Bosh sahifa/Xabarlar/Beepul yangi foydalanuvchilari uchun WELCOME BONUS shartlarida muhim o‘zgarishlar!

Beepul yangi foydalanuvchilari uchun WELCOME BONUS shartlarida muhim o‘zgarishlar!

Xabarlar
9 Oktyabr
1 min.
Main Event Image

Hurmatli mijozlar! Siz so‘radingiz, biz bajardik!

2024-yil 10-oktabrdan 31-dekabrgacha Beepul yangi mijozlari uchun kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalar limiti 3 mln so‘mdan 20 mln so‘mga oshiriladi! 
Qolgan shartlar o‘zgarishsiz qoladi.

Eslatib o‘tamiz, komissiyasiz kartadan kartaga o‘tkazmalar uchun limit* quyidagi holatlarda taqdim etiladi:

∙ Beepul ilovasida yangi foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazishda;
∙ Unikal karta* qo‘shishda.
∙ Tarif rejasi va boshqa takliflar (yarmarka/BEEP almashuvi) bo‘yicha o‘tkazmalarning faol limiti mavjud bo‘lsa, WELCOME BONUS limiti oxirgi o‘rinda ishlatiladi.
∙ Agar tarif rejasidagi limitlar yoki “WELCOME BONUS”dan tashqari boshqa bonuslar qisman foydalanilgan bo‘lsa, o‘tkazmalarning qolgan summasi WELCOME BONUS hisobidan sarflanadi.

* 30 kunga 20 000 000 so‘m limit.
* Yangi karta qo‘shilgandan so‘ng o‘tkazmalari limiti: kuniga 1 000 000 so‘m. Cheklov uch kun davomida amal qiladi.
* Unikal karta – Beepul tizimida 90 kun davomida tranzaksiya bajarilmagan bank kartasi.