Umumiy shartlar:
• Yangi abonentlarni "Oila Max" tarifiga ulash dilerlar va Beeline savdo ofislarida mavjud.
Ulanishda abonent o‘z xohishiga ko‘ra "Oddiy" tarifi bilan 2 ta SIM-kartani qo‘shimcha to‘lovsiz olishi mumkin.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• “Oila Max” tarifida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun texnik cheklov 135 000 daqiqani tashkil etadi.
• Beepul ilovasida kartadan kartaga (Uzcard/Humo) foizsiz o‘tkazmalar faqat guruh egasiga taqdim etiladi.
• Ishtirokchi guruhdan chiqarilsa yoki chiqib ketsa, «Oila Max» tarifining barcha kiritilgan xizmatlari ishtirokchi uchun mavjud bo‘lmaydi va ishtirokchining o‘zi 3 kun davomida "Oddiy" tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarif rejasi shartlari bo‘yicha o‘z balansidan sarflanadi. Yoki ko‘rsatilgan muddat ichida ishtirokchi faqat hambi ilovasi orqali mavjud tariflardan biriga mustaqil ravishda o‘tishi mumkin.
• Ishtirokchi 3 kun ichida tarifni tanlamagan taqdirda, uning tarifi “OPTIMAL” tarifiga o‘zgartiriladi.
• Agar guruh egasining raqami ma’muriy bloklansa, xizmatlar ishtirokchilar uchun hisob davrining oxirigacha yoki abonent to‘lovi yechilgunga qadar taqdim etiladi.
•Agar egasi salbiy balans tufayli bloklangan bo‘lsa, unda umumiy daqiqalar, SMS va GB trafigi ishtirokchilarga yetib bormaydi va daqiqalar, SMS va GB trafikidan foydalanganlik uchun barcha hisobdan chiqarishlar har bir ishtirokchining balansidan standart tarif qiymati bo‘yicha yoki sotib olingan qo‘shimcha paketlardan amalga oshiriladi.
• Guruh egasi va ishtirokchilar xizmatlar va paketlarni ulashlari mumkin. Guruh egasi va ishtirokchilar tomonidan sotib olingan xizmatlar va paketlar umumiy bo‘lmaydi va ulardan faqat ularni sotib olgan ishtirokchi foydalanishi mumkin.
• Guruh egasining va ishtirokchining pul balansi ham alohida bo‘lib, boshqa ishtirokchilar tomonidan sarflanmaydi.
• Guruh egasi va ishtirokchilari qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini olishlari, shuningdek, boshqa ishtirokchilarning pul balansi va xarajatlari summasini ko‘rishlari mumkin emas.
• hambi ilovasida guruh egasi tarifga kiritilgan umumiy daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfini ko‘rishi mumkin.
• Har bir ishtirokchi kesimida tarifga kiritilgan daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfi haqida ma’lumot olish uchun savdo ofislari yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish kerak.
• “BeeHome 10”, “BeeHome 20”, “Hello 1”, “Hello 2” tariflaridan “Oila Max” va “Oddiy” tarif rejalariga o‘tish imkonsiz.
Abonent to‘lovini yechish
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Agar shaxsiy elektron hisob (balans) qarz yoki nol holatida bo‘lsa, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi.
• Tizim tariflar bo‘yicha oylik abonent to‘lovini navbatdagi yechib olishda oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun to‘liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Tarif egasining balansida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechib olinmaydi va shunga ko‘ra, oylik trafiklar paketi ham berilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish uchun to‘lov tarif shartlariga ko‘ra standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Balansda yechib olish uchun yetarli miqdor paydo bo‘lishi bilan oylik abonent to‘lovi darhol yechib olinadi va bir oylik trafiklar paketi taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi oxirgi yechib olingan vaqtdan boshlab 1 oyga suriladi.
Ushbu tarif rejasida bir kunlik abonent to‘lovini yechib olish evaziga bir kunlik trafik paketini taqdim etish imkoniyati mavjud emas.
Ma’muriy bloklash:
• Tarif egasining raqami ma’muriy blokirovka qilinganda, “Abonentning xohishiga ko‘ra raqamni blokirovka qilish” xizmati uchun har kuni 421 so‘m miqdorida kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi. Bunda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat yechib olish sanasi kelgandagina yechiladi. Raqam blokdan chiqarilgach, agar yechib olish sanasi kelgan va tarif Egasining balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi va kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Shu bilan birga, raqam bloklangunga qadar mavjud bo‘lgan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechib olish sanasi oxirgi marta yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish tarif shartlariga ko‘ra standart tariflar asosida amalga oshiriladi. Agar tarif Egasining balansida tarif bo‘yicha kiritilgan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lib, lekin oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng yechib olish amalga oshirilmaydi, qolgan trafikning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va u taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi.
Izoh:
• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, sizga taqdim etilganligini quyidagilarni tergan holda tekshirib ko‘ring: GB - *103#, *109#, SMS - *105#, daqiqalar - *106#. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi tugagach, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Ishtirokchining “Oddiy” tarifida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun paket mavjud emas. Ishtirokchi faqat “OILA” tarifiga taqdim etilgan xizmatlar paketidan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanishi mumkin. “OILA” tarifidagi xizmatlar paketlaridan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Tarifga kiritilgan KINOM (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”) va riitm obunalari faqat tarifning oylik abonent to‘lovi to‘langan taqdirda mavjud bo‘ladi. KINOM va riitm obunalaridan foydalanish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatadi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Abonent to‘lovi to‘lanmaganda yoki ishtirokchi guruhdan chiqarilganda obunadan foydalanish to‘xtatiladi. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Avval ulangan KINOM va riitm obunalari “OILA” tariflariga o‘tganingizda yoki guruhga qo‘shilganingizda o‘chadi va tarif rejasining keyingi to‘lovi sanasigacha avtomatik ravishda qayta ulanadi.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet-trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun.
• Asosiy internet-trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va KINOM, riitm uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet-trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• KINOM, riitm va Setanta Sports cheksiz trafigi rasmiy ilovalardan foydalanilganda va ma‘lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. IP-manzillar egalari tomonidan o‘zgartirilganda, shuningdek, KINOM, riitm va Setanta Sportsga kirmaydigan trafik uchun (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimining ilovalardan foydalanishda paydo bo‘ladigan trafigi kiradi) trafik sarfi sizning tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-serverlar (jumladan, VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda KINOM, riitm va Setanta Sports uchun cheksiz trafik sarflanmaydi.
• Tarif rejasida “Perezagruzka” xizmati mavjud. “Perezagruzka” xizmati narxi - 2 000 so‘m. Ushbu xizmatning faollashuvi abonentga navbatdagi abonent to‘lovini muddatidan oldin yechish va ulangan trafik paketini taqdim etish tashabbusi bilan chiqish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. “Perezagruzka” xizmati faollashtirilgandan so‘ng, tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketidan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lsa, barcha qoldiqlar kuyadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovini yechish keyingi sanasi, abonent to‘lovini oxirgi marta yechib olingan sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. Xizmatni yoqish uchun Abonent hisobida tarifga ulanishning minimal chegarasi va “Perezagruzka” xizmati narxiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.
• “Status Gold”, “Status Platinum”, “Status Gold 2022”, “Status Platinum 2022”, “Status Gold 2021”, “Status Platinum 2021”, “Status Gold NEW”, “Status Platinum NEW”, “Status Platinum+” tariflari hamda “PLATINUM”, “Oila Ultra” va “Oila Mega” tariflari abonentlari uchun “Oila Max” tarifiga o‘tish narxi 20 000 so‘mni tashkil etadi. “Status Silver”, “Status Silver 2022”, “SILVER”, “GOLD”, “Status Silver+”, “Status Gold+”,“Status Silver New”, “Status Silver OLD”,
“Status Silver 2021” va boshqa barcha tariflar abonentlari uchun - bepul.
• “Oila” tariflarida quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: “Muloqot ulashing” va “Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring!”.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.