STATUS

GOLD

Parametrlari
  • Cheksiz qo'ng'iroqlar *
  • Internet350 GB / oy
  • Сheksiz internet Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun
  • Cheksiz tungi internet
  • SMS *2000 sms / oy
  • Dunyoning 85 mamlakatida roumingda chiquvchi / kiruvchi qo'ng'iroqlar uchun daqiqalar **10 daq / oy
  • Dunyoning 85 mamlakatida roumingda Internet **500 MB / oy
  • KINOM: TV, filmlar va seriallar *****
  • riitm: musiqa, pleylistlar va radio *****
  • «Oltin» raqam500 000 so'm
  • Beepul: 0% pul o'tkazmalar ****4000000 so'm / oy
  • Operator bilan bog'lanish 0777
Shartlar

"STATUS" tariflari
Sizning tanlovingiz
Sizning g'alabangiz

Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:

– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
– Xalqaro qo’ng’iroqlar uchun maxsus shartlar – butun dunyo bo’ylab chiquvchi qo’ng’iroqlarda kiritilgan paketdan tashqari qo’ng’iroqlar vaqtida bazaviy narxga 50% chegirma.
– Sarflanmagan GB keyingi oyga o'tadi
– Camel rouming mamlakatlaridan turib Beeline mijozlarga xizmat ko’rsatish markaziga bepul qo'ng'iroq qilish imkoniyati
– 4-darajadagi Beeline Club sodiqlik dasturidan foydalanish
– Bepul «Yashirin raqam» xizmati.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.

KINOM – bu TV kanallar, filmlar, seriallar, multfilmlar va sport musobaqalarini tomosha qilish uchun universal videoservis.

KINOM ilovasini yuklab oling: https://onelink.to/kinom
Yoki havolani olish uchun *444# tering

“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 0 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi: *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.

Daqiqa *106#
Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#
YouTube va Telegram bo’yicha MB *101#
Roumingda MB *112#
SMS *105#
Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 2 250 so’m/daq.
Rossiyaga 2 250 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 2 250 so’m/daq.
Yevropaga 5 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 5 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 5 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 5 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 5 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

riitm — musiqani onlayn va oflaynda tinglash imkonini beruvchi mobil ilova.
Play Market va App Store platformalarida mavjud.
Ilovani yuklab, ro‘yxatdan o‘ting va 25 mln dan ortiq treklarni qo‘shimcha to‘lovsiz tinglang.

* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.

** 85 ta davlatga quyidagilar kiradi: Albaniya, Jazoir, Armaniston, Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Bahrayn, Bangladesh, Belarusiya, Belgiya, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Kambodja, Kanada, Xitoy, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Daniya, Dominika Respublikasi, Misr, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Grenlandiya, Gonkong, Vengriya, Indoneziya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Jersi, Iordaniya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Makedoniya, Malayziya, Malta, Meksika, Moldova, Mo'g'uliston, Chernogoriya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Nigeriya, Norvegiya, Ummon, Pokiston, Falastin, Filippin, Polsha, Portugaliya, Qatar, Ruminiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Seyshel orollari, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Janubiy Afrika, Ispaniya, Shri-Lanka, Shvetsiya, Shveytsariya, Tayvan, Tojikiston, Tanzaniya, Tailand, Turkiya, B.A.A., Buyuk Britaniya, Ukraina, AQSh, Vetnam.

*** Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Agar limit tugagan bo'lsa, pul mablag'larini kartadan kartaga o'tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja boʻyicha keyingi abonent toʻlovi uchun muvaffaqiyatli to'lov yechilgunga qadar amal qiladi. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig'i mavjud bo'lsa, kuyadi va yangi limit to'liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo'shilmaydi.Tarif rejani o'zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo'lmaydi. "Perezagruzka" xizmatini faollashtirishda limit to'liq taqdim etiladi.

**** Tarif rejasiga «riitm» obunasi, shuningdek, «KINOM» ilovasida TV-kanallar, «Zarubejnoe», «Amediateka» va «Milliy»dan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan. Ilovalarni yuklab olish: «KINOM» – *444#, «riitm» – *404#, «Beepul» – *2#.

• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, KINOM/riitm hamda YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar,  va YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va “YouTube”ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.
• Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun kiritilgan GB paketi har oy uchun abonent to‘lovi yechib olinganda taqdim etiladi. Trafik 1 oy muddatga taqdim etiladi. Amal qilish muddati tugagandan so‘ng, foydalanilmagan qoldiq kuyadi. “YANA” va “STATUS” tariflar to‘plami bo‘yicha tarifni o‘zgartirganda, foydalanilmagan qoldiq kuyadi va aksiyaning amal qilish muddatiga muvofiq yangi trafik taqdim etiladi. Tarifni boshqa tariflarga o‘zgartirganda – Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun taqdim etilgan paketning foydalanilmagan trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.

Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi); 
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).

• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik paketi taqdim etiladi. Abonent balansida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi va tarif bo‘yicha oylik paket taqdim etilmaydi. Balans oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. 
• Oylik abonent to‘lovi to‘liq yechib olinmaguncha abonentga faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, SMS qabul qilish, Kompaniyaning Kontakt markaziga hamda favqulodda xizmatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Boshqa aloqa xizmatlari, jumladan avval ulangan hamda yangi daqiqalar, SMS va internet qo‘shimcha paketlarini ulash va ulardan foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Balansdan alohida shartlar asosida taqdim etiladigan xizmatlar, jumladan xalqaro rouming, “Abonent xohishiga ko‘ra raqamni bloklash”, “Ishonchli to‘lov”, “Ishonchli paketlar”, abonent raqamlari va smartfonlarni ijara hamda muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlar yechib olinishi davom ettiriladi. Uzcard va Humo servislaridan yuboriladigan pullik SMS-xabarlar yetkazib berilmaydi. 
•Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, barcha yo‘nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig‘i bekor bo‘lmaydi va keyingi oyga o‘tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 700 GBgacha bo‘lishi mumkin. Agar abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa va shu sababli abonent to‘lovi yechilmasa, trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo‘yicha qoldiqlar keyingi oyga o‘tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi.
• Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi. Internet xizmatlari sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 08:00 dan 22:00 gacha yuboriladi.
• Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Tarif rejada “Hamma tarmoqda” xizmati amal qilmaydi.
• Agar “Status” seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda “oltin” raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi.  «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan “oltin” raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan “Perezagruzka” xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• “Status Gold” tarif rejasini tark etib boshqa tarif rejaga o‘tilganda, kiritilgan trafik paketining foydalanilmagan qoldig‘i (daqiqalar, MB, SMS) o‘tkazilmaydi, aksincha kuyib ketadi. Xarid qilingan Internet va SMS-paketlardagi trafik kuymaydi va tarifni o’zgartirganda saqlanadi.
• O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Afg’oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) “elektron” hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
• Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

STATUS GOLD

150 000So'm/oy