* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
** Tarif Beepul mobil ilovasi orqali bank kartasidan bank kartasiga (Humo/Uzcard) foizsiz pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.
Agar limit tugagan bo'lsa, pul mablag'larini kartadan kartaga o'tkazish umumiy shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Limit tarif reja boʻyicha keyingi abonent toʻlovi uchun muvaffaqiyatli to'lov yechilgunga qadar amal qiladi. Tarif reja bo'yicha abonent to'lovi yechilayotganida, agar taqdim etilgan limitning qoldig'i mavjud bo'lsa, kuyadi va yangi limit to'liq taqdim etiladi. Limitlar bir-biriga qo'shilmaydi.Tarif rejani o'zgartirganda, qoldiq limit bilan foydalanish imkoni bo'lmaydi.
"Perezagruzka" xizmatini faollashtirishda limit to'liq taqdim etiladi.
*** Tarif doirasida riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”). riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmatidan (shu jumladan KINOM/riitmdan) foydalanish toki asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
• Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa unda bir kunlik abonent to’lovi yechiladi va joriy kun oxirigacha bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to’lovi kunda bir marotaba to’lanadi. Hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmaganda oylik va kunlik abonent to’lovlari qarzga yechilmaydi, trafik kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to’lov tarif reja shartlariga asosan ko’rsatilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi.
• Bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi, toki hisobingizda bir oylik abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmagunicha. Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to’lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi.
• «Standart» tarifida belgilangan oylik trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi oyda taqdim etiladigan trafikga qo‘shilmaydi. Agar kun davomida tarifga kiritilgan paket tugab qolsa, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish tarif rejaning standart narxlari asosida amalga oshiriladi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo‘ng‘iroqlar narxlanishi tarif bo‘yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Gigabaytlarni tekshirish uchun *103#, SMSlar uchun -*105#.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga o‘tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig‘i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo‘shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so‘nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o‘zgaradi. Boshqa paketlar qoldiqlari kuyadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda “Abonentning iltimosiga ko‘ra raqamni bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Bunday holatda tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida “Beeline Uz” tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.