Hurmatli mijozlar! SIM-kartani qayta rasmiylashtirish shart emas – hammasi o‘z holicha qoladi!
Xabarlar9 Aprel
1 min.

22-apreldagi o‘zgarishlar faqat to‘lov xizmatlarining yangi foydalanuvchilariga tegishli.
Agar siz avvaldan foydalanib kelayotgan bo‘lsangiz – siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Endi moliyaviy ilovalarda yangi ro‘yxatdan o‘tishda telefon raqami, JShShIR va bank kartasi bir-biriga mos kelishi tekshiriladi. Bu firibgarlikdan himoya qilish uchun joriy etilgan.
Muhim: Agar raqam yaqin qarindoshingiz (ota-ona, turmush o‘rtog‘i, aka-uka/opalar, farzandlar) nomida bo‘lsa – muammo bo‘lmaydi, bemalol foydalanishda davom etishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot O‘zbekiston Markaziy bankining rasmiy kanalida.
Hurmat bilan, Beeline