SUPER XIT+

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to’lovi
27 000 so'm/oy
Tarmoq ichida kiritilgan daqiqalar paketi
1 200 daq/oy
O'zbekistonning boshqa yo'nalishlarga kiritilgan daqiqalar paketi
200 daq/oy
IMO ilovasi orqali ovozli qo'ng'iroqlar
3 000 MB/oy
Barcha yo’nalishga MB paketi
1 200 MB/oy
Facebook, Instagram, Odnoklassniki, Telegram, WhatsApp va Viber uchun MB paketi
2 000 MB/oy
TAS-IX uchun MB paketi
2 000 MB/oy
Tarif
SUPER XIT+
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

* Beeline TV va Beeline Music uchun 30 kunlik promo-muddat «XIT+» tariflar turkumiga kiritilgan. Bitta abonent raqamiga har bir xizmat uchun promo-muddat bir marta  taqdim etiladi.
Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play yoki www.beeline.uz sayti orqali, IOS uchun App Store orqali yuklab olish va ilovada ro’yxatdan o’tish kerak.
Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodini terish, qabul qilingan kodni ilovadagi «Promo-kod» bo’limida kiritish lozim. Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi. Beeline Music xizmati uchun promo-muddat  ilovadan ro’yxatdan o’tgandan keyin taqdim etiladi.
Promo-muddat tugagandan so’ng (faollashtirilgandan so’ng 30 kun o’tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 599 so’m, Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obuna 599 so’m. Tarif reja boshqa tarifga o’zgartirilganda, promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o’chirishi mumkin:
– Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo’limida tegishli obunaga o’tib, «O’chirish» tugmasini bosish kerak;
– Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS tarzida yuborish lozim.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB va daqiqalar paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha MB va boshqa internet-paketlar *103#

Messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, IMO va TAS-IX uchun MB paketi *103#

Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasini bilish *202#

Markaziy Osiyo (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq
Boshqa MDH davlatlar 3280 so’m/daq
Yevropa 6820 so’m/daq
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya 8840 so’m/daq
Boshqa Osiyo mamlakatlari 10350 so’m/daq
Amerika, Afrika 7830 so’m/daq
Avstraliya 11370 so’m/daq
Bitta xalqaro SMS yuborish 500 so’m

Sputnik aloqa xizmati

Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq
Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish batafsil

Raqamni aniqlash batafsil

Qo’ng’iroqni kutish batafsil

Qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish batafsil

* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berilishi soat 06:00 dan 00:00 gacha taqdim etiladi.

– Ushbu tarif rejaga yangi ulanganda yoki o’tilganda taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovining keyingi yechilish sanasi 1 oyni tashkil etadi. Abonent to’lovi yechilishining keyingi sanalari 1 oylik oraliq bilan amalga oshiriladi.

– Taqdim etilgan daqiqalar va MB paketi 1 oy muddat tugagandan so’ng bekor bo’ladi va jamlanmaydi.

– Tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.

– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.

– Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, kunlik abonent to’lovining narxi – 421 so’m tashkil etadi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning  1 oy uchun abonent to’lovi yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlari taqdim etiladi. Shunda avvalgi berilgan paketdagi daqiqa va MB qoldig’i bekor bo’ladi. Keyingi abonent to’lovning hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.

– Tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqt orasida amalga oshiriladi. Kiritilgan paketdan foydalanishni boshlashdan avval *103# / *106# kodini terib, sizga paketlar berilganligiga ishonch hosil qiling. Paketlar taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroqlar va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha narxlanadi.

– Agar abonent hisobida ijobiy mablag’ bo’lib, lekin oylik abonent to’lov yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda abonent to’lov bir marta minusga yechiladi va tarif bo’yicha kiritilgan daqiqa va MB paketlarining to’liq miqdori taqdim etiladi.

– Abonent raqami nofaol holatda bo’lsa, abonent to’lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Agar hisobni to’ldirgandan so’ng, blok holatidan chiqsa, oylik abonent to’lovning yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda yechilib, tarif bo’yicha kiritilgan daqiqalar va megabaytlarning hajmi to’liq taqdim etiladi.

– TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma’lum bir IP-manzillar to’plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ro’yxat bo’yicha resurs egalari tomonidan IP-manzillar o’zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo’ladigan smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o’z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki hisobdan amalga oshiriladi.

-TAS-IX hududi uchun megabaytlar, Facebook, Instagram, Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlari, IMO, Telegram, WhatsApp, Viber messenjerlari proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanishda sarflanmaydi.

– Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi.

– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

– «Elektron» hisobidan mablag’ to’liq sarflanib bo’lgandan so’ng, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini to’xtashi va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega. Shu bilan birga, abonent o’z tarmog’i abonentlaridan va boshqa mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqni va SMSlarni qabul qilish, shuningdek, 0611 raqami orqali ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.

– Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni pullik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini olish uchun – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, internetdan foydalanish va h.k.) «elektron» hisobni ijobiy qiymatga qadar to’ldirish kerak.

– Agar 90 kun davomida ketma-ket Abonentning «elektron» hisobidagi mablag’i nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan bir tomonlama voz kechishi hisoblanadi.

– Xizmatlar sessiya davomida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo’yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi 16 KB gacha bo’lgan aniqlikda katta tomonga yaxlitlanadi. Balansdan mablag’ni to’g’ri yechilishi uchun joriy sessiyani to’xtatib, abonent to’lovi yechilganidan keyin yangi sessiyani boshlash kerak bo’ladi.

– Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini – 60 daqiqa etib belgilaydi.

– Ushbu tarif rejada «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it», shuningdek, «Konferens-aloqa» xizmatlari amal qiladi.

– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB) bekor bo’ladi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanib qoladi.

– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.