Beepul va UZCARD butun mamlakat bo‘ylab terminallar orqali tezkor to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
25 Aprel
Xabarlar
Toshkent, 2024-yil 25-aprel. Endilikda do‘kon yoki kafeda hisobni naqd pulsiz yoki kartasiz Beepul ilovasidan foydalangan holda O‘zbekistondagi UZCARD milliy to‘lov operatorining terminallari orqali to‘lash mumkin. TezQR tizimi orqali to‘lov allaqachon mobil moliyaviy xizmatga integratsiya qilingan va butun mamlakat bo‘ylab savdo nuqtalarida 35 000 ta terminalda mavjud.
Beeline Uzbekistan ekotizimining moliyaviy xizmati hisoblangan Beepul ilovasi UZCARD milliy to‘lov operatorining TezQR kontaktsiz to‘lov tizimidan foydalangan holda mahalliy to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini muvaffaqiyatli integratsiya qildi. Endi Beepul ilovasi foydalanuvchilari sotuv joyidagi UZCARD terminali (oq rangli “ERA” to‘lov terminallari) ekranida hosil bo‘ladigan QR kodni o‘qish orqali istalgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Beepul ilovasi o‘rnatilgan bo‘lishi va UZCARD milliy to‘lov operatorining bog‘langan kartasi bo‘lishi kifoya, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi barcha uyali aloqa operatorlari va milliy operator kartalarini chiqaradigan banklarning mijozlari to‘lov xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Bugungi kunda 35 000 ta UZCARD terminallari to‘lov uchun QR-kodlarni yaratish funksiyasiga ega bo‘ldi va yaqin kelajakda TezQR tizimiga ega terminallar soni 70 000 taga yetishi mumkin.
“Umid qilamizki, foydalanuvchilar bu yil butun respublika bo‘ylab tarqaladigan TezQR tizimining qulayligiga yuqori baho berishadi. Deyarli har qanday do‘kon va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarida, masalan, do‘kon yoki dorixonada naqd pulsiz yoki bank kartasisiz to‘lash mumkin bo‘ladi. Bu oila moliyasining xavfsizligi va daxlsizligini kafolatlaydi, chunki hozirda karta va pulni yo‘qotish imkoniyati deyarli yo‘q”, — deydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrzej Malinowski. — Ilovalarimizga TezQR’ning joriy etilishi O‘zbekiston elektron to‘lovlar bozori va Beepul moliyaviy xizmatimiz rivojlanishida yangi bosqichga aylandi”.
2024-yil davomida TezQR mahalliy to‘lov xizmatini Beeline Uzbekistan ilovasiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda, undan oyiga 4 millionga yaqin kishi foydalanadi. Beepul xizmati orqali ham, Beeline Uzbekistan ilovasi orqali ham QR-kodni o‘qish hamda tovar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Mazkur xizmatdan foydalanishda, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida terminal orqali to‘lash uchun foydalanuvchi o‘zi bilan karta olib yurishi shart bo‘lmaydi.
Beepul – bu moliyaviy xizmat bo‘lib, u smartfon orqali bir nechta harakat bilan turli xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, barcha UZCARD va Humo foydalanuvchilariga pul o‘tkazish va qulay vositalardan foydalangan holda pul mablag‘ini boshqarish imkonini beradi. Undan oyiga 1 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalaniladi.
Beepul toʻlov xizmatining barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari AppStore/GooglePlay doʻkonlarida Beeline Uzbekistan ilovasini yangilashlari yoki ilovaning joriy versiyasini smartfoniga yuklab olishlari kerak. Boshqa uyali aloqa operatorlari mijozlari uchun rasmiy ilovalar do‘konlarida Beepul ilovasini yuklab olish, avtorizatsiyadan o‘tish va istalgan bankning UZCARD milliy to‘lov operatorini qo‘llab-quvvatlovchi kartani ulash kifoya.
Beepul xizmati haqida
Beepul O‘zbekiston Respublikasida 600 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun universal yordamchi hisoblanadi. Kommunal to‘lovlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar uchun to‘lovlar, ta'lim va tibbiy xizmatlar uchun shartnomalar va boshqa imkoniyatlar bitta ilovada va mobil telefonda bir nechta harakat orqali mujassam. Beepul O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlari mijozlariga kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini, to‘lovlarni boshqarish va yagona sodiqlik dasturini taklif etadi: barcha tranzaksiyalar uchun BEEP-bonuslari taqdim etiladi. Avtomatik to‘lovlar, bonus dasturlari va Beeline Uzbekistan eksklyuziv takliflaridan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lang.
AppStore va GooglePlay orqali Beepul’ni yuklab oling
Telegram: @beepuluzb
Instagram: @beepul.uz
Facebook: @beepul.uz
***
Milliy to‘lov operatori haqida
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UZCARD savdo belgisi) —O‘zbekiston Respublikasining yetakchi milliy to‘lov operatori hisoblanadi.
Kompaniya ekvayring faoliyatini, elektron toʻlovlarni qayta ishlashni taʼminlaydi, shuningdek, tijorat banklari, toʻlov agregatorlari va bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi provayder vazifasini bajaradi.
Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi — ishonchli, xavfsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, mijozlar va foydalanuvchilar uchun yangi mahsulot va xizmatlarni doimiy joriy etish va rivojlantirish orqali nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda yetakchi to‘lov tizimi va fintex-hamkorini yaratishdan iborat.
Bugungi kunda UZCARD tijoriy banklarni yagona dasturiy platformaga asoslangan yagona to‘lov maydonida birlashtirib, to‘lov kartalari loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirishda banklarning o‘zlariga markazlashtirilgan yordam ko‘rsatish, moliyaviy, texnik va boshqa resurslarni tejashni ta’minlashga ko‘maklashmoqda.