OSON 10



Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqalar*106#
MB *103#
SMS *105#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Boshqa tariflardan o'tish
Mahalliy aloqa
*O’zbekiston bo’yicha 1 SMS 10 / 100 so'm
*Internet, 1 MB 10 / 100 so'm
*Oylik abonent to'lovi to'langan bo'lsa tarif bo'yicha taqdim etilgan limitdan tashqari amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS/MB narxi 10 so'mdan hisoblanadi.
Oylik abonent to'lovi to'lanmagan bo'lsa amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS/MB narxi 100 so'mdan hisoblanadi.
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Boshqa MDH mamlakatlariga 3 380 so'm/daq.
Yevropaga 6 920 so'm/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8 940 so'm/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 450 so'm/daq.
Amerika va Afrikaga 7 930 so'm/daq.
Avstraliyaga 11 470 so'm/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so'm
Xalqaro yo'nalishdagi qo'ng'iroqlar narxi mahalliy shahar raqamlariga chiqish qo'ng'iroqlari narxi bilan birga ko'rsatilgan
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25 260 so'm/daq.
2 - yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37 890 so'm/daq.
3 - yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92 620 so'm/daq.
4 - yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126 300 so'm/daq.
Standart ravishda amalda bo'lgan xizmatlar
SMS qabul qilish va yuborish batafsil...
Ma'lumotlar qabul qilish va yuborish batafsil...
Raqamni aniqlash batafsil...
Chaqiriqni kutish batafsil...
Chaqiriqni boshqa manzilga yo'llash batafsil...
Qo'shimcha ma'lumot
Keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi va oylik trafik taqdim etilishi vaqti oxirgi yechilgan abonent to’lovi sanasidan 1 oylik oraliq bilan (oyning birinchi kuniga bog’lanmagan holda) amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Navbatdagi oylik abonent to'lovi to'lanishi kerak bo'lgan sanada abonent balansida yetarli mablag' bo'lsa oylik abonent to'lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to'lovi uchun yetarli mablag' bo'lmasa unda abonent to'lovi olinmaydi va aloqa xizmatlaridan foydalanish har bir MB/daqiqa/SMS uchun 100 so'mdan narxlanadi.
Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi.
Taqdim etilgan paketlarda trafik tugaganidan so'ng aloqa xizmatlaridan foydalanish har bir MB/daqiqa/SMS uchun 10 so'mdan narxlanadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda oylik abonent to'lovi yechilmaydi. Faqatgina "Raqamni abonent so'roviga asosan bloklash" xizmati uchun kuniga 421 so'mdan to'lov olinadi. Raqam blok holatidan chiqarilgandan so'ng bir oylik abonent to'lovi abonent hisobida yetarli mablag' bo'lganda yechiladi. Ungacha aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan shartlarga asosan amalga oshiriladi.
Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik paketlaridagi trafik qoldig'i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo'shilmaydi.
Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo'yicha daqiqalar va SMS qoldig'i hamda boshqa qo'shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
Tarifda belgilangan bir oylik trafik paketini faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
«OSON 10» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o'zgartirilganida tarif bo'yicha taqdim etilgan trafik paketining sarflanmagan qoldig'i kuyadi. Qo'shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo'yicha trafik saqlanib qolinadi.
"OSON 10" tarif rejasida "Perezagruzka" xizmatidan foydalanish mumkin. "Perezagruzka" xizmatining narxi - 0 so’m
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo'lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo'yicha oylik abonent to'lovi yechiladi. So'ng tarifga kiritilgan oylik MB, daqiqa va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, tarif bo'yicha avval taqdim etilgan daqiqalar va SMS paketlarning qoldig'i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi - *5#
«OSON 10» tarif rejasida «Muloqotni ulashing» xizmati orqali faqatgina O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar uchun daqiqalar hamda Internet uchun Mblar qabul qilish mumkin.
«OSON 10» tarif rejasida Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturi va «Daqiqalarni Mbga almashtirish va aksincha» xizmati amal qilmaydi.
"OSON 10" tarif rejasida "Daqiqalarni Mbga almashtirish va aksincha" xizmatidan foydalanib bo'lmaydi.
O'zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Afg’oniston bilan chegaralarda) Camel-rouming uchun mablag' yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida "Beeline Uz" tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
«Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag' nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo'ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
«OSON 10» tarif rejasida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish imkoni, abonent raqami faollashtirilgan kundan boshlab 20 kun o'tgach amalga oshiriladi, shuningdek abonent raqami faol holatida bo'lishi lozim.