Bolajon

Parametrlari
  • Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari uchun500 daq / oy
  • Tarif bo'yicha kiritilgan MB to'plam*1500 MB / oy
Shartlar

Daqiqa*106#
MB*103#
Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash*202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar0 so’m/daq.
Tarmoq ichida chiqish qo’ng’iroqlari85 so’m/daq.
Boshqa yo’nalishdagi qo’ng’iroqlar125 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS85 so’m/daq.
Internet630 so’m/MB

“Bolajon” tarif rejasiga o’tish va yangi ulanish imkoniyati mavjud emas.

*Ushbu tarifda Internet-manbalardan foydalanish cheklangan. Foydalanish mumkin bo’lgan internet manbalar ro’yxati ushbu ilovada.
*  Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

E`tibor bering:

– Tarif bolalar uchun mo’ljallangan, ushbu tarifdagi raqamlar ota-onaning birini nomiga ro’yxatdan o’tkaziladi.
– Ushbu tarifda quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: xalqaro aloqa, xalqaro SMS xabarlar, rouming va Internet (ro’yxatda ko’rsatilgan manbalar bundan mustasno). Wi-Fi tarmog’idan foydalanilganda boshqa Internet-manbalar amal qiladi.
– Ushbu tarifda quyidagi qo’shimcha xizmatlardan foydalanish mumkin: «Raqamni aniqlash», «Xabardor bo’l», «Ishonchli to’lov», «Avtoto’lov», «Beeline Club» bonusli dasturi va mahalliy SMS-paketlar
– Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.

Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi); 
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).

– Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik paketi taqdim etiladi. Abonent balansida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi va tarif bo‘yicha oylik paket taqdim etilmaydi. Balans oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. 
– Oylik abonent to‘lovi to‘liq yechib olinmaguncha abonentga faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, SMS qabul qilish, Kompaniyaning Kontakt markaziga hamda favqulodda xizmatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Boshqa aloqa xizmatlari, jumladan avval ulangan hamda yangi daqiqalar, SMS va internet qo‘shimcha paketlarini ulash va ulardan foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Balansdan alohida shartlar asosida taqdim etiladigan xizmatlar, jumladan xalqaro rouming, “Abonent xohishiga ko‘ra raqamni bloklash”, “Ishonchli to‘lov”, “Ishonchli paketlar”, abonent raqamlari va smartfonlarni ijara hamda muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlar yechib olinishi davom ettiriladi. Uzcard va Humo servislaridan yuboriladigan pullik SMS-xabarlar yetkazib berilmaydi. 
– Taqdim etilgan paketdan foydalanishdan avval, *103#/*101#/*105#/*106# terib, trafik taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
– Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 08:00 dan 22:00 gacha yuboriladi.
– Tarif faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda ishlamaydi.
– «Bolajon» tarif rejasida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish imkoni, abonent raqami faollashtirilgan kundan boshlab 20 kun o’tgach amalga oshiriladi, shuningdek abonent raqami faol holatida bo’lishi lozim.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.
– Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

Bolajon

11 500So'm/oy