YANA

bitta

Parametrlari
  • O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
  • Internet30 GB / oy
  • Сheksiz tungi Internet**
  • ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlariga cheksiz internet
  • O'zbekiston bo'yicha SMS *500 sms / oy
  • KINOM: TV, filmlar va seriallar ****
  • riitm: musiqa, pleylistlar va radio ****
  • Beepul: 0% pul o'tkazmalar ***1 000 000 so'm / oy
Shartlar

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#
SMSlar qoldig’i uchun *105#
Mb *103#, *109#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 4 500 so’m/daq.
Rossiyaga 4 500 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 4 500 so’m/daq.
Yevropaga 10 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 10 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 10 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 10 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.

** Cheksiz tungi internet tarif bo‘yicha abonent to‘lovi har gal to‘langanida soat 01:00 dan 08:00 gacha bo'lgan vaqtda amal qiladi.

*** Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.

- Limit  oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.
- Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
- Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
- Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi. Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
- “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.
- Boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.

**** Tarif doirasida riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”). riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
Sun’iy intellekt xizmatlariga quyidagi resurslar kiradi: ChatGPT, OpenAI, Claude, Perplexity, LiveKit, DouBao, KiMi, TongYi, YuanBao, DeepSeek.

• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo'llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma'lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet-trafik mavjud bo'lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda sun’iy intellekt, riitm va KINOM uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag' paydo bo'lgunga qadar to'xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va sun’iy Intellekt uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma'lum bir IP-manzillar to'plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, va sun’iy intellektga aloqador bo'lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va sun’iy intellekt uchun bo'lgan GB sarflanmaydi.
• Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.

Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi); 
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va trafik paketi taqdim etiladi. Abonent balansida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi va tarif bo‘yicha oylik paket taqdim etilmaydi. Balans oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. 
• Oylik abonent to‘lovi to‘liq yechib olinmaguncha abonentga faqat kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, SMS qabul qilish, Kompaniyaning Kontakt markaziga hamda favqulodda xizmatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Boshqa aloqa xizmatlari, jumladan avval ulangan hamda yangi daqiqalar, SMS va internet qo‘shimcha paketlarini ulash va ulardan foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Balansdan alohida shartlar asosida taqdim etiladigan xizmatlar, jumladan xalqaro rouming, “Abonent xohishiga ko‘ra raqamni bloklash”, “Ishonchli to‘lov”, “Ishonchli paketlar”, abonent raqamlari va smartfonlarni ijara hamda muddatli to‘lov bo‘yicha to‘lovlar yechib olinishi davom ettiriladi. Uzcard va Humo servislaridan yuboriladigan pullik SMS-xabarlar yetkazib berilmaydi. 
• “YANA BITTA”, “YANA IKKITA”, “YANA UCHTA” tariflarida belgilangan oylik trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi. Agar kun davomida tarifga kiritilgan paket tugab qolsa, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish tarif rejaning standart narxlari asosida amalga oshiriladi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so‘ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish uchun *103#, daqiqalar uchun – *106#, SMSlar uchun -*105#.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 08:00 dan 22:00 gacha yuboriladi.
• Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga o‘tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig‘i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo‘shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so‘nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o‘zgaradi. Boshqa paketlar qoldiqlari kuyadi.
• Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi tarifga kiritilgan, internet-paketlar va boshqa xizmatlar doirasida taqdim etilgan internet trafikining bir qismini zaxiraga olib qo‘yadi. Zaxiraga olinadigan trafik hajmi qoldiqda mavjud bo‘lgan trafik hajmiga bog‘liq bo‘lib, 1 MBdan 500 MBgacha bo‘lishi mumkin. Tarif yoki internet-paketlar bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmaganda yoki tugaganda, standart tariflash bo‘yicha 10 MB qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘lari zaxiraga olinadi.
Internet-sessiyasi davomida zaxiraga olingan trafik va (yoki) pul mablag‘lari boshqa xizmatlardan foydalanish uchun vaqtincha yopilishi mumkin, shu sababli balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar berishi mumkin. Internet-sessiyasi tugashi va foydalanilgan trafik bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan so‘ng, zaxiradagi sarflanmagan qoldiq keyingi foydalanish uchun ochiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

YANA bitta

79 900So'm/oy