Beepul fintech xizmati keskin o‘sishni qayd etdi va funksiyalarini kengaytirmoqda
Xabarlar
Beepul fintech xizmati (AO “Beelab”) 2025-yilning birinchi choragini daromad o‘sish sur’atlari bo‘yicha rekord bilan yakunladi. Yilning dastlabki uch oyida daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravardan ortiqroq oshdi. Shu bilan birga, faol foydalanuvchilar soni ham barqaror oshishda davom etmoqda — bu esa mahsulotdagi yangilanishlar va auditoriyani kengaytirishga qaratilgan strategik tashabbuslar fonida xizmatga bo‘lgan yuqori talabni aks ettiradi.
O‘sish drayverlari orasida yangi foydalanuvchilarni jalb qilishning faol siyosati mavjud bo‘lib, ular Welcome Bonus aksiyasi bo‘yicha oyiga 20 million so‘mgacha komissiyasiz bank kartalaridan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, Beeline Uzbekistan’ning ayrim tarif rejalaridagi amaldagi mijozlari esa 50 million so‘mgacha, 2025-yil 1-maydan boshlab esa 100 million so‘mgacha pul o‘tkazishlari mumkin.
Yangi imkoniyatlar qatorida Uzcard va Humo to‘lov tizimlari uchun virtual kartalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada atigi 30 soniyada rasmiylashtirish va bir necha bosqichda OSAGO sug‘urtasini xarid qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, xizmatdan foydalanishning oflayn-senariylari ham kengaymoqda: ilova Beepul’ning o‘z QR-kodlari tarmog‘i, TezQR texnologiyasi hamda Rahmat tarmog‘i orqali QR-to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Bizning ustuvor vazifamiz — kundalik moliyaviy operatsiyalarni sodda, qulay va foydali qilish, shu bilan birga foydalanuvchilarning moliyaviy savodxonligi va xavfsizligini mustahkamlashdir. Daromad va mijozlar bazasining o‘sishi biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizni tasdiqlaydi,” — dedi AO “Beelab” direktori Anatoliy Pavlinov.
Alohida yo‘nalish sifatida ishga tushirilgan Beepul Agent platformasi hozirda O‘zbekistonning 12 ta hududini qamrab olgan bo‘lib, 1500 dan ortiq agentni birlashtirmoqda. Platforma aholi uchun qulay bo‘lgan oflayn nuqtalarda mobil aloqa, internet, kommunal va davlat xizmatlari uchun naqd to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi — bu esa nafaqat aholiga qulaylik yaratish, balki ish o‘rinlari yaratish uchun ham mo‘ljallangan. Platforma barqaror ishlash ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, uning ekotizimi yanada kengaytirilib boriladi.
*Tariflar, xizmatlar va aksiyalar haqida to‘liq ma’lumot kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.