Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Beeline Sport

Tarif tafsilotlari
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
Internet barcha yo’nalishlarga, GB
10 GB/oy
O'zbekiston bo'yicha SMS *
1000 SMS/oy
Beeline TV: Setanta sports **
Beeline TV: Telekanallar **
** Tarifga "Beeline TV" telekanallarini cheksiz tomosha qilish imkoniyati kiritilgan, shuningdek, oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladigan "Setanta Sports" xizmati ham mavjud. Beeline TV ilovasini yuklash - *6#.
Ulanish kodi: *2*777#
Tarif
Beeline Sport
50 000 s'om/oy
Tarif shartlari

Sport majmualar va trenajyor zallar
• CHEKHOV SC – sport club. Barcha turdagi obunalarga 40% chegirma.
• Proform – fitness klub. Abonement uchun 20% chegirma.
• Land fitness – sportzal. Abonement uchun 10% chegirma.
• Сhallenge – fitness klub. 10% chegirma.
• STRONG GYM – sportzal. Strong Gym istalgan abonement turiga 10% chegirma.
• TRIBE – toshkent funktsional tayyorgarlik klubi Kattalar va bolalar uchun qabila. 5% сhegirma.
• Magic Galaxy – sport markazi. Abonement uchun 5%, SPA uchun 10% chegirma.
 MILON – sport va sog’lomlashtirish markazi. 20% chegirma.
• FIGHT BAZA – jang san’atlari klubi. 5% dan 15% gacha сhegirmalar.
• Nika Sport – ayollar fitness klublari tarmog‘i. Abonement uchun 20% chegirma.
• Women&Kid’s – sport va dam olish markazi. 10% сhegirma.
• FS Women – Fitness va raqs studiyasi. 10% сhegirma.
• ReForma – Ayollar fitnes zali va SPA. Barcha klub xizmatlariga 5% chegirma.
Sport do’konlar
• Sportway – sport kiyimlari. 5% chegirma.
• BePerfect – sport ozuqalari internet do‘koni. 5% chegirma.
• Ratsion.uz – sog‘lom ovqatlanish. 10% chegirma.
• GREENBOX – Sog’lom oziq-ovqat uchun onlyan do’kon. 5% dan 15% gacha сhegirmalar.
• SPORTSHOP IN TASHKENT – onlayn sport ovqatlanish do’kon. 3% chegirma.
Sport ko’ngilochlar tadbirlar
• Hero Park – «Archery Tag» sizga jangovar kamondan otishni olib keladi. 20% сhegirma.
• TRIT DEX – Peyntbol. «Beeline Sport» tarifidan foydalanadigan ishtirokchi 8 kishidan iborat jamoani to’plashi, minimal to’p to’plamini sotib olishi va har bir kishi uchun 10 to’p miqdorida bonus to’plarini olishi kerak, lekin ishtirokchilar soni 8 nafardan oshmasligi kerak.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#
SMSlar qoldig’i uchun *105#
Mb *103#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Tarifga o’tish uchun hisobdagi minimal mablag’ miqdori (tarifga o’tish narxini hisobga olmagan holda) – 50 000 so’m.

«Beeline Sport» tarif rejasiga «Status», «Status 2021», «Status NEW», «Status+» tariflar turkumi hamda «PLATINUM», «GOLD», «SILVER», «Status Silver OLD», «ZO’R 20», «ZO’R 12», «ZO’R 15», «ZO’R 10», «YANGI MEGA XIT», «YANGI TOP XIT», «TOP XIT+», «TOP XIT», «ProInternet 30 GB», «Uydagidek», shuningdek, maxsus taklif asosida chegirma taqdim etilgan tariflardan o’tish – 5 000 so’mni tashkil etadi. Qolgan tariflardan o’tish – bepul.

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  100 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha SMS  100 so’m/SMS   
Internet 100 so’m/MB    

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga  6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga  7830 so’m/daq.
Avstraliyaga  11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’mSputnik aloqa1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

¹ Birinchi oy uchun abonent to‘lovi 55 000 so‘m.
Keyingi oydan oylik abonent to‘lovi 50 000 so‘m/oy.
Birinchi oydagi taqdim qilinadigan paket hajmi 500 daqiqa va 500 MB ga oshdi.

* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi. O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.

• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun sistema abonent hisobida mablag‘ yetarliligini tekshiradi. Agar hisobda yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lov yechiladi va paketlar taqdim etiladi. Yetarli mablag‘ bo‘lmasa oylik to‘lov yechib olinmaydi, hisob qarz holatiga tushirilmaydi, paketlar ham taqdim etilmaydi. Bunday holatda aloqa xizmatlari uchun haq abonentning asosiy hisobidan tarif shartlarida standart ravishda belgilangan tardibda yechib olinadi.
Hisob yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
• Tarifda belgilangan oylik trafik qoldig‘i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan oylik paket tugagandan so‘ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish uchun *103#, daqiqalar uchun – *106#, SMSlar uchun -*105#.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga o‘tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig‘i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo‘shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so‘nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o‘zgaradi. Boshqa paketlar qoldiqlari kuyadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha yangi oylik paketlar taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishiga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng abonent hisobida mablag‘ bo‘lsayu, ammo u abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa, hisobdan mablag‘ yechilmaydi va yangi trafik taqdim etilmaydi. Avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.