Yangi ulanishlar va o‘tishlar uchun mavjud
VIBE
Ko'p internet
45 000 daqiqa
500 SMS
80 GB
0% pul o’tkazmalar
25 000 000 so‘mgacha
Tarifga kiritilgan
KINOM: TV, sport, film va seriallar***
riitm: musiqa, pleylistlar va radio***
Tarifni kuchaytirish uchun qo‘shimcha fishkalar
Daqiqalarni gigabaytlarga bepul almashtirish
PUBG, Mobile Legends, Clash of clans, eFootball, DLS, FreeFire va Roblox uchun cheksiz internet
Spotify, Apple Music va Yandex Music uchun cheksiz internet
ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlari uchun cheksiz internet
Setanta Sports
OSNOVA kurslariga chegirma
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Balansingizda bir oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmaganda:
Kunlik abonent to‘lovi: 3 000 so'm/1 kun
O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar*: 150 daq/1 kun
O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi SMS*: 150 SMS/1 kun
Internet barcha yo‘nalishlarga: 600 MB/1 kun
Tarifga ulanish kodi: *0*18#
VIBE
Tarif rejasi
80 000
so'm/oy
Arizani to'ldiring va bizga yuboring
Ismingiz *
Aloqa telefon raqami *
+998
Manzilingiz
Viloyat *
Tuman *
Manzil *
Arizani yuborish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga roziman
Arizani to'ldiring va bizga yuboring
Ismingiz *
Aloqa telefon raqami *
+998
Manzilingiz
Viloyat *
Tuman *
Manzil *
Arizani yuborish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga roziman
Shartlar
Tarifni yaxshilash uchun qo‘shimcha fishkalar
Bu Vibe tarifidagi qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanish mumkin bo‘lgan fishkalar.
Qo‘shimcha fishkalarni tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langan taqdirda hambi ilovasi orqali ulash mumkin.
Har safar abonent to‘lovi yechilganda, fishkalarni qaytadan ulash lozim:
- Daqiqalarni gigabaytlarga bepul almashtirish
- PUBG, Mobile Legends, Clash of Clans, eFootball, DLS, FreeFire va Roblox o‘yinlari uchun cheksiz internet
- Spotify, Apple Music va Yandex Music uchun cheksiz internet
- ChatGPT, Claude va boshqa sun’iy intellekt xizmatlari uchun cheksiz internet
- Setanta Sports obunasi
- OSNOVA kurslariga chegirma
Fishkalar ulangandan so‘ng, ularning amal qilish muddati tarif bo‘yicha keyingi abonent to‘lovi yechiladigan sanagacha belgilanadi, faqat Setanta Sports obunasi bundan mustasno bo‘lib, uning amal qilish muddati ulangan kundan boshlab 1 oy davom etadi.
Agar tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, fishkalarni ulash imkoniyati taqdim etilmaydi. Avval ulangan fishkalar o‘chiriladi va qolgan trafik kuyib ketadi.
Tarif bo‘yicha navbatdagi abonent to‘lovi yechilgandan so‘ng, avval ulangan fishkalar keyingi oyga o‘tkazilmaydi, qoldiq trafik qo‘shilmaydi va kuyib ketadi.
Tarif boshqasiga o‘zgartirilganda, avval ulangan fishkalar o‘chiriladi, qoldiq trafik esa kuyib ketadi.
Setanta Sports
Setanta Sports xizmati haqida
Setanta Sports xizmati sizga eksklyuziv sport o‘yinlari va tadbrilarini ko‘rish imkonini beradi.
Setanta Sports xizmatini faollashtirib qanday manfaat olasiz?
🏆 Angliya premyer-ligasi, UFC, LaLiga, Bundesliga, Ligue 1, Serie A, Formula 1 va boshqa turnirlardagi o‘ynlarni ko‘rish imkoniyati;
📺 Televideniye dasturlari bilan cheklanmasdan, turnirning istalgan o‘yinini tomosha qilish imkoniyati;
🎤 Professional sharhlovchilar, yuqori sifatli video va ovozga ega translyatsalar;
⏯ Yozib olingan o‘yinlar, sharhlar, intervyu va hujjatli filmlar to‘plami;
📱 Barcha qurilmalardan kirish: smartfon, planshet, kompyuter, Smart TV;
🌐 Faqat “Beeline” mijozlari uchun internet-trafikni sarflamasdan tomosha qilish imkoniyati.
Setanta Sport xizmati qanday ishlaydi?
Setanta Sports xizmatini faollashtirsh hambi ilovasida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi to‘langandan so‘ng taqdim etiladi.
Xizmatni faollashtirilgan paytdan boshlab 32 kun amal qiladi.
Har safar abonent to‘lovi to'langanda va xizmatning avvalgi faollashtirish paytidan 32 kun o‘tganga, siz xizmatni qayta faollashtirishingiz kerak.
Agar tarif uchun abonent to‘lovi olinmagan bo‘lsa, unda xizmatni faollashtirish imkoniyati taqdim etilmaydi, hamda avval faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytdan boshlab 32 kun o‘tgandan keyin o‘chiriladi.
Tarifni boshqasiga o‘zgartirganda, ilgari faollashtirilgan xizmat yoqilgan paytidan boshlab 32 kun o‘tgach o‘chiriladi.
Setanta Sports xizmatini faollashtirish paytida, agar sizda ilgari yoqilgan pullik va promo obunalari mavjud bo‘lsa, unda ularni o‘chirib qo‘yishingiz kerak bo'ladi.
Setanta Sports xizmatining holati haqida ma’lumot olish va boshqarish uchun *888# USSD kodidan foydalanishingiz mumkin.
Setanta Sports ilovasini havola orqali yuklab oling:
KINOM xizmati
KINOM – bu TV kanallar, filmlar, seriallar, multfilmlar va sport musobaqalarini tomosha qilish uchun universal videoservis.
KINOM ilovasini yuklab oling: https://onelink.to/kinom
Yoki havolani olish uchun *444# tering.
riitm xizmati
riitm — musiqani onlayn va oflaynda tinglash imkonini beruvchi mobil ilova.
Play Market va App Store platformalarida mavjud.
Ilovani yuklab, ro‘yxatdan o‘ting va 25 mln dan ortiq treklarni qo‘shimcha to‘lovsiz tinglang.
OSNOVA
OSNOVA shartlari haqida
OSNOVA zamonaviy kasblar va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun onlayn-kurslarga 50% chegirma bilan ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. Promokod 2026-yil 30-mart sanasigacha amal qiladi.
Promokoddan foydalanish orqali qanday afzalliklarga ega bo‘lasiz?
• Kurslar narxiga 50% chegirma;
• Marketing, HR, SMM, IT-vositalari va shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalari bo‘yicha kurslardan foydalanish imkoniyati;
• Promokodni bitta foydalanuvchi cheklovlarsiz faollashtirishi mumkin.
Promokod amal qiladigan kurslar ro‘yxati:
• Marketing sohasiga kirish (rus/o‘zb)
• Marketolog kasbi (rus)
• SMM (o‘zb)
• HR sohasiga kirish (rus)
• HR kasbi (rus)
• Midjourney (o‘zb)
• Figma (o‘zb)
• Tilda (o‘zb)
• Excel (o‘zb)
• 1C (o‘zb)
• Loyiha boshqaruvi (o‘zb)
• Tanqidiy fikrlash (o‘zb)
• Yetakchilik (o‘zb)
• Motivatsiya (o‘zb)
• Kommunikatsiyalar (o‘zb)
• Taym-menejment (o‘zb)
• GPT (rus/o‘zb)
• Telegram Ads (rus)
• Canva (rus)
Istisno:
Promokod OSNOVA oflayn-kurslariga taalluqli emas.
Promokod OSNOVA obunasiga amal qilmaydi.
Promokoddan qanday foydalanish mumkin?
1. hambi ilovasida hambi ilovasida “Tarifingizni kuchaytiring” bo‘limini oching;
2. “Promokodni olish” tugmasini bosing;
3. Promokodni SMS orqali oling;
4. hambi ilovasidagi “Servislar” bo‘limi orqali OSNOVA dasturini oching;
5. Kursni tanlang va to‘lov vaqtida promokodni kiriting.
Eslatma: promokod maxsus taklif asosida taqdim etiladi. Kompaniya promokodlarni berishni muddatidan oldin to‘xtatish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish yoki promokod shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
“Daqiqalarni gigabaytlarga almashtirish” bepul xizmati
“Daqiqalarni gigabaytlarga almashtirish” xizmati haqida
Xizmat tarif bo‘yicha daqiqalarni gigabaytlarga bepul almashtirish imkonini beradi. Almashtirilgan trafik tarifdagi trafik bilan qo‘shiladi. Trafik amal qilish muddati – tarif bo‘yicha keyingi abonent to‘lovi yechilguniga qadar.
Qanday afzalliklarga ega bo‘lasiz?
• Bir vaqtning o‘zida 5 120 daqiqani 5 GB ga almashtirish mumkin;
• 40 GB gacha qo‘shimcha trafik olish mumkin.
Xizmat qanday ishlaydi?
1. hambi ilovasida “Tarifingizni kuchaytiring” bo‘limini oching;
2. “Daqiqalarni gigabaytlarga almashtirish” toping;
3. “Almashtirish” tugmasini bosing;
4. 5 120 daqiqa avtomatik ravishda 5 GB ga almashtiriladi.
Kunlik abonent to‘lovini o‘chirish
Xizmat tarifingiz bo‘yicha kunlik abonent to‘lovini avtomatik yechib olishni o‘chirib qo‘yish imkonini beradi.
Bilish muhim:
Hisoblash: kunlik abonent to‘lovi o‘chirilganda va oylik abonent to‘lovi yechilmaganda, kiritilgan trafikli paket (daqiqa, MB, SMS) taqdim etilmaydi.
Narxlash: ushbu holda barcha foydalanilgan aloqa xizmatlari uchun to‘lov tarifingiz shartlariga ko‘ra standart narxlarda amalga oshiriladi.
Narxi: xizmatni ulash — 0 so‘m.
Xususiyatlari: “Kunlik abonent to‘lovi” mavjud bo‘lgan boshqa tarif rejalariga o‘tilganda, “Kunlik abonent to‘lovini o‘chirish” xizmatini qaytadan ulash kerak bo‘ladi.
Xizmatni boshqarish:
Kunlik abonent to‘lovini faqat hambi ilovasi orqali (“Tariflar” bo‘limi → “Barcha xizmatlar” sahifasi) o‘chirish yoki ulash mumkin. Xizmat to‘g‘ri ishlashi uchun hambi ilovasini so‘nggi versiyagacha yangilash zarur.
Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqa *106#
SMS *105#
MB *103#
Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Boshqa tariflardan o‘tish
“VIBE” tarif rejasiga boshqa tariflardan o‘tish narxi.
Mahalliy aloqa
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 225 so’m/MB
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 3 500 so’m/daq.
Rossiyaga 3 500 so‘m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so‘m/daq.
Yevropaga 9 000 so‘m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so‘m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so‘m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so‘m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so‘m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo‘llash 1 000 so‘m
Sputnik aloqa
1- yo‘ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so‘m/daq.
2 – yo‘ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so‘m/daq.
3 – yo‘ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so‘m/daq.
4 – yo‘ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so‘m/daq.
Standart ravishda amalda bo‘lgan xizmatlar
Qo'shimcha ma'lumot
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
** Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Agar limit tugagan bo‘lsa, pul mablag‘larini kartadan kartaga o‘tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja bo‘yicha keyingi abonent to‘lovi uchun muvaffaqiyatli to‘lov yechilgunga qadar amal qiladi.
Tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig‘i mavjud bo‘lsa, kuyadi va yangi limit to‘liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo‘shilmaydi.
Tarif rejani o‘zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo‘lmaydi.
“Perezagruzka” xizmatini faollashtirishda limit to‘liq taqdim etiladi.
*** Tarif rejasiga “Setanta Sports” va “riitm” obunalari, shuningdek, “KINOM” ilovasida TV-kanallar, “Zarubejnoe”, “Amediateka” va “Milliy”dan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan. Ilovalarni yuklab olish: “KINOM” – *444#, “riitm” – *404#, “Beepul” – *2#. Setanta Sports obunasini ulash mijozning o‘zi tomonidan hambi ilovasida amalga oshiriladi.
Sun’iy intellekt xizmatlariga quyidagi resurslar kiradi: ChatGPT, OpenAI, Claude, Perplexity, LiveKit, DouBao, KiMi, TongYi, YuanBao, DeepSeek.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet-trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet-trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE, Mobile Legends, Clash of clans, eFootball, DLS, FreeFire, Roblox, Spotify, Apple Music, Yandex Music, riitm, KINOM va Setanta Sports uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet-trafik yoki hisobida mablag‘ mavjud bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE, Mobile Legends, Clash of clans, eFootball, DLS, FreeFire, Roblox, Spotify, Apple Music va Yandex Music uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE, Mobile Legends, Clash of clans, eFootball, DLS, FreeFire, Roblox, Spotify, Apple Music va Yandex Music’ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, YouTube, sun’iy intellekt, PUBG MOBILE, Mobile Legends, Clash of clans, eFootball, DLS, FreeFire, Roblox, Spotify, Apple Music va Yandex Music uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda hamda "Ota-onalar nazorati" yoqilganda va "Shaxsiy DNS sever" sozlamasi sozlanganda Setanta Sports xizmati uchun trafik asosiy balansdan sarflanadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo‘lishi kerak.
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Yangi ulanganda oyda qolgan kunlar sonidan qat’i nazar, oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
• Navbatdagi oylik abonent to‘lovi to‘lanishi kerak bo‘lgan sanada abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to‘lovi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa unda bir kunlik abonent to‘lovi yechiladi va joriy kun oxirigacha bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to‘lovi kunda bir marotaba to‘lanadi. Hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmaganda oylik va kunlik abonent to‘lovlari qarzga yechilmaydi, trafik kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to‘lov tarif reja shartlariga asosan ko‘rsatilgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
• Bir kunlik abonent to‘lovi to‘lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi, toki hisobingizda bir oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagunicha. Bir oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun yetarli mablag‘ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• “VIBE” tarifida belgilangan oylik trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi. Agar kun davomida tarifga kiritilgan paket tugab qolsa, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish tarif rejaning standart narxlari asosida amalga oshiriladi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. GB tekshirish uchun – *103#, daqiqa-*106#, SMS – 105#.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet-sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet-sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun – 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi raqam blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga yechilmaydi, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to‘lovini yechib olish imkoniyati faqat raqam ma’muriy blokdan chiqarilgan paytdan boshlab bir oy o‘tgach taqdim etiladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
Boshqa tariflar
eSIMni onlayn xarid qiling
Yangi raqam tanlash
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring


