Bosh sahifa/Тип услуги/Название услуги

Kunlik

Parametrlari
  • O'zbekiston bo'yicha daqiqalar *100 daq / kun
  • Internet2 GB / kun
  • Cashback **10 %
Shartlar

Agar bir oy davomida (kalendar oyi nazarda tutilmoqda) 15 kundan ortiq abonent to’lovi to’lansa, u holda ushbu abonent to’loviga sarflagan mablag’ning 10% joriy oyning oxirigacha har kuni qo’shimcha balansga qaytariladi. Har oy hisoblagich nolga tushadi va keyingi oydan yangidan hisoblaydi.

«Kunlik» tarifdan boshqa tarif rejaga o’tilganda, qo’shimcha balansda yig’ilgan mablag’ kuyadi. Mablag’ yig’ish miqdori bo’yicha cheklovlar yo’q.

Qo’shimcha balansda to’plangan pul mablag’i birinchi navbatda quyidagi xizmatlarga sarflash mumkin: abonent to’lovini to’lash, mahalliy aloqa (chiquvchi qo’ng’iroqlar, SMS va Internet).

Qo’shimcha balansga taqdim qilingan pul mablag’lari qaytarilmaydi.

Daqiqalar va cashback *106#

MB *103#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS300 so’m/SMS
Internet225 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

“Kunlik” tarif rejasiga o’tish va yangi ulanish imkoniyati mavjud emas.

* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

• Mobil qurilmaning IMEI-kodini «Kunlik» tarif rejasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun raqam faollashtirilgan kundan boshlab 20 kun o‘tgan bo‘lib, shuningdek, abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig‘i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi.
• Navbatdagi kunlik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 kunlik vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. Keyingi kunlik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari xuddi shu vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 10-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 11-avgust kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sana va vaqt to‘liq saqlanadi).
• Agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, balans minusga kirmaydi; hisob abonent to‘loviga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘ldirilguniga qadar, aloqa xizmatlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etiladi.
• Tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Tarifida «Muloqotni ulashing» xizmati orqali faqatgina O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar hamda Internet uchun MBlar qabul qilish mumkin.
• “Kunlik” tarif rejasida Beeline Club 2.0 sodiqlik dasturi va «Daqiqalarni MBga almashtirish va aksincha» xizmati amal qilmaydi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

Kunlik

3 490So'm/kun
Balansni onlayn to'ldirish
+998
so'm