Guruh – bu nima?
Guruh – bu “Oila Start”, “Oila Max”, “Oila Ultra” va “Oila Mega” tarif rejalarining umumiy trafigi va raqamli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan abonentlar guruhi.
Guruh egasi kim?
Guruh egasi “Oila Start”, “Oila Max”, “Oila Ultra” yoki “Oila Mega” tariflari abonenti bo‘lib, u guruh tarkibini boshqaradi (ishtirokchilarni taklif qiladi va chiqarib tashlaydi) va guruh a’zolariga o‘z tariflari bo‘yicha trafik va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Guruh ishtirokchisi kim?
Guruh ishtirokchisi “Oddiy” tarifi abonenti bo‘lib, u guruh boshining tarifiga kiritilgan trafik va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Abonent yangi ulanishda yoki guruh boshidan (joriy Beeline abonenti) taklifni qabul qilish orqali ishtirokchiga aylanadi.
Tarif bo‘yicha nechta ishtirokchi mavjud?
• “Oila Start” – 2 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Max” – 3 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Ultra” – 5 ta abonent, shu jumladan egasi.
• “Oila Mega” – 7 ta abonent, shu jumladan egasi.
Guruh egasi nechta taklif yuborishi mumkin?
Bir kunda egasi 10 tagacha taklif yuborishi mumkin. Taklif 24 soat amal qiladi. Agar bu vaqt ichida taklif qabul qilinmasa, u bekor qilinadi
Salbiy balansda guruh yaratish mumkinmi?
Salbiy balansda guruh egasi taklif yuborishi, ishtirokchi esa ularni qabul qilishi mumkin emas.
Guruh qanday yaratiladi?
1. hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasini yuklab oling yoki so‘nggi versiyasiga yangilang.
2. Bosh sahifada Oila tarifini boshqarish bo‘limini tanlang.
3. Sahifa pastidagi Ishtirokchi qo‘shish tugmasini bosing.
4. Kontaktlardan siz ulashmoqchi bo‘lgan raqamni tanlang.
5. Taklifni jo‘nating va javobni kuting. Taklif 24 soat amal qiladi. Ishtirokchi guruhga a’zo bo‘lishi uchun hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida taklifni qabul qilishi kerak.
Guruhga qanday kirish mumkin?
Agar siz guruh egasi bo‘lmasangiz va sizga taklif kelgan bo‘lsa, uni hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining so‘nggi versiyasida 24 soat ichida qabul qiling. Taklifni qabul qilgandan so‘ng, tarifingiz avtomatik ravishda abonent to‘lovisiz “Oddiy” tarifiga o‘zgaradi va siz daqiqalar, SMS, GB, shuningdek, guruh egasining tarifiga kiritilgan telekanallar, Amediateka, Milliy va xorijiy kontentni ko‘rish uchun KINOM obunasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Guruhga qo‘shilishingiz uchun taklifni qabul qilish paytida hisobingizda ijobiy balans bo‘lishi kerak. “Oddiy” tarifiga o‘tish narxi 0 so‘m.
Qanday qilib ishtirokchi guruhdan chiqishi yoki guruh egasi ishtirokchini chiqarib yuborishi mumkin?
- Ishtirokchi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasining Oila tarifini boshqarish bo‘limida Oila tarifidan chiqish tugmasini bosib, guruhdan chiqadi.
- Guruh egasi hambi (Beeline Uzbekistan) ilovasida Oila tarifini boshqarish bo‘limiga kirib, ishtirokchini tanlaydi, shundan so‘ng "Oila" tarifidan chiqarish tugmasini bosadi.
- Guruhdan chiqqandan so‘ng ishtirokchi “Oddiy” tarifida qoladi. 3 kun davomida internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS tarifda belgilangan standart narxlar bo‘yicha sarflanadi va ishtirokchiga mavjud tariflardan biriga o‘tish imkoniyati beriladi.
Agar guruh egasining daqiqa, SMS, internet-paketlari tugab qolsa nima bo‘ladi?
Agar guruh egasida aloqa paketlari tugasa yoki uning raqami balans bo‘yicha vaqtincha bloklangan bo‘lsa, ishtirokchi “Oddiy” tarif shartlari bo‘yicha o‘z hisob raqamidan aloqa xizmatlariga haq to‘laydi. Guruh egasi *5# kodi bilan “Perezagruzka” xizmatini faollashtirish orqali tarif bo‘yicha yoqilgan daqiqalar, SMS va GB paketlarini muddatidan oldin olishi mumkin. “Perezagruzka” xizmati narxi - har bir so‘rov uchun 2 000 so‘m.
Men Oila tarifining ishtirokchisiman. Nega trafik mavjud emas?
Agar tarif egasi oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa yoki uning raqami nofaol bo‘lsa, trafikdan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Trafik tarif egasi balansni to‘ldirgach, yana faollashadi.
Tarif bo‘yicha trafik qoldig‘i yoki tarif egasining raqami faol ekanini tekshirish uchun *222# tering.
Agar Oila tarifi ishtirokchisi sifatida raqamim 90 kun faol bo‘lmasa, nima bo‘ladi?
Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent elektron hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu Abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi. Ushbu shart tarif egasi va ishtirokchiga tegishli.
Shuningdek, agar ishtirokchi 90 kun davomida qo‘ng‘iroq qilmasa, SMS yubormasa va mobil internetdan foydalanmasa, SIM-karta avtomatik ravishda o‘chiriladi va shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi.
Guruh ishtirokchilari “KINOM”ga qanday kirishlari mumkin?
“KINOM”da raqamli kontentni ko‘rish uchun har bir ishtirokchi ilovani o‘rnatishi va o‘z raqami bilan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Tarif o‘zgarganda nima bo‘ladi?
• Agar ishtirokchi tarifni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u avval guruhdan chiqishi kerak bo‘ladi.
• Agar guruh egasi tarifni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u avval barcha ishtirokchilarni guruhdan chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi.
• Agar guruh egasi tarifni ko‘proq ishtirokchilar mavjud bo‘lgan shu turkum ichidagi tarifga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, guruh saqlanib qoladi.
• Agar guruh egasi tarifni ishtirokchilar soni kamroq bo‘lgan shu turkum ichidagi tarifga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, ishtirokchilar soni limitga mos kelishi uchun ularni chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi va guruh saqlanib qoladi.
Ishtirokchi Oila tarifiga o‘tganidan so‘ng avvalgi tarifiga qayta oladimi?
Ha, agar tarif ochiq bo‘lsa. Shuningdek, u boshqa ochiq tariflardan birini tanlashi mumkin.
Guruh egasi boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilishi mumkinmi?
Boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish uchun, guruh egasi quyidagi qadamlarni bajarishi kerak:
1. Joriy guruhidagi barcha ishtirokchilarni chiqarib yuborish.
2. “Oila” tariflaridan tashqari ulanish mumkin bo‘lgan boshqa tarifga o‘tish.
3. Shundan so‘ng, taklifni qabul qilib, boshqa guruhga ishtirokchi sifatida qo‘shilish.