Beeline Music & Radio

Tafsilotlari
Kunlik obuna
599 so'm/kun
Oylik obuna
14 999 so'm/oy
Beeline Music & Radio
Internet-trafikni sarflamagan holda sevimli musiqangizni tinglashdan bahramand bo'ling!
Shartlari

Beeline o’z abonentlariga «Beeline Music & Radio» xizmatidan foydalanish uchun cheksiz trafikni taqdim etadi!

Bu degani, xizmat orqali musiqani tinglaganda, Beeline abonentlaridan paketdagi internet trafikdan va internet xizmati uchun hisobdan mablag’ sarflanmaydi.

«Beeline Music & Radio» xizmati – xorijiy va o’zbek ijrochilarining musiqiy treklari va albomlarini tinglash, o’z ijro ro’yxatini tuzish, har kuni shaxsiy tavsiyalar olish, shuningdek, qo’shiqlarni smartfonga yuklab olish va ularni offlayn rejimida tinglash imkoniyati mavjud!

«Beeline Music & Radio» xizmati Beeline abonentlari uchun o’zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.

Narxi:  599 so’m/kun
14 999 so’m/oy

Trafik: cheksiz

Birinchi ulanishda, maxsus promo-muddat amal qilib – musiqalarni bepul tinglashingiz mumkin! Promo-muddat 10 kun amal qiladi.

•   «XIT+» tariflar turkumi, «XIT», «Super XIT», «Mega XIT», «TOP XIT», «Status Silver», «Status Gold» va «Status Platinum» tariflardagi abonentlari uchun promo-muddatning vaqti 30 kunni tashkil etadi. Promo-muddatning vaqti tugagandan so’ng, xizmat uchun kunlik obuna avtomatik ravishda faollashtiriladi.

•    «Smartphone» tarifidagi abonentlar uchun promo-muddatning vaqti 90 kunni tashkil etadi. Promo-muddatning vaqti tugagandan so’ng, xizmatga kunlik obunasi avtomatik ravishda faollashtiriladi.

•    Sizning qulayligingiz uchun obuna bir marta faollashtirilishi kerak, keyin u har kuni avtomatik ravishda uzaytiriladi.

•    hisobdan obuna to’lovi muvaffaqiyatli yechilgandan so’ng cheksiz va narxlanmaydigan trafik (promo-muddatdan tashqari) taqdim etiladi.

App Store Batafsil
Play Market Batafsil
APK-ga havola Yuklab olish
USSD-so’rov *9#

1. Ilovani yuklab oling. Foydalanuvchi bo’limiga o’ting va “Kirish” tugmasini bosing.

2. Maxsus oynada xizmat shartlari va narxi ko’rsatilgan obuna qoidalari paydo bo’ladi. Obuna qoidalari bilan tanishib chiqing va obunani faollashtirish uchun “Davom etish” tugmasini bosing.

3. Telefon raqamni ko’rsatib, avtorizatsiyadan o’ting.

4. SMS orqali tasdiqlash kodini qabul qilganingizda, uni ilovaga kiritishingiz kerak bo’ladi.

5. Muvaffaqiyatli obuna amalga oshirilgandan so’ng, Sizga SMS-xabar keladi.

Beeline Music & Radio obunasini o’chirish uchun *400# USSD buyrug’ini terish kerak.

Kunlik obunani o’chirish uchun «15100» raqamiga «0» sonini sms orqali yuborish kerak.

«XIT+» tariflar turkumi, «XIT», «Super XIT», «Mega XIT», «TOP XIT», «Status Silver», «Status Gold» va «Status Platinum» tariflarida obunani o’chirish uchun «15100» raqamiga «2» sonini sms orqali yuborish kerak.

«Smartphone» tarifida obunani o’chirish uchun «15100» raqamiga «3» sonini sms orqali yuborish kerak.

Oylik obunani o’chirish uchun «15100» raqamiga «1» sonini sms orqali yuborish kerak.

Agar sinov muddati davomida abonent xizmatni o’chirsa va keyinchalik xizmatga qayta ulanadigan bo’lsa, abonentga sinov muddati boshqa taqdim etilmaydi.

Ilova o’chirilganda, xizmat avtomatik ravishda o’chmaydi.

– Xizmat oldindan to’lov tizimidagi va postpaid tarif rejalardagi abonentlar uchun amal qiladi.

– Kunlik obuna uchun  mablag’ har kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechiladi. 30 kunlik obuna uchun mablag’ yechilishi abonent hisobidan mablag’ yechilgan vaqtdan boshlab 30 kundan keyin amalga oshiriladi.

– «Beeline Music & Radio» bo’yicha cheksiz va tariflanmaydigan trafik aksiyasi brauzerlar orqali, proksi serverlar (shu jumladan VPN) orqali foydalanganda, boshqa saytlar va internet manbalarida bo’lgan rasmlar, videolar, o’yinlar va boshqa media kontentlarga amal qilmaydi.

– Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali o’tadigan brauzerlardan foydalanganda, «Beeline Music & Radio» xizmatining ilovasida birinchi marta ro’yxatdan o’tish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.

Beeline Music & Radio xizmatidan quyidagi qurilmalarda foydalanish mumkin:

Androidga asoslangan smartfonlar va planshetlar (4+ versiyasi), mobil ilovani o’rnatish orqali

IOS ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (7+ versiyasi), mobil ilovani o’rnatish orqali

– Obunani bir marta faollashtirish kerak, keyin tanlangan turiga qarab har kuni yoki oy davomida avtomatik ravishda uzaytirilib boriladi.

– Cheksiz va tariflanmaydigan trafik (promo-muddatdan tashqari) obuna to’lovi muvaffaqiyatli yechilgandan so’ng taqdim etiladi.

– Pullik obuna o’chirilgandan so’ng, saqlangan treklar va pleylistlarni offlayn rejimda tinglash imkoniyati bo’lmaydi.

– Musiqani onlayn-tinglash uchun internet tarmog’iga kirish imkoniyatiga ega bo’lish kerak.

– Agar abonent raqami 60 kundan ortiq blok holatida bo’lsa, xizmat avtomatik ravishda o’chiriladi.

– Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

Beeline Music & Radio xizmatining Taqdim etish qoidalari va Ko’p so’raladigan savollar haqida tanishib chiqishingiz mumkin.