Hurmatli mijozlar!
Xabarlar
2026-yil 28-apreldan “Raqamni saqlash” xizmatini ko‘rsatish to‘xtatiladi.
Bungacha, 90 kun davomida hisobingizda hech qanday harakatlar bo‘lmasa, lekin balansingiz ijobiy holatda bo‘lsa, raqam amal qilish muddatini uzaytirish imkonini beruvchi “Raqamni saqlash” xizmati yoqilar edi.
Hozirda esa, raqamingizdan foydalanmasangiz ham, u sizning nomingizda 365 kun davomida saqlanadi, shu sababli bu xizmat o‘z dolzarbligini yo‘qotmoqda.
Endi 90 kun davomida hisobingizda hech qanday harakatlar kuzatilmasa, barcha aloqa xizmatlari, jumladan, kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS hamda internetdan foydalanish cheklanadi.
Xizmat ko‘rsatilishini keyingi 275 kalendar kun ichida kompaniyaning sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilib, tiklashingiz mumkin.
Ushbu muddat tugagach, shartnoma bekor qilinadi.