Beeline TV

Tafsilotlari
TV (kunlik obuna)
599 so'm/kun
IVI (kunlik obuna)
799 so'm/kun
Milliy (kunlik obuna)
699 so'm/kun
Megogo (kunlik obuna)
799 so'm/kun
Start (kunlik obuna)
799 so'm/kun
PREMIER (kunlik obuna)
799 so'm/kun
GOLD (TV, IVI, Milliy) (kunlik obuna)
1 499 so'm/kun
VIP (TV, IVI, Start, Milliy) (kunlik obuna)
1 999 so'm/kun
TV (30 kunlik obuna)
9 999 so'm/kun
Milliy (30 kunlik obuna)
11 999 so'm/kun
IVI (30 kunlik obuna)
10 999 so'm/kun
Amediateka (30 kunlik obuna)
15 999 so'm/kun
Megogo (30 kunlik obuna)
10 999 so'm/kun
Start (30 kunlik obuna)
14 999 so'm/kun
PREMIER (30 kunlik obuna)
14 999 so'm/kun
GOLD (TV, IVI, Milliy) (30 kunlik obuna)
24 999 so'm/kun
VIP (TV, IVI, Start, Milliy) (30 kunlik obuna)
34 999 so'm/kun
Setanta
14 999 so'm/kun
YANA TV (15 kunlik obuna)
2 000 so'm/kun
Beeline TV
Internet-trafikingizni sarflamay sevimli filmlar, TV kanallar va seriallarni tomosha qiling!
Shartlari

Faqat Beeline abonentlari uchun! Beeline TV xizmatidan foydalanish uchun cheksiz trafik taqdim etiladi! Paketdagi internet-trafikni sarflamagan holda, televideniye, minglab filmlar, seriallar, multfilmlar va sevimli konsertlarni tomosha qiling! Va yana – Beeline TV uchun o’z hisobidan to’lash imkoniyati!

Beeline TV imkoniyatlari:
– Telekanallar, filmlar, konsertlar va seriallarning prevyusi
– Telekanallarni kechiktirib tomosha qilish funksiyasi
– Mobil ilovada tasvir sifatini tanlash imkoniyati
– Ota-ona nazorati
– Beeline mobil tarmog’ida cheksiz internet-trafik

App Store
Play Market
APK uchun manzil
Android TV uchun APK

USSD-so’rov *6#
www.beelinetv.uz

– Ilovaga kirib, avtorizatsiyani amalga oshiring, o’z login, telefon raqamingizni ko’rsating va ro’yxatdan o’tishni yakunlash uchun SMS-xabardagi parolni kuting.
– Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, “Akkaunt” bo’limida mavjud bo’lgan barcha obuna xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
– Shartlar bilan tanishib chiqib, ulanish tugmasini bosing.
– Sizning qulayligingiz uchun obuna bir marta faollashtirilishi kerak, keyin tanlangan turga qarab har kuni yoki har 30 kunda avtomatik ravishda uzaytiriladi.

Beeline TV obunasini o’chirish uchun, mobil ilovaning shaxsiy kabineti orqali yoki www.beelinetv.uz web-sayt orqali amalga oshirish mumkin. Ilova o’chirilganda, xizmat avtomatik ravishda o’chmaydi.

–   Xizmat oldindan to’lov va postpaid to’lov tizimidagi barcha tarif rejalaridagi abonentlar uchun amal qiladi
–  “Beeline” mobil abonenti  bir vaqtning o’zida beshta har qanday qurilmani (smartfon, planshet yoki kompyuterni)  bitta telefon raqamiga ulashi mumkin;
– Dastlabki ulanishda maxsus promo-muddat amal qiladi. Promo-muddat ulangan kunning soat 00:00 gacha amal qiladi. Hisobdan yechilishi keyingi kunning soat 01:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi.
– Kunlik obunaga qayta ulanganda – obuna muddati ulangan kunning soat 00:00 gacha amal qiladi.
– Kunlik obuna uchun  mablag’ har kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechiladi. 30 kunlik obuna uchun mablag’ yechilishi abonent hisobidan mablag’ yechilgan vaqtdan boshlab 30 kundan keyin amalga oshiriladi;
– Agar hisobda obuna uchun abonent to’lovi yechilishida yetarli mablag’ bo’lmasa, hisobni yetarli miqdorda to’ldirgandan so’ng, 1 soat davomida hisobdan mablag’ yechiladi;
– Ulangan obunalar, obunaning mazmuni va narxi haqida Beeline TV mobil ilova orqali shaxsiy kabinetda “Obunalar” bo’limidan ma’lumot olish mumkin;
– Kontentning namoyish sifatiga bir nechta omillar ta’sir qiladi: internetga ulanishda mavjud bo’lgan tezligi, ulanish usuli, foydalanadigan uskunalarning ishlash faoliyati, joriy tarmoq uskunalarining tezligi va hokazo;
– Optimal tomosha qilish uchun, kerakli minimal ulanish tezligi – 2 Mbit/s. Beeline TV xizmatidan, Beeline mobil internet tarmog’i orqali, hamda, boshqa operator tarmog’i yoki internet-provayder tarmoqlarida, shuningdek, Wi-Fi tarmog’ida ham foydalanish imkoniyati  mavjud. Boshqa operator yoki internet-provayderning internet-trafik uchun to’lovi, uning shartlariga muvofiq hisobga olinadi;
– Beeline TV bo’yicha cheksiz va tariflanmaydigan trafik aksiyasi, proksi serverlardan foydalanadigan brauzerlardan foydalanganda (shu jumladan VPN) va boshqa saytlar, internet-manbalarining kontenti bo’lgan fotosuratlar, videolar, o’yinlar va boshqa media-kontentlariga amal qilmaydi va aksiya faollashtirilmaydi;
– Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali foydalanadigan brauzerlardan foydalanganda, Beeline TV xizmatining ilovasi dastlabki ro’yxatdan o’tish vaqtida foydalanish uchun imkoniyati bo’lmasligi mumkin;
– Pullik obuna o’chirilganda, pullik kontentni tomosha qilish imkoniyati bo’lmaydi;
– Abonent sinov muddati davomida xizmatni o’chirsa, qolgan va foydalanilmagan kunlar saqlanmaydi va sinov muddati tugallangan deb hisoblanadi. Xizmatni qayta ulagan taqdirda, xizmat uchun to’lov, ulangan vaqtdan boshlab hisoblanib yechiladi;
– Beeline TV ni onlayn tomosha qilish uchun internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak;
– Agar abonent raqami 60 kundan ortiq blok holatida bo’lsa, xizmat avtomatik ravishda o’chadi;
– Beeline TV uchun cheksiz trafik xizmati,  faqatgina O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi;
– Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

Beeline TV xizmatining Foydalanish shartlari va Ko’p so’raladigan savollar haqida tanishib o’ting.