OILA START

Faqat yangi ulanishlar uchun mavjud
Cheksiz qo’ng’iroqlar
75 GB
BeelineCheksiz tungi internet
Beeline
Tarifda 2 tagacha raqam
1 000 SMS
Beeline
0% pul o‘tkazmalari

10 000 000 so'mgacha

Tarifga kiritilgan

Beeline

KINOM: TV, filmlar va seriallar

Beeline

Setanta Sports

Beeline

riitm: musiqa, pleylistlar va radio

Beeline

Teletibbiyot: obuna faqat guruh egasiga taqdim etiladi

OILA START

Tarif rejasi

60 000

so'm/oy

Yangi ulanishda 20% chegirma, keyin – 75 000 so'm
Shartlar

Tarif afzalliklari

"OILA" tariflari haqida

"OILA" – butun oila uchun yagona tarif.

Siz va yaqinlaringiz uchun tarif afzalliklari:

1) Bitta tarif uchun to‘lang va barcha yaqinlaringiz bilan foydalaning - bu har bir kishi uchun alohida to‘lov qilishdan ko‘ra ancha foydaliroq.
2) KINOM platformasida zamonaviy va qiziqarli kontent. TV, film va seriallarni oilangiz bilan birga tomosha qiling.
3) "Oila Start" tarifida guruhga 1 ta qo‘shimcha ishtirokchi qo‘shish mumkin.

Guruh yaratish va ishtirokchini taklif qilish hambi ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Guruhni boshqarish

Guruh yaratish — 2 qadamda!

1-qadam: Guruh egasi hambi ilovasining “Oila tarifini boshqarish” bo‘limida ishtirokchining kontaktini tanlaydi va taklif yuboradi.
2-qadam: Ishtirokchi hambi ilovasida taklifni qabul qilib, guruhga qo‘shiladi.
Guruh yaratildi!

Ishtirokchilarni guruhdan chiqarish

Guruh egasi ishtirokchini hambi ilovasi orqali chiqarishi mumkin. Buning uchun "Oila tarifini boshqarish" bo‘limida ro‘yxatdan ishtirokchini tanlash va chiqishni tasdiqlash kerak.

Guruhdan chiqish

Ishtirokchi guruhdan hambi ilovasi orqali mustaqil ravishda chiqishi mumkin.

Shuningdek:
• Guruh egasi, agar uning tarifi uchun ishtirokchilar soni maksimal darajaga yetgan bo‘lsa, taklifnoma yuborishi mumkin emas: 
"Oila Start": 1 ta ishtirokchi
Yangi taklifni yuborish uchun avval taklif qilingan ishtirokchilardan biri taklifni rad etishi yoki guruhni tark etishi kerak.
• Guruh egasining balansi salbiy bo‘lsa, taklif yubora olmaydi. Agar ishtirokchining balansi ham salbiy bo‘lsa, taklifni qabul qila olmaydi.
• Ishtirokchilar o‘z tashabbuslari bilan guruhga qo‘shila olmaydi. Ular faqat Guruh egasining taklifi asosida qo‘shilishlari mumkin. Ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta guruhga a’zo bo‘la olmaydilar.

Videoqo‘llanma

"Oila" tariflarida bo‘lgan guruh egalari uchun videoqo‘llanma: hambi ilovasi orqali ishtirokchini guruhga taklif qilish va chiqarib yuborish.

"Oila" tariflarida bo‘lgan guruh ishtirokchilari uchun videoqo‘llanma: hambi ilovasi orqali guruhga qo‘shilish va chiqish.

FAQ

Guruh – bu nima?
Guruh – bu “Oila Start”, “Oila Max”, “Oila Ultra” va “Oila Mega” tarif rejalarining umumiy trafigi va raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan abonentlar guruhi.

Guruh egasi kim?
Guruh egasi “Oila Start”, “Oila Max”, “Oila Ultra” yoki “Oila Mega” tariflari abonenti bo‘lib, u guruh tarkibini boshqaradi (ishtirokchilarni taklif qiladi va chiqarib tashlaydi) va guruh a’zolariga o‘z tariflari bo‘yicha trafik va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Guruh ishtirokchisi kim?
Guruh ishtirokchisi “Oddiy” tarifi abonenti bo‘lib, u guruh boshining tarifiga kiritilgan trafik va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Abonent yangi ulanishda yoki guruh boshidan (joriy Beeline abonenti) taklifni qabul qilish orqali ishtirokchiga aylanadi.

Tarif bo‘yicha nechta ishtirokchi mavjud?
• “Oila Start” – 2 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Max” – 3 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Ultra” – 5 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Mega” – 7 ta abonent, shu jumladan egasi.

Guruh egasi nechta taklif yuborishi mumkin?
Bir kunda egasi 10 tagacha taklif yuborishi mumkin. Taklif 24 soat amal qiladi. Agar bu vaqt ichida taklif qabul qilinmasa, u bekor qilinadi

Salbiy balansda guruh yaratish mumkinmi?
Salbiy balansda guruh egasi taklif yuborishi, ishtirokchi esa ularni qabul qilishi mumkin emas.

Guruh qanday yaratiladi?
1. hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasini yuklab oling yoki so‘nggi versiyasiga yangilang.
2. Bosh sahifada Oila tarifini boshqarish bo‘limini tanlang.
3. Sahifa pastidagi Ishtirokchi qo‘shish tugmasini bosing.
4. Kontaktlardan siz ulashmoqchi bo‘lgan raqamni tanlang.
5. Taklifni jo‘nating va javobni kuting. Taklif 24 soat amal qiladi. Ishtirokchi guruhga a’zo bo‘lishi uchun hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida taklifni qabul qilishi kerak.

Guruhga qanday kirish mumkin?
Agar siz guruh egasi bo‘lmasangiz va sizga taklif kelgan bo‘lsa, uni hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida qabul qiling. Taklifni qabul qilgandan so‘ng, tarifingiz avtomatik ravishda abonent to‘lovisiz “Oddiy” tarifiga o‘zgaradi va siz daqiqalar, SMS, GB, shuningdek, guruh egasining tarifiga kiritilgan telekanallar, Amediateka, Milliy va xorijiy kontentni ko‘rish uchun KINOM obunasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
Guruhga qo‘shilishingiz uchun taklifni qabul qilish paytida hisobingizda ijobiy balans bo‘lishi kerak. “Oddiy” tarifiga o‘tish narxi 0 so‘m.

Qanday qilib ishtirokchi guruhdan chiqishi yoki guruh egasi ishtirokchini chiqarib yuborishi mumkin?
- Ishtirokchi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining Oila tarifini boshqarish bo‘limida Oila tarifidan chiqish tugmasini bosib, guruhdan chiqadi. 
- Guruh egasi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasida Oila tarifini boshqarish bo‘limiga kirib, ishtirokchini tanlaydi, shundan so‘ng "Oila" tarifidan chiqarish tugmasini bosadi.
- Guruhdan chiqqandan so‘ng ishtirokchi “Oddiy” tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarifda belgilangan standart narxlar bo‘yicha sarflanadi va ishtirokchiga faqat hambi ilovasi orqali mavjud tariflardan biriga o‘tish imkoniyati beriladi.

Agar guruh egasining daqiqa, SMS, internet-paketlari tugab qolsa nima bo‘ladi?
Agar guruh egasida aloqa paketlari tugasa yoki uning raqami balans bo‘yicha vaqtincha bloklangan bo‘lsa, ishtirokchi “Oddiy” tarif shartlari bo‘yicha o‘z hisob raqamidan aloqa xizmatlariga haq to‘laydi. Guruh egasi *5# kodi bilan “Perezagruzka” xizmatini faollashtirish orqali tarif bo‘yicha yoqilgan daqiqalar, SMS va GB paketlarini muddatidan oldin olishi mumkin. “Perezagruzka” xizmati narxi - har bir so‘rov uchun 2 000 so‘m.

Men Oila tarifining ishtirokchisiman. Nega trafik mavjud emas?
Agar tarif egasi oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa yoki uning raqami nofaol bo‘lsa, trafikdan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Trafik tarif egasi balansni to‘ldirgach, yana faollashadi.
Tarif bo‘yicha trafik qoldig‘i yoki tarif egasining raqami faol ekanini tekshirish uchun *222# tering.

Agar Oila tarifi ishtirokchisi sifatida raqamim 90 kun faol bo‘lmasa, nima bo‘ladi?
Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent elektron hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu Abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi. Ushbu shart tarif egasi va ishtirokchiga tegishli.
Shuningdek, agar ishtirokchi 90 kun davomida qo‘ng‘iroq qilmasa, SMS yubormasa va mobil internetdan foydalanmasa, SIM-karta avtomatik ravishda o‘chiriladi va shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi.

Guruh ishtirokchilari “KINOM”ga qanday kirishlari mumkin?
“KINOM”da raqamli kontentni ko‘rish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatishi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Tarif o‘zgarganda nima bo‘ladi?
• Agar ishtirokchi tarifni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u avval guruhdan chiqishi kerak bo‘ladi.
• Agar guruh egasi tarifni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u avval barcha ishtirokchilarni guruhdan chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi.
• Agar guruh egasi tarifni ko‘proq ishtirokchilar mavjud bo‘lgan shu turkum ichidagi tarifga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, guruh saqlanib qoladi.
• Agar guruh egasi tarifni ishtirokchilar soni kamroq bo‘lgan shu turkum ichidagi tarifga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, ishtirokchilar soni limitga mos kelishi uchun ularni chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi va guruh saqlanib qoladi.

Ishtirokchi Oila tarifiga o‘tganidan so‘ng avvalgi tarifiga qayta oladimi?
Ha, agar tarif ochiq bo‘lsa. Shuningdek, u boshqa ochiq tariflardan birini tanlashi mumkin.

Guruh egasi boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilishi mumkinmi?

Boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish uchun, guruh egasi quyidagi qadamlarni bajarishi kerak:
1. Joriy guruhidagi barcha ishtirokchilarni chiqarib yuborish.
2. “Oila” tariflaridan tashqari ulanish mumkin bo‘lgan boshqa tarifga o‘tish.
3. Shundan so‘ng, taklifni qabul qilib, boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish.

Setanta Sports xizmati

Setanta Sports xizmati haqida
Setanta Sports xizmati sizga eksklyuziv sport o'yinlari va tadbrilarini ko'rish imkonini beradi.

Setanta Sports xizmatini faollashtirib qanday manfaat olasiz?
🏆 Angliya premyer-ligasi, UFC, LaLiga, Bundesliga, Ligue 1, Serie A, Formula 1 va boshqa turnirlardagi o'ynlarni ko'rish imkoniyati;
📺 Televideniye dasturlari bilan cheklanmasdan, turnirning istalgan o'yinini tomosha qilish imkoniyati;
🎤 Professional sharhlovchilar, yuqori sifatli video va ovozga ega translyatsalar;
⏯ Yozib olingan o’yinlar, sharhlar, intervyu va hujjatli filmlar to’plami;
📱 Barcha qurilmalardan kirish: smartfon, planshet, kompyuter, Smart TV;
🌐 Faqat “Beeline” mijozlari uchun internet-trafikni sarflamasdan tomosha qilish imkoniyati.

Setanta Sport xizmati qanday ishlaydi?
Setanta Sports xizmatini faollashtirsh hambi ilovasida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langandan so’ng "Oila" tarifidagi barcha ishtrokchilarga taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirish uchun, har bir ishtirokchi hambi ilovasida xizmatni o‘zi mustaqil ravishda ulab olishi lozim.
Xizmatni faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun amal qiladi.
Har safar abonent to'lovi to'langanda va xizmatning avvalgi faollashtirish paytidan 32 kun o'tganga, siz xizmatni qayta faollashtirishingiz kerak.
Agar tarif uchun abonent to'lovi olinmagan bo'lsa, unda xizmatni faollashtirish imkoniyati taqdim etilmaydi, hamda avval faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytdan boshlab 32 kun o'tgandan keyin o'chiriladi.
Tarifni boshqasiga o'zgartirganda, ilgari faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytidan boshlab 32 kun o'tgach o'chiriladi.
Setanta Sports xizmatini faollashtirish paytida, agar sizda ilgari yoqilgan pullik va promo obunalari mavjud bo'lsa, unda ularni o'chirib qo'yishingiz kerak bo'ladi.

Setanta Sports xizmatining holati haqida ma'lumot olish va boshqarish uchun *888# USSD kodidan foydalanishingiz mumkin.

Setanta Sports ilovasini havola orqali yuklab oling:

“Teletibbiyot” xizmati

🩺 Teletibbiyot – hambi ilovasidagi shaxsiy onlayn-shifokoringiz!

Teletibbiyot – bu siz istalgan vaqtda, navbatlarsiz va poliklinikaga tashrif buyurmasdan shifokor maslahatini olishingiz mumkin bo‘lgan onlayn-xizmat.

📌 Xizmatni qanday ulash va foydalanish mumkin:

1️⃣ hambi ilovasida “Servislar” bo‘limiga o‘ting
2️⃣ So‘ng “Teletibbiyot” xizmatini oching
3️⃣ “Teletibbiyot” xizmatini faollashtiring
4️⃣ Muloqot formatini tanlang:
💬 Chat | 🎧 Audio | 🎥 Video
5️⃣ Shifokorni tanlang:
👨‍⚕️ Navbatchi terapevt – bir necha daqiqada javob
📅 Mutaxassis shifokor – qulay vaqtga yozilish
6️⃣ Shifokor bilan ilovaning o‘zida muloqot qiling

🎁 “Teletibbiyot” xizmati “OILA” tarif rejasi egalari uchun tarif bo‘yicha abonent to‘lovini to‘lash sharti bilan qo‘shimcha to‘lovsiz taqdim etiladi.
📅 Obuna muddati: 30 kun

Salomatlik – bu oson. Teletibbiyot telefoningizda!

Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa

Guruh egasi «Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali tarif reja bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishi mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2 000 so’m.

Xizmatni ulash uchun guruh egasining hisobida tarif rejasining minimal ulanish miqdori va "Perezagruzka" xizmati narxiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda taqdim etiladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so‘ng, "Oila" tarifi bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqa va SMS paketlarning qoldig‘i mavjud bo‘lsa kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Ulanish kodi : *5#

Boshqa tariflardan o'tish

"Oila Start" tarifi faqat yangi ulanishlar uchun mavjud.
"Oila Start" tarifidan boshqa tariflarga o‘tish narxi.

“Oila”/“Oddiy” tariflariga o‘tganda yoki ulardan boshqa tariflarga o‘tilganda, internet to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun ma’lum bir brendlarning qurilmalarida quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

• Internetni qayta ishga tushirish (“Parvoz rejimi”ni yoqish va o‘chirish)
• Mobil qurilmani qayta ishga tushirish

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Oila guruhi ishtirokchilar uchun: guruh egasining limitlari va keyingi abonent to‘lovi yechilish sanani bilish uchun — *222#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so‘m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so‘m/daq.
Yevropaga 9 000 so‘m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so‘m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so‘m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so‘m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so‘m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo‘llash 1 000 so‘m

Sputnik aloqa

1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.

Qo‘shimcha ma’lumot

* "Oila Start" tarifiga yangi ulanishda, ulanilgan kundan boshlab 120 kun ichida dastlabki 3 oylik abonent to‘lovi uchun 20% chegirma taqdim etiladi.
120 kun o‘tgach yoki to‘rtinchi va keyingi abonent to‘lovlaridan boshlab to‘lov to‘liq ya’ni oyiga 75 000 so’m hajmda yechiladi.
Muhim: сhegirma amal qilishi davrida "Perezagruzka" yoki "Ma’muriy bloklash" xizmatlaridan foydalanganda, oylik abonent to‘lovi muddatdan oldin yechiladi va bu to‘lov ham chegirmali uchta to‘lovdan biri sifatida hisoblanadi.
"Oila" tariflari ichida tarifdan tarifga o‘tishda balansda tanlangan tarifga ulanish uchun belgilangan minimal miqdorga va tarifni almashtirish narxiga teng mablag‘ bo‘lishi lozim.
"Perezagruzka" xizmatidan foydalanganda balansda tanlangan tarifga ulanish uchun belgilangan minimal miqdorga va "Perezagruzka" xizmatining narxiga teng mablag‘ bo‘lishi lozim. Bunda abonent to‘lovi taqdim etilishi kerak bo’lgan chegirmasi bilan yechiladi.
Chegirma "Oila" tariflari ichida tarifdan tarifga o‘tishda saqlanadi. Boshqa tariflarga o‘tilganda chegirma taqdim etilmaydi.

Umumiy shartlar:

• Yangi abonentlarni "Oila Start" tarifiga ulash dilerlar va Beeline savdo ofislarida mavjud.
Ulanishda abonent o‘z xohishiga ko‘ra "Oddiy" tarifi bilan 1 ta SIM-kartani qo‘shimcha to‘lovsiz olishi mumkin.
• Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• “Oila Start” tarifida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun texnik cheklov 90 000 daqiqani tashkil etadi.
• Beepul ilovasida kartadan kartaga (Uzcard/Humo) foizsiz o‘tkazmalar faqat guruh egasiga taqdim etiladi.
• Ishtirokchi guruhdan chiqarilsa yoki chiqib ketsa, «Oila Start» tarifining barcha kiritilgan xizmatlari ishtirokchi uchun mavjud bo‘lmaydi va ishtirokchining o‘zi 3 kun davomida "Oddiy" tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarif rejasi shartlari bo‘yicha o‘z balansidan sarflanadi. Yoki ko‘rsatilgan muddat ichida ishtirokchi faqat hambi ilovasi orqali mavjud tariflardan biriga mustaqil ravishda o‘tishi mumkin.
• Ishtirokchi 3 kun ichida tarifni tanlamagan taqdirda, uning tarifi “STANDART” tarifiga o‘zgartiriladi.
• Agar guruh egasining raqami ma’muriy bloklansa, xizmatlar ishtirokchilar uchun hisob davrining oxirigacha yoki abonent to‘lovi yechilgunga qadar taqdim etiladi. 
• Agar egasi salbiy balans tufayli bloklangan bo‘lsa, unda umumiy daqiqalar, SMS va GB trafigi ishtirokchilarga yetib bormaydi va daqiqalar, SMS va GB trafikidan foydalanganlik uchun barcha hisobdan chiqarishlar har bir ishtirokchining balansidan standart tarif qiymati bo‘yicha yoki sotib olingan qo‘shimcha paketlardan amalga oshiriladi.
• Guruh egasi va ishtirokchilar xizmatlar va paketlarni ulashlari mumkin. Guruh egasi va ishtirokchilar tomonidan sotib olingan xizmatlar va paketlar umumiy bo‘lmaydi va ulardan faqat ularni sotib olgan ishtirokchi foydalanishi mumkin.
• Guruh egasining va ishtirokchining pul balansi ham alohida bo‘lib, boshqa ishtirokchilar tomonidan sarflanmaydi.
• Guruh egasi va ishtirokchilari qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini olishlari, shuningdek, boshqa ishtirokchilarning pul balansi va xarajatlari summasini ko‘rishlari mumkin emas.
• hambi ilovasida guruh egasi tarifga kiritilgan umumiy daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfini ko‘rishi mumkin.
• Har bir ishtirokchi kesimida tarifga kiritilgan daqiqalar, SMS va internet-trafik sarfi haqida ma’lumot olish uchun savdo ofislari yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish kerak.
• “BeeHome 10”, “BeeHome 20”, “Hello 1”, “Hello 2” tariflaridan “Oddiy” tarif rejasiga o‘tish imkonsiz.

Abonent to‘lovini yechish

• “Oila Start” tarif rejasiga yangidan ulanishda hisob to‘ldirilgandan so‘ng, darhol abonent to‘lovi to‘liq yechib olinadi va tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining keyingi yechilish sanasi oxirgi to‘lov yechilgan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. 
• “Oila Start” tarif rejasida abonent to‘lovining yechilishi va tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketining taqdim etilishi 1 oy oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo‘lmagan holda) tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi.
• Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechilgan/to‘langan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish/to‘lash sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining/to‘lashning barcha kunlari kalendar oyining tegishli sanasida amalga oshiriladi.
• Agar shaxsiy elektron hisob (balans) qarz yoki nol holatida bo‘lsa, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi.

Abonent raqamining shaxsiy elektron hisobi (balans) holati bo‘yicha yechish shartlari:

• Agar oylik abonent toʻlovini yechib olish vaqtida abonent raqami faol boʻlsa, lekin abonent toʻlovini yechib olish uchun mablagʻ yetarli boʻlmasa, bu holda tarif rejasi bo‘yicha abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi oxirgi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Balans to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.
• Agar oylik abonent to‘lovini yechish vaqtida egasining raqami nofaol holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechib olinmaydi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Balans to‘ldirilgandan va nofaol holatdan chiqqandan so‘ng abonent to‘lovi egasining hisob raqamidan darhol yechib olinadi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi oxirgi yechib olingan paytdan boshlab 1 oylik amal qilish muddati bilan taqdim etiladi.

Ma’muriy bloklash: 

• Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Biroq, tarif bo‘yicha umumiy trafik ishtirokchilarga abonent to‘lovini hisobdan chiqarishning keyingi sanasigacha taqdim etiladi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar uchun internet, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar standart tarif shartlari bo‘yicha tariflanadi.
• Blok holatidan chiqarilgandan so‘ng, agar shaxsiy elektron hisobda (balansda) tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etiladi.
•Agar raqamni blok holatidan chiqarish vaqtida abonent raqami faol holatda bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo‘lmasa, bu holda abonent toʻlovi bir marta minusga yechiladi va unga kiritilgan xizmatlar paketi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga taqdim etiladi. Bunday holda, abonent raqami faqat kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, shuningdek kompaniyaning aloqa markaziga va favqulodda vaziyatlar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati bilan nofaol holatga o‘tadi. Shaxsiy elektron hisob (balans) to‘ldirilib, nofaol holatdan chiqarilgandan so‘ng, abonent tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketidan keyingi abonent to‘lovi yechilish sanasiga qadar foydalanishi mumkin.

Izoh:

• Agar oldingi yechib olingan tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining qoldig‘i bo‘lsa, avval taqdim etilgan xizmatlar paketi kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olish sanasi va tarif rejasiga kiritilgan xizmatlar paketining amal qilish muddati abonent to‘lovi yechib olingan kundan boshlab 1 oyga belgilanadi.
• Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, sizga taqdim etilganligini quyidagilarni tergan holda tekshirib ko‘ring: GB - *103#, *109#, SMS - *105#, daqiqalar - *106#. Tarif rejalariga kiritilgan xizmatlar paketi tugagach, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Ishtirokchining “Oddiy” tarifida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun paket mavjud emas. Ishtirokchi faqat “OILA” tarifiga taqdim etilgan xizmatlar paketidan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanishi mumkin. “OILA” tarifidagi xizmatlar paketlaridan, shuningdek, mustaqil ravishda xarid qilingan paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, internet, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar tarifning standart qiymati bo‘yicha narxlanadi.
• Tarifga kiritilgan KINOM (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar, “Amediateka” va “Milliy”) va riitm obunalari faqat tarifning oylik abonent to‘lovi to‘langan taqdirda mavjud bo‘ladi. KINOM va riitm obunalaridan foydalanish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatadi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Abonent to‘lovi to‘lanmaganda yoki ishtirokchi guruhdan chiqarilganda obunadan foydalanish to‘xtatiladi. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Avval ulangan KINOM va riitm obunalari “OILA” tariflariga o‘tganingizda yoki guruhga qo‘shilganingizda o‘chadi va tarif rejasining keyingi to‘lovi sanasigacha avtomatik ravishda qayta ulanadi.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet-trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun.
• Asosiy internet-trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va KINOM, riitm uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet-trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• KINOM, riitm va Setanta Sports cheksiz trafigi rasmiy ilovalardan foydalanilganda va ma‘lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. IP-manzillar egalari tomonidan o‘zgartirilganda, shuningdek, KINOM, riitm va Setanta Sportsga kirmaydigan trafik uchun (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimining ilovalardan foydalanishda paydo bo‘ladigan trafigi kiradi) trafik sarfi sizning tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-serverlar (jumladan, VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda KINOM, riitm va Setanta Sports uchun cheksiz trafik sarflanmaydi.
• Tarif rejasida “Perezagruzka” xizmati mavjud. “Perezagruzka” xizmati narxi - 2 000 so‘m. Ushbu xizmatning faollashuvi abonentga navbatdagi abonent to‘lovini muddatidan oldin yechish va ulangan trafik paketini taqdim etish tashabbusi bilan chiqish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. “Perezagruzka” xizmati faollashtirilgandan so‘ng, tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketidan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lsa, barcha qoldiqlar kuyadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to‘lovini yechish keyingi sanasi, abonent to‘lovini oxirgi marta yechib olingan sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi. Xizmatni yoqish uchun Abonent hisobida tarifga ulanishning minimal chegarasi va “Perezagruzka” xizmati narxiga teng bo‘lgan summa bo‘lishi kerak.
• “Oila” tariflarida quyidagi xizmatlar amal qilmaydi: “Muloqot ulashing”, “Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring!” va “DO IT”.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi. Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag' yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmog'ni qo'l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo'ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo'ng'iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi. 
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin