Bosh sahifa/Xabarlar/Yangi yil kechasi raqamlarda: Beeline Uzbekistan mijozlari 2026-yilni qanday kutib oldi

Yangi yil kechasi raqamlarda: Beeline Uzbekistan mijozlari 2026-yilni qanday kutib oldi

Xabarlar
8 Yanvar
2 min.
Main Event Image

Toshkent, O‘zbekiston - Digital-operator Beeline Uzbekistan Yangi yil bayrami arafasida tarmoq faoliyati yakunlarini sarhisob qildi. Asosiy tendensiya — raqamli faollikning keskin ortishi bo‘ldi: endilikda kompaniya mijozlari ikki kun ichida ilgari to‘rt sutkada iste’mol qilingan hajmdagi ma’lumotlardan foydalanmoqda. 

2025-yil 31-dekabr va 2026-yil 1-yanvarda Beeline Uzbekistan tarmog‘ida uzatilgan mobil internet-trafikning umumiy hajmi 8,86 Petabaytni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2023-yilgi Yangi yil ta’tillarida to‘rt kun ichida bu ko‘rsatkich 8,5 PBni tashkil etgan edi. Shunday qilib, onlayn xizmatlardan foydalanish darajasi ikki baravar oshdi va hozirgi kunda kunlik ma’lumot hajmi deyarli 1,8 million HD sifatidagi filmga yoki 145 000 yildan ortiq davom etadigan uzluksiz video qo‘ng‘iroqqa teng. 2026-yil Yangi yil kechasining eng yuqori oralig‘ida - soat 21:00 dan 03:00 gacha - foydalanuvchilar 1,41 MB ma’lumot jo‘natdilar va qabul qildilar.

Data-trafikning o‘sishi bilan bir qatorda, an’anaviy tabriklarga bo‘lgan yuqori sadoqat saqlanib qolmoqda. Ikki kun ichida tarmoqdagi suhbatlarning umumiy davomiyligi 358 million daqiqadan oshdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, messenjerlarning jadal rivojlanishiga qaramay, ovozli muloqot hajmi barqaror bo‘lib qolmoqda: agar 2023-yilda to‘rt kunlik ta’til davomida foydalanuvchilar 575 million daqiqa gaplashishgan bo‘lsa, 2026-yilda faqat dastlabki ikki kun ichida qo‘ng‘iroqlar hajmi uch yil oldingi natijaning 60 foizdan ortig‘ini tashkil etdi. Bayram oqshomida, olti soatlik eng yuqori yuklamada mijozlar jami 41,1 million daqiqa suhbatlashdilar.

"Yangi yil biz uchun har doim mustahkamlik va texnologik tayyorgarlik uchun sinovdir. Bu yilgi natijalar raqamli tendensiyalar qanday o‘zgarayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda: uch yil oldin uzoq dam olish kunlari uchun rekord hisoblangan bu ko‘rsatkichga bugun atigi bir-ikki bayram kunida erishilmoqda. Shu bilan birga, ovozli aloqa o‘z ahamiyatini yo‘qotmayotganini ko‘ryapmiz - odamlar hali ham bir-birlarini eshitishni xohlashadi. VoLTE texnologiyalarini modernizatsiya qilish va joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur tufayli bizning infratuzilmamiz eng muhim lahzalarda mijozlarga yuqori sifatli ovoz va internetni ta’minlab, yuqori yuklamalarni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi," - dedi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor Gediz Sezgin.

Tarmoqning barqaror ishlashi, jumladan, 2025 yilda amalga oshirilgan infratuzilmani kompleks rivojlantirish hisobiga ta’minlandi, buning doirasida kompaniya yuzlab yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi va butun mamlakat bo‘ylab kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirdi.