirlardagi o'ynlarni ko'rish imkoniyati;
📺 Televideniye dasturlari bilan cheklanmasdan, turnirning istalgan o'yinini tomosha qilish imkoniyati;
🎤 Professional sharhlovchilar, yuqori sifatli video va ovozga ega translyatsalar;
⏯ Yozib olingan o’yinlar, sharhlar, intervyu va hujjatli filmlar to’plami;
📱 Barcha qurilmalardan kirish: smartfon, planshet, kompyuter, Smart TV;
🌐 Faqat “Beeline” mijozlari uchun internet-trafikni sarflamasdan tomosha qilish imkoniyati.

Setanta Sport xizmati qanday ishlaydi?
Setanta Sports xizmatini faollashtirsh hambi ilovasida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langandan so’ng "Oila" tarifidagi barcha ishtrokchilarga taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun, har bir ishtirokchi hambi ilovasida xizmatni o‘zi mustaqil ravishda ulab olishi lozim.
Xizmatni faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun amal qiladi.
Har safar abonent to'lovi to'langanda va xizmatning avvalgi faollashtirish paytidan 32 kun o'tganga, siz xizmatni qayta faollashtirishingiz kerak.
Agar tarif uchun abonent to'lovi olinmagan bo'lsa, unda xizmatni faollashtirish imkoniyati taqdim etilmaydi, hamda avval faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytdan boshlab 32 kun o'tgandan keyin o'chiriladi.
Tarifni boshqasiga o'zgartirganda, ilgari faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytidan boshlab 32 kun o'tgach o'chiriladi.
Setanta Sports xizmatini faollashtirish paytida, agar sizda ilgari yoqilgan pullik va promo obunalari mavjud bo'lsa, unda ularni o'chirib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Setanta Sports xizmatining holati haqida ma'lumot olish va boshqarish uchun *888# USSD kodidan foydalanishingiz mumkin.

Setanta Sports ilovasini havola orqali yuklab oling:

KINOM xizmati

KINOM – bu TV kanallar, filmlar, seriallar, multfilmlar va sport musobaqalarini tomosha qilish uchun universal videoservis.

KINOM ilovasini yuklab oling: https://onelink.to/kinom
Yoki havolani olish uchun *444# tering

riitm xizmati

riitm — musiqani onlayn va oflaynda tinglash imkonini beruvchi mobil ilova.
Play Market va App Store platformalarida mavjud.
Ilovani yuklab, ro‘yxatdan o‘ting va 25 mln dan ortiq treklarni qo‘shimcha to‘lovsiz tinglang.

Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa

Guruh egasi «Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali tarif reja bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishi mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2 000 so’m.

Xizmatni ulash uchun guruh egasining hisobida tarif rejasining minimal ulanish miqdori va "Perezagruzka" xizmati narxiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda taqdim etiladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so‘ng, "Oila" tarifi bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqa va SMS paketlarning qoldig‘i mavjud bo‘lsa kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Ulanish kodi : *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Oila guruhi ishtirokchilar uchun: guruh egasining limitlari va keyingi abonent to‘lovi yechilish sanani bilish uchun — *222#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 4 500 so’m/daq.
Rossiyaga 4 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 4 500 so’m/daq.
Yevropaga 10 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 10 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 10 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 10 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik aloqa

1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.

Qo‘shimcha ma’lumot

• “Oila 5 Smartfon” tarifiga yangi abonentlarni ulash imkoniyati mavjud emas;
• “Oila 5 Smartfon” tarif rejalariga o‘tish uchun [tarif sahifasiga havola] o‘tish imkoniyatini tekshirtirishingiz kerak. Tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tganingizdan so‘ng, tarifga o‘tish faqat Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida amalga oshiriladi. O‘tish imkoniyatini beeline.uz saytida, hambi ilovasida yoki Beeline o‘z savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida tekshirishingiz mumkin. Kontrakt abonent to‘lovi 12 oy davomida yechib olingunga qadar amal qiladi. Kontrakt shartlarini bajarish uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borish zarur. Kompaniya sababini tushuntirmagan holda shartnomali tarif rejalariga o‘tishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• “Oila 5 Smartfon” tarifida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun texnik cheklov 225 000 daqiqani tashkil etadi
•  Beepul ilovasida kartadan kartaga (Uzcard/Humo) foizsiz o‘tkazmalar faqat guruh egasiga taqdim etiladi.
• Ishtirokchi guruhdan chiqarilsa yoki chiqib ketsa, «Oila 5 Smartfon» tarifining barcha kiritilgan xizmatlari ishtirokchi uchun mavjud bo‘lmaydi va ishtirokchining o‘zi 3 kun davomida "Oddiy" tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarif rejasi shartlari bo‘yicha o‘z balansidan sarflanadi. Yoki ko‘rsatilgan muddat ichida ishtirokchi faqat hambi ilovasi orqali mavjud tariflardan biriga mustaqil ravishda o‘tishi mumkin.
•  Ishtirokchi 3 kun ichida tarifni tanlamagan taqdirda, uning tarifi “OPTIMAL” tarifiga o‘zgartiriladi.
• Agar guruh egasining raqami ma’muriy bloklansa, xizmatlar ishtirokchilar uchun hisob davrining oxirigacha yoki abonent to‘lovi yechilgunga qadar taqdim etiladi. 
• Agar egasi salbiy balans tufayli bloklangan bo‘lsa, unda umumiy daqiqalar, SMS va GB trafigi ishtirokchilarga yetib bormaydi va daqiqalar, SMS va GB trafikidan foydalanganlik uchun barcha hisobdan chiqarishlar har bir ishtirokchining balansidan standart tarif qiymati bo‘yicha yoki sotib olingan qo‘shimcha paketlardan amalga oshiriladi.
• Guruh egasi va ishtirokchilar xizmatlar va paketlarni ulashlari mumkin. Guruh egasi va ishtirokchilar tomonidan sotib olingan xizmatlar va paketlar umumiy bo‘lmaydi va ulardan faqat ularni sotib olgan ishtirokchi foydalanishi mumkin.
• Guruh egasining va ishtirokchining pul balansi ham alohida bo‘lib, boshqa ishtirokchilar tomonidan sarflanmaydi.
• Guruh egasi va ishtirokchilari qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini olishlari, shuningdek, boshqa ishtirokchilarning pul balansi va xarajatlari summasini ko‘rishlari mumkin emas.
• hambi ilovasida guruh egasi tarifga kiritilgan umumiy daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfini ko‘rishi mumkin.
• Har bir ishtirokchi kesimida tarifga kiritilgan daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfi haqida ma’lumot olish uchun savdo ofislari yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish kerak.
• Kontrakt tarif rejalariga o‘tish BeeHome 10, BeeHome 20, Hello 1, Hello 2, Status TT oltin raqamli tarif rejalaridan muddatli to‘lovga, shuningdek, mijoz "Muddatli to‘lov evaziga smartfon" aksiyasining amaldagi ishtirokchisi bo‘lgan taqdirda mumkin emas.
• Shartnoma muddati davomida boshqa tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Tarifni o‘zgartirish uchun shartnomani bekor qilish kerak.

Abonent to‘lovini yechish

• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.

Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi); 
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Agar shaxsiy elektron hisob (balans) qarz yoki nol holatida bo‘lsa, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi.

• Tizim tariflar bo‘yicha oylik abonent to‘lovini navbatdagi yechib olishda oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun to‘liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agar Guruh egasining balansida oylik abonent to‘lovini to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechib olinmaydi. To‘lov amalga oshirilguniga qadar Guruh egasiga faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, SMS xabarlarni qabul qilish, Kompaniyaning Kontakt markaziga hamda favqulodda xizmatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Boshqa aloqa xizmatlari, shu jumladan avval ulangan hamda yangi daqiqalar, SMS va mobil internetning qo‘shimcha paketlaridan foydalanish va ularni ulash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi.
Guruh ishtirokchilari o‘z abonent raqamlaridan foydalanishda davom etadilar. Tarif rejasi shartlariga muvofiq guruhga taqdim etiladigan daqiqalar, SMS va mobil internet Guruh egasining oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinmaguniga qadar mavjud bo‘lmaydi. Ishtirokchilar ularni taqdim etish shartlariga muvofiq qo‘shimcha xizmatlarni ulashlari mumkin.
Guruh egasining balansidan alohida shartlar asosida taqdim etiladigan xizmatlar, jumladan xalqaro rouming, "Abonent xohishiga ko‘ra raqamni bloklash" xizmati, "Ishonchli to‘lov" xizmati, "Ishonchli paketlar", abonent raqamlari va smartfonlarni ijaraga olish hamda muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlar yechib olinishi davom ettiriladi. Uzcard va Humo xizmatlaridan yuboriladigan pullik SMS xabarlari yetkazib berilmaydi.
Balans oylik abonent to‘lovini to‘liq yechib olish uchun yetarli miqdorgacha to‘ldirilgandan so‘ng, abonent to‘lovi avtomatik ravishda yechib olinadi. Shundan keyin Guruh egasi va Guruh ishtirokchilariga tarif rejasi shartlariga muvofiq xizmatlar qayta taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi oxirgi yechib olingan vaqtdan boshlab 1 oyga suriladi.
Ushbu tarif rejasida bir kunlik abonent to‘lovini yechib olish evaziga bir kunlik trafik paketini taqdim etish imkoniyati mavjud emas.

Ma’muriy bloklash:

• Tarif egasining raqami ma’muriy blokirovka qilinganda, “Abonentning xohishiga ko‘ra raqamni blokirovka qilish” xizmati uchun har kuni 421 so‘m miqdorida kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi. Bunda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat yechib olish sanasi kelgandagina yechiladi. Raqam blokdan chiqarilgach, agar yechib olish sanasi kelgan va tarif Egasining balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi va kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Shu bilan birga, raqam bloklangunga qadar mavjud bo‘lgan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechib olish sanasi oxirgi marta yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish tarif shartlariga ko‘ra standart tariflar asosida amalga oshiriladi. Agar tarif Egasining balansida tarif bo‘yicha kiritilgan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lib, lekin oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng yechib olish amalga oshirilmaydi, qolgan trafikning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va u taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi. Ma’muriy blokirovka davrida tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi, bunda shartnoma bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik shakllanadi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugashi:

• Shartnoma abonent to‘lovi 12 oy davomida yechib olingunga qadar amal qiladi. Shartnoma shartlarini bajarish uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish zarur.

• Shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilgach, abonent “Oila” turkumidagi standart tarif rejasiga o‘tkaziladi.

• Oilaviy guruh saqlanib qoladi.

• Kompaniya yaqinlashayotgan o‘tish haqida SMS-xabar orqali xabardor qilishi mumkin.

Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish:

• Shartnomani faqat Beeline o‘z sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida muddatidan oldin bekor qilish mumkin.

• Shartnomani bekor qilish uchun uning barcha majburiyatlari bajarilgan bo‘lishi kerak.

• Majburiyatlar miqdori mijoz murojaat qilgan vaqtda Kompaniya tomonidan aniqlanadi.

• Shartnoma bekor qilingach, abonent “Oila” turkumidagi standart tarif rejasiga yoki o‘tish mumkin bo‘lgan boshqa tarifga o‘tkaziladi.

Izoh:

• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, sizga taqdim etilganligini quyidagilarni tergan holda tekshirib ko‘ring: GB - *103#, *109#, SMS - *105#, daqiqalar - *106#. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi tugagach, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Ishtirokchining “Oddiy” tarifida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun paket mavjud emas. Ishtirokchi faqat “OILA” tarifiga taqdim etilgan xizmatlar paketidan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanishi mumkin. “OILA” tarifidagi xizmatlar paketlaridan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Tarifga kiritilgan KINOM (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”) va riitm obunalari faqat tarifning oylik abonent to‘lovi to‘langan taqdirda mavjud bo‘ladi. KINOM va riitm obunalaridan foydalanish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatadi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Abonent to‘lovi to‘lanmaganda yoki ishtirokchi guruhdan chiqarilganda obunadan foydalanish to‘xtatiladi. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Avval ulangan KINOM va riitm obunalari “OILA” tariflariga o‘tganingizda yoki guruhga qo‘shilganingizda o‘chadi va tarif rejasining keyingi to‘lovi sanasigacha avtomatik ravishda qayta ulanadi.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet-trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun.
• Asosiy internet-trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va KINOM, riitm uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet-trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• KINOM, riitm va Setanta Sports cheksiz trafigi rasmiy ilovalardan foydalanilganda va ma‘lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. IP-manzillar egalari tomonidan o‘zgartirilganda, shuningdek, KINOM, riitm va Setanta Sportsga kirmaydigan trafik uchun (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimining ilovalardan foydalanishda paydo bo‘ladigan trafigi kiradi) trafik sarfi sizning tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-serverlar (jumladan, VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda KINOM, riitm va Setanta Sports uchun cheksiz trafik sarflanmaydi.
• Tarif rejasida “Perezagruzka” xizmati mavjud. “Perezagruzka” xizmati narxi - 2 000 so‘m. Ushbu xizmatning faollashuvi abonentga navbatdagi abonent to‘lovini muddatidan oldin yechish va ulangan trafik paketini taqdim etish tashabbusi bilan chiqish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. “Perezagruzka” xizmati faollashtirilgandan so‘ng, tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketidan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lsa, barcha qoldiqlar kuyadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovini yechish keyingi sanasi, abonent to‘lovini oxirgi marta yechib olingan sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. Xizmatni yoqish uchun Abonent hisobida tarifga ulanishning minimal chegarasi va “Perezagruzka” xizmati narxiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.
• “Oila” tariflarida quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: “Muloqot ulashing”, “Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring!”, “Ishonchli to’lov” va “Ishonchli daqiqalar va gigabaytlar”.
• "Oila 5 Smartfon" va "Oila 7 Smartfon" tarif rejalari egalari uchun quyidagilar mavjud emas: raqamni almashtirish, raqamni boshqa shaxsga qayta rasmiylashtirish, shuningdek, MNP xizmati orqali raqamni boshqa operatorga o‘tkazish.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi. 
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline