Sport bilan yanada ko‘proq hissiyotlar! Setanta Sports endi “Beeline”da!
24 Aprel
Xabarlar
Biz Beeline mijozlari uchun Setanta Sports yetakchi xalqaro sport servisi bilan qo‘shma xizmat ishga tushirganimiz haqida mamnuniyat bilan xabar qilamiz!
Endi o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar yoki sevimli sport lahzalari haqida qayg‘urmasligingiz mumkin – bizning xizmatimiz sizga “Setanta Sports”ning barcha kontentidan istalgan vaqt va O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan foydalanish imkonini beradi.
Xizmatni faollashtirish orqali nimalarga ega bo‘lasiz:
- Sport tadbirlarining to‘liq spektri: futbol, basketbol, MMA, UFC va boshqalar!
- Jonli o‘yinlar va sport tadbirlarining eksklyuziv translyatsiyalari.
- Istalgan qulay vaqtda tomosha qilish uchun eng yaxshi daqiqalar yozuvi.
- O‘yinlar tahlili, intervyular, tarjimai hollar - sport olamida bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar.
Va bularning barchasi internet-trafikni sarflamasdan.
Xizmat narxi oyiga - 39 000 so‘m.
Beeline bilan sport muhitiga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Batafsil