OSON 10
- O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
- O'zbekiston bo'yicha SMS *500 sms / oy
- Internet6 GB / oy
Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun balansda mablag‘ yetarli bo‘lmasa — 2 500 so‘m kunlik abonent to‘lov tizimi faollashtiriladi hamda 100 daqiqa, 100 SMS va 500 MB taqdim etiladi. Batafsil
Bu xizmat tarif rejangiz kunlik abonent to‘lovini o‘chirish imkonini beradi. Quyidagilarni e’tiborga olish lozim: kunlik abonent to‘lovi o‘chirilganda va oylik abonent to‘lovi yechilmaganda, kiritilgan trafikli paket taqdim etilmaydi. Bunday holda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish uchun to‘lov tarif shartlariga muvofiq standart tarifikatsiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Xizmat narxi — 0 so‘m
Ulanish kodi *110*1988#
O‘chirish kodi *110*1990#
Tekshirish kodi *110*09#
Kunlik abonent to‘lovini hambi ilovasi (“Tariflar” bo‘limi → “Barcha xizmatlar” sahifasi) orqali, shuningdek, aloqa markazi va butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan Beeline Uzbekistan savdo ofislari orqali o‘chirish mumkin.
Kunlik abonent to‘lovini o‘chirish yoki ulash uchun hambi ilovasini yuklang yoki eng so‘nggi versiyasiga yangilang.
Kiruvchi qo’ng’iroqlar | 0 so’m/daq. |
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar | 10/300 so’m/daq. |
O’zbekiston bo’yicha SMS | 10/300 so’m/SMS |
Internet | 10/225 so’m/MB |
Oylik abonent to’lovi to’langan bo’lsa tarif bo’yicha taqdim etilgan limitdan tashqari amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS/MB narxi 10 so’mdan hisoblanadi.
Oylik abonent to’lovi to’lanmagan bo’lsa amalga oshirilgan har bir daqiqa/SMS narxi 300 so’mdan, bir MB narxi 225 so’mdan hisoblanadi.
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 800 so’m/daq.
Rossiyaga 3 800 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 800 so’m/daq.
Yevropaga 9 300 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 300 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 300 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 300 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 300 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Xalqaro yo’nalishdagi qo’ng’iroqlar narxi mahalliy shahar raqamlariga chiqish qo’ng’iroqlari narxi bilan birga ko’rsatilgan
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25 260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37 890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92 620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126 300 so’m/daq.
Tarif rejaga o'tish va ulanish yopilgan.
Ushbu tarifdan boshqa tariflarga o'tish.
“Oson 10” tarif rejasiga o’tish va yangi ulanish imkoniyati mavjud emas.
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini “Oson 10” tarif rejasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun raqam faollashtirilgan kundan boshlab 20 kun o‘tgan bo‘lib, shuningdek, abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik paketi taqdim etiladi. Oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun balansda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, avtomatik ravishda kunlik abonent to‘lovini yechish rejimiga o‘tiladi. Balans oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
• Tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig‘i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi.
• Tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Tarifida «Muloqotni ulashing» xizmati orqali faqatgina O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar hamda Internet uchun MBlar qabul qilish mumkin.
• “OSON 10” tarif rejasida Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturi va «Daqiqalarni MBga almashtirish va aksincha» xizmati amal qilmaydi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi raqam blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga yechilmaydi, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
OSON 10

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin