Agar bir oy davomida (kalendar oyi nazarda tutilmoqda) 15 kundan ortiq abonent to’lovi to’lansa, u holda ushbu abonent to’loviga sarflagan mablag’ning 10% joriy oyning oxirigacha har kuni qo’shimcha balansga qaytariladi. Har oy hisoblagich nolga tushadi va keyingi oydan yangidan hisoblaydi.
«Kunlik» tarifdan boshqa tarif rejaga o’tilganda, qo’shimcha balansda yig’ilgan mablag’ kuyadi. Mablag’ yig’ish miqdori bo’yicha cheklovlar yo’q.
Qo’shimcha balansda to’plangan pul mablag’i birinchi navbatda quyidagi xizmatlarga sarflash mumkin: abonent to’lovini to’lash, mahalliy aloqa (chiquvchi qo’ng’iroqlar, SMS va Internet).
Qo’shimcha balansga taqdim qilingan pul mablag’lari qaytarilmaydi.