Yarim milliondan ziyod yangi foydalanuvchi: O‘zbekistonliklar Hambi superapp'ni tanlamoqda
28 Yanvar
Xabarlar
Hambi ekotizimi xizmatining yangi versiyasi ishga tushirilganidan beri uch oy ichida 700 000 yangi foydalanuvchini qamrab oldi. Platformadan muntazam ravishda foydalanadigan mijozlar soni esa allaqachon oyiga 4 000 000 oshdi.
O‘zbekistonda VEON global raqamli operatori tomonidan ishga tushirilgan Hambi platformasi kundalik hayot uchun ommabop xizmatlarni yagona ilovada mujassamlashtirdi. Xususan, barcha mobil aloqa operatorlari mijozlari uchun moliyaviy xizmatlar, jumladan, komissiyalarsiz P2P pul o‘tkazmalari, teledasturlar va o‘yinlar, avtomobil sug‘urtasi, onlayn xaridlar va chiptalarni band qilish imkoniyatlari taqdim etilgan. Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari uchun esa o‘z SIM-kartalarini boshqarish yanada qulayroq bo‘lib, balansni tekshirish, xizmatlarni faollashtirish hamda maqbul tariflar va internet-paketlarni tanlash kabi amallarni osonlik bilan bajarish mumkin.
Yangi platforma ishga tushirilganidan beri foydalanuvchilar O‘zbekiston va boshqa davlatlarning turli soha mutaxassislari bo‘lgan shifokorlar bilan ishlaydigan Hambi Davo xizmati orqali 500 dan ortiq onlayn konsultatsiyalar olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu maslahatlar, ayniqsa, yashash joyidagi klinikalarga o‘z vaqtida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlar uchun muhimdir. Misol uchun, Toshkentlik shifokor samarqandlik yosh ona Oyshaga yordam berdi. Uning uch yoshli o‘g‘li qornidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilayotgan edi. Hambi Davo tufayli Oysha o‘n besh daqiqa ichida bolalar kasalliklari bo‘yicha mutaxassis bilan bog‘lanib, alomatlar haqida gapirib berdi va uning tavsiyalarini oldi. Ertasi kuni bolaning ahvoliga qarab davolash rejasi o‘zgartirildi.
“Men onlayn tarzda sifatli yordam olish mumkinligini kutmagan edim. Doktor Said o‘g‘limni uzoq davom etib kelayotgan azobdan qutqardi, buning uchun minnatdorligimning cheki yo‘q!” - deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi Oysha.
Boshqa bir holatda, toshkentlik shifokor terapevt nukuslik 52 yoshli bemor Maryamga gipertonik kriz tashxisini qo‘ydi va ayolning ahvolini barqarorlashtirish uchun tezkor choralar ko‘rishga ko‘maklashdi. Hambi Davo mutaxassislarga butun mamlakat bo‘ylab, shu jumladan chekka hududlarda yashovchi aholiga ham onlayn maslahat berish imkoniyatini yaratib bermoqda.
“Bizning Hambi'ga yuklagan vazifamiz mijozlarimizga zamonaviy platformalar yordamida kunning barcha 1440 daqiqasi davomida foydali va qulay xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashishdir. Barcha mobil operatorlar foydalanuvchilari bu yerda kundalik maishiy muammolarini hal qilishlari, dam olishlari, tibbiy maslahatlar olishlari, moliyaviy mablag‘larini boshqarishlari va hatto ta’tillarini rejalashtira olishlari mumkin. Biz Hambi'ni ekotizimning hozirgi va bo‘lajak mijozlarining haqiqiy ehtiyojlariga e’tibor qaratgan holda rivojlantirishni davom ettiramiz,” - deya izoh berdi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Hambi'ning boshqa xizmatlari ham yuqori darajada talabgir. Jumladan, 50 000 dan ortiq avtomobil sug‘urta polislarini rasmiylashtirish va ma’lumotlarni kuzatib borish uchun Hambi Auto tizimiga kiritilgan.
Hambi ilovasini rasmiy ilovalar do‘konidan yuklab oling: