Hurmatli mijozlar!
Xabarlar
2026-yil 27-apreldan boshlab abonent to‘lovini yechib olish tartibi o‘zgaradi.
Abonent to‘lovi faqat shaxsiy hisobingizda mablag‘ yetarli bo‘lganda yechib olinadi.
Hisobingizda abonent to‘lovini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobdan pul yechib olinmaydi – balans minusga kirmaydi.
2026-yil 28-apreldan boshlab raqamni saqlash muddati va tariflarga o‘tish shartlari o‘zgaradi.
Shaxsiy hisobingizda pul mablag‘lari mavjud bo‘lib, raqamdan foydalanilmagan taqdirda, abonent raqami 365 kungacha nomingizga saqlab beriladi.
Abonent raqamini saqlab qolish uchun aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan tranzaksiyalarni amalga oshirishingiz kerak.
Aloqa xizmatlaridan foydalanishdan oldin *202# USSD-buyrug‘i orqali yoki hambi ilovasida abonent to‘lovi yechilganini tekshirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, STANDART, YORQIN, OLTIN VODIY va OILA START tarif rejalariga o‘tish imkoniyati ochiladi.
Tarifni o‘zgartirganlik uchun to‘lov olinmaydi – tarif rejalariga o‘tish to‘lovsiz amalga oshiriladi.