Chet elliklar, sayyohlar va O‘zbekiston mehmonlari uchun “Hello” tarif rejalari
| Daqiqalar | *106# |
| GB | *103# |
| SMS | *105# |
| Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash | *202# |
| Kiruvchi qo’ng’iroqlar | 0 UZS / daq |
| O’zbekiston bo’yicha chiqish qo’ng’iroqlari | 300 UZS / daq |
| O’zbekiston bo’yicha SMS | 300 UZS / SMS |
| Internet | 225 UZS / MB |
Internet paket xariq qilganingizdan so’ng mavjud internet sessiyasini tugatib yangidan internetga ulanishingizni tavsiya qilamiz.
Shu bilan internet trafik noto’g’ri tariflanishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish imkoni bor.
| Internet paketlar | Amal qilish muddati | Narxi, UZS | USSD |
| 4 GB | 1 kun | 10 000 | *1*0*4# |
| 7 GB | 7 kun | 30 000 | *1*0*7# |
| 3.5 GB | 7 kun | 20 000 | *1*0*6# |
| 1.5 GB | 7 kun | 10 000 | *1*0*5# |
| 150 GB + 75 GB YouTube bonusi | 30 kun | 150 000 | *1*150# |
| 100 GB + 50 GB YouTube bonusi | 30 kun | 130 000 | *1*100# |
| 75 GB + 38 GB YouTube bonusi | 30 kun | 120 000 | *1*75# |
| 50 GB + 25 GB YouTube bonusi | 30 kun | 100 000 | *1*50# |
| 30 GB + 15 GB YouTube bonusi | 30 kun | 85 000 | *1*30# |
| 20 GB + 10 GB YouTube bonusi | 30 kun | 70 000 | *1*20# |
| 10 GB + 5 GB YouTube bonusi | 30 kun | 50 000 | *1*10# |
| Qo’ng’iroq yonalishi | UZS / daq |
| Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) | 3 500 |
| Rossiyaga | 3 500 |
| Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga | 3 500 |
| Yevropaga | 9 000 |
| Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga | 9 000 |
| Boshqa Osiyo mamlakatlariga | 9 000 |
| Amerika va Afrikaga | 9 000 |
| Avstraliyaga | 9 000 |
| Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash | 1 000 |
Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
«Hello» tarif rejalariga O’zbekiston Respublikasida doimiy ro’yxatda bo’lmagan chet el fuqarolari ulanishi mumkin.
Bitta chet el pasportiga 3 raqam ulanishi mumkin.
«Hello» tarif rejalari faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Xalqaro roumingda tariflardan foydalanish imkoni yo’q.
Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent balansida to‘liq mablag‘ yetarli ekanligini tekshiradi. Agar mablag‘ yetarli bo‘lsa – oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va oylik trafik paketi taqdim etiladi. Oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun balansda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, aloqa xizmatlaridan foydalanish tarif shartlariga muvofiq standart tariflash amalga oshiriladi. Standart tariflash oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo'lgunicha amalga oshiriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha oylik trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
SIM karta ulangan kundan boshlab 90 kun davomida oylik abonent to’lovi yechilishi va tarif bo’yicha limitlar taqdim etilishi amal qiladi.SIM karta ulanganidan so’ng 90 kun o’tganidan keyin oylik abonent to’lovi yechilishi hamda tarif bo’yicha limitlar taqdim etilishi to’xtaydi. Aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan limitdan tashqari narxlarda amalga oshiriladi.
Tarifda abonent to’lovi yechilishi va limitlar taqdim etilishini qayta boshlash uchun abonent Kompaniya ofislariga yoki Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga (0611, +99890 185 00 55) murojaat qilishi kerak bo’ladi.
Raqam ma’muriy blokirovka qilinganda, “Abonentning xohishiga ko‘ra raqamni blokirovka qilish” xizmati uchun har kuni 421 so‘m miqdorida kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi. Bunda tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi. Blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat yechib olish sanasi kelgandagina yechiladi. Raqam blokdan chiqarilgach, agar yechib olish sanasi kelgan va Abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi va kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Shu bilan birga, raqam bloklangunga qadar mavjud bo‘lgan trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechib olish sanasi oxirgi marta yechilgan kundan boshlab 1 oyga suriladi. Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, aloqa xizmatlaridan keyingi foydalanish tarif shartlariga ko‘ra standart tariflar asosida amalga oshiriladi. Agar Abonent balansida tarif bo‘yicha kiritilgan trafik qoldig‘i mavjud bo‘lib, lekin oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng yechib olish amalga oshirilmaydi, qolgan trafikning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va u taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi.
«Hello» tarifidan boshqa «Hello» tarifiga o’tish mumkin. Tarif o’zgartirish uchun xizmat haqi olinmaydi. Tarif o’zgatirishdan avval hisobingizda yangi tarifning abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ bo’lishi kerak. Tarif o’zgarganidan so’ng avvalgi tarifning sarflanmay qolgan limit qoldiqlari kuyadi va yangi o’tilgan tarif bo’yicha limitlar beriladi.
«Hello» tariflaridan boshqa tariflarga va o’z o’rnida boshqa tariflardan «Hello» tariflariga o’tish imkoniyati yo’q.
Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi.
Sputnik aloqasining narxi o’z ichiga shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini olmaydi.
Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati bo‘ladi.
Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

