Ma'lumot
Beeline firibgarlik holatlari ko‘p kuzatilayotgani haqida xabar beradi, xususan:
• Firibgar mijozga noma’lum raqamdan qo‘ng’iroq qiladi va javob berilganda, aloqa uziladi. Qayta qo‘ng'iroq qilganda, mijoz avto-informatorga murojaat qiladi, uning vazifasi bank karta hisobidan pul yechib olish uchun mijozni aloqada ushlab turishdir;
• Mijoz tanlovda g‘olib bo‘lganligi haqida SMS-xabar oladi va unga SMS yuborish/raqamga qo‘ng‘iroq qilish/sovrinni olish uchun havolaga o‘tish so‘raladi;
• O‘zini bank hodimi, to‘lov xizmati yoki uyali aloqa operatori deb tanishtirgan firibgardan, mijoz SMS yoki qo‘ng‘iroq qabul qiladi. Firibgar mijozga pul mablag‘larini noqonuniy yechib olinishi mumkinligi, bank kartasini bloklanib qolishi yoki mobil ilovani buzilishi haqida xabar beradi. Shundan so‘ng, firibgar ushbu muammoni hal qilish uchun ma’lum bir harakatlarni amalga oshirish lozimligini aytadi;
• Onlayn savdo maydonchalarida firibgarlik holatlari (to‘lovni amalga oshirish uchun havolani bosing).
Beeline aldanib qolmaslik uchun quyidagilarni tavsiya qiladi:
• Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang (pasport ma’lumotlari, telefon raqami, karta raqami, amal qilish muddati, CVV, bir martalik tasdiqlash kodlari, manzil va boshqalar);
• Noma’lum shaxslar va manbalar ko‘rsatmalariga amal qilmang (SMS, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, Internet, ovozli qo‘ng‘iroqlar);
• Notanish saytlarga va shubhali havolalarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang;
• SMS va qoʻngʻiroqlar uchun ruxsat soʻraydigan mobil ilovalarni oʻrnatishda ehtiyot boʻling. Noma‘lum manbalardan ilovalarni yuklab olmang;
• Salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun firibgar bilan aloqa qilayotganingizda "aldashga" urinmang.
Beeline o‘z mijozlarini qabul qilayotgan barcha ma’lumotlarini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishga va rasmiy manbalarda ularning to‘g’riligini tekshirishga chaqiradi.
Hurmatli mijozlar!
Firibgarlikning oldini olish maqsadida biz sizga “Beeline” rasmiy SMS-xabarnomalarni yuborishda foydalanadigan raqamlar va nomlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Ushbu ma’lumotlar firibgarlar tomonidan aldanib qolmasligingiz va olgan xabarlarning haqiqiyligiga ishonchingiz komil bo'lishiga yordam beradi.
0674
AppLand
Beeline
Beeline_uz
BeeGUDOK
Bee_Diqqat
BeelineClub
BeelineTV
Beepul
BeeMusic
Beeline Games
Beeline Pressa
Beeline Apps
BeeCredit
BeeKiosk
BigData
BeelinePlus
Bee_rabota
beeline_info
Beerouming
BeeMarket
BeePay
Fantasy Footbol
beeline Moy
Xizmatlarga ulanishda bir necha usullari mavjud:
– *111# raqamini terish orqali xizmatlarni boshqarishda yagona menyusi;
– bepul 0674 raqamiga qo’ng’iroq qilgan holda (Beeline raqamlari uchun);
– www.beeline.uz saytidagi shaxsiy kabinet xizmati orqali;
– Hambi (Beeline Uzbekistan) mobil ilovasi orqali;
BeelineUzbekistan @BeelineUz_HelpBot Telegram boti orqali;
– USSD-xizmat yoki Push-xabarnoma orqali (abonentning mobil qurilmasi ekranidagi dialog menyusi orqali xizmatga ulanish imkoniyati) interaktiv javob;
– har bir xizmatni bevosita ulanadigan maxsus qisqa raqamlar yordamida (ular saytimizdagi har bir xizmatning tavsifida ko’rsatilgan);
«Beepul» ilovasi yordamida va bank kartasi bilan nafaqat o’z hisobingizni to’ldirishingiz mumkin, balki hisobni manfaatli to’ldirish imkoniyatingiz mavjud!
«Beepul» yordamida qanday hisobni to’ldirish mumkin?
– Android va iOS smartfonlar uchun, *2# yoki Play Market, Apple Store orqali yuklab oling;
– Tugmali telefonlar uchun – *999# terib, bank kartani ro’yxatdan o’tkazib, hisobni to’ldirishingiz mumkin;
– Shuningdek, to’lov tizimining Web sahifasi mavjud.
Rossiyada hisobni to’ldirish: Buning uchun Alt Telekom va Svyaznoy salonlarida yoki Beeline O’zbekiston rasmiy hamkorlarining biriga tegishli bo’lgan to’lov shaxobchalarida to’lovni amalga oshirsangiz kifoya. Beeline O’zbekiston rasmiy hamkorlari: Qiwi, Voronej Banki, Mobil Element, Eleksnet, Comepay, Moskva Banki, Binbank PAO, Gazprombank (Bank GPB), Legion KB, Moskva Kredit Banki, Nomos Banki (bankomatlar, internet banking), PSKB Bank, RNKO Yedinaya kassa OOO, RNKO To’lov markazi (Ekspress strana), Rapida EDS, Rus Standart Banki, Svyaznoy Logistika, Ural Rivojlantirish va Taraqqiyot Banki, Energomashbank PAO, Yunistrim (to’lov kassalari), Yandeks Dengi, CONTACT.
Bu xizmat siz roumingda bo’lsangiz ham juda qulay!
Hisobni Qozog’istonda to’ldirish:
Buning uchun «M’Pay» va «Astana Plat» to’lov tizimlari terminallarida to’lov amalga oshirilsa kifoya.
To’lovlar davlat pul birligida (rubl’ yoki tenge) qabul qilinadi. Konvertatsiya kursi va qo’shimcha vositachilik haqqi to’g’risidagi ma’lumotlar to’lovchiga bank kassalarida va to’lovni amalga oshirish chog’ida to’lov terminallari ekranlarida taqdim etiladi.
Roumingda balansni to’ldirish uchun o’z-o’ziga xizmat terminallari va banklar bo’linmalaridan tashqari, Siz avvalgiday O’zbekistonda xarid qilingan Beeline to’lov kartalaridan foydalanishingiz mumkin.
«Xorijiy to’lov» xizmati Rossiyada yoki Qozog’istonda bo’lgan faqat jismoniy shaxslar uchungina ochiq. Faqat avvaldan to’lov tarif rejalaridan foydalanuvchi «Beeline» O’zbekiston abonentlarini balansini to’ldirish mumkin.
Balans nolga teng bo’lgan chog’ida ham undan foydalanish mumkin!
So’rovni O’zbekiston bo’ylab jo’natish chog’ida:
*143* Mamlakat kodi + operator kodi + Telefon raqami#
Misol uchun: *143*99890XXXXXXX#, bu yerda 998 – mamlakat kodi, 90 – Beeline operatorining kodi, XXXXXXX – telefon raqami.
Tekin so’rovlar soni kuniga – 5 SMS
Kuniga oltinchi so’rovdan boshlab xizmat narxi 42,1 so’m
Ulanish buyrug’i *141# chaqiruv, yoki tekin 064046 raqamiga qo’ng’iroq qilish lozim.
“Menga qo’ng’iroq qil” xizmati bilan Siz, hatto hisobingizdagi pulingiz tugagan bo’lsa ham, hamisha aloqada bo’lasiz.
So’rovni O’zbekiston bo’ylab jo’natish chog’ida:
*145*abonent raqami# chaqiruv tugmasi
Misol uchun: *145*99890ХХХХХХХ#, 998 – mamlakat kodi, 90 – Beeline kodi, ХХХХХХХ – telefon raqami.
Sutkasiga tekin so’rovlar soni – 5 SMS
Sutkasiga oltinchi so’rovdan boshlab xizmat narxi – 42,1 so’m
Ushbu xizmat orqali Siz elektron hisobingizda mablag’ tamom bo’lgandan keyin 90 kalendar kuni mobaynida ham tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlarni, ham boshqa mobil operatorlarining qo’ng’iroqlarini va SMSlarini (xuddi shunday xalqaro va statsionar raqamlardan qo’ng’iroqlarni) qabul qila olasiz.
Balansning kamayishi quyidagi sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin:
chiquvchi qo’ng’iroqlarni amalga oshirish, SMS yuborish;
telefoningiz Internetga ulanganda;
telefonni uy tarmog’idan tashqarida (roumingda) ishlatish;
abonent to’lovi yoki ulanish narxi bo’lgan qo’shimcha xizmatlarni ulash.
Bundan tashqari, quyidagi hollarda balans kamayadi:
«Ishonchli to’lov» muddati oxirida.
Raqamingizning balans xarajatlarini tekshirish uchun xarajatlar detalizatsiyasiga buyurtma qiling.
Raqamingizdagi balansni tekshirish uchun quyidagilarni qilishingiz mumkin:
Saytda, «Shaxsiy kabinet» bo’limida yoki «Beeline» ilovasida.
Endi, «Beepul» ilovasi yordamida va bank karta bilan nafaqat o’z hisobingizni to’ldirishingiz mumkin, balki hisobni manfaatli to’ldirish imkoniyatingiz mavjud!
«Beepul» yordamida qanday hisobni to’ldirish mumkin?
– Android va iOS smartfonlar uchun, *2# yoki Play Market va Apple Store orqali yuklab oling;
– Tugmali telefonlar uchun – *999#terib, bank kartani ro’yxatdan o’tkazib, hisobni to’ldirishingiz mumkin;
– Shuningdek, to’lov tizimining Web sahifasi mavjud.
Oldindan to’lov tizimida:
– *102# – balans telefoningizning ekranda ko’rinadi.
– *103# – Internet trafik qoldig’i
– *101# – Internet-trafik balansi (Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber)
– *106# – daqiqalar
– *105# – SMS
– 0697 – balans va bonuslar balansini tinglash
Haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid) uchun:
– *110*04# – to’lov miqdori
– *110*07# – joriy oy uchun dastlabki ishlatilgan xizmatlar uchun to’lov miqdori
– *110*06# – qolgan daqiqalarni, sms va MB ni tekshirish
Asosiy buyruqlar:
*111# – xizmatlarning yagona menyusi
*110*05# – joriy tarif rejani bilish
*102# (0697) – balans haqida ma’lumot
*106# – qolgan daqiqalarni tekshirish
*105# – SMS balansini tekshirish
*103# – Internet-trafik balansi haqida ma’lumot
*109# – MB Facebook, Odnoklassniki, Tas-ix, Telegram, WhatsApp va Viber uchun ( «Bravo MIX», «Bravo Online», «Erkin Muloqot», «Bravo Vodiy» va «Welcome» tarif rejalari uchun).
*101# – MB Facebook, Odnoklassniki, Telegram, WhatsApp, Viber va TAS-IX uchun («Status» tarif rejalari uchun).
*5# - «Perezagruzka» xizmatini ulash («HAMMASI ZO'R», «Status», «Status 2021», «Status NEW», «Status +», «SILVER», «GOLD», «PLATINUM», «ProInternet», «YANGI XIT», «XIT», «XIT+», «ZO'R» turkumidagi tariflar va «Status Silver OLD», «ALLO», «Bir Oy», «Erkin muloqot», «Erkin muloqot Maxi», «Bravo Mix», «Click+», «Shifokor», «Uydagidek», tarif rejalarida mavjud).
*55# - «Perezagruzka» xizmatini ulash «Konstruktor» tarifi uchun
*202# – Oylik, 14-kunlik va 15-kunlik tariflarning abonent to’lovi yechilish sanasini aniqlash.
*110*09# – ulangan xizmatlarning ro’yxatini tekshirish
*999# – Beepul to’lov tizimi
*303# – Mening raqamlarim
*148# yoki *1001# – telefon raqamingizni bilish
*1# – "Hambi" (Beeline Uzbekistan) ilovasi
*2# – Beepul ilovasi
*3# – IMO ilovasi
*4# – Yandex.Musiqa ilovasi
*6# – Beeline TV ilovasi
*9# – Beeline Music & Radio ilovasi
*998* abonentning 7 raqami # – «Kodni aniqlash» xizmati
@BeelineUz_HelpBot – Beeline Uzbekistan Telegram boti
Favqulodda yordam raqamlari (bepul):
Yong’in xizmati – 101
Militsiya- 102
Tez yordam – 103
Favqulodda gaz xizmati – 104
Qutqaruv xizmati – 1050
Tarif rejangizni quyidagi usullardan biri yordamida bilishingiz mumkin:
– *110*05# buyrug’i bilan yoki 0674 raqamiga qo’ng’iroq qiling;
– «Shaxsiy Kabinet»da (/uz/signin);
– iOS (iPhone, iPad), Android va Windows Phone asosidagi telefonlar va planshetlar uchun «Beeline Uzbekistan» mobil ilovasi orqali.
Siz tarif rejangizni o’zgartirishingiz, yoki uning xususiyatlarini «Shaxsiy Kabinet»da, «Beeline Uzbekistan» ilovasida, shuningdek beeline.uz saytining «Tarif rejalari» bo’limida topishingiz mumkin.
Siz tarif rejani bir necha usul bilan o’zgartirishingiz mumkin:
– «Shaxsiy Kabinet»da;
– tarif rejaning tavsifida ko’rsatilgan kod orqali;
– yagona aloqa menyusidan foydalanish *111# orqali;
– «Beeline Uzbekistan» ilovasida.
Tarif rejani o’zgartirish narxi va hisobdagi minimal mablag’ miqdori siz o’tishni istagan tarif rejasiga bog’liq.
Tarif rejasini tanlash.
Tarif rejaning o’zgarganini tekshirish uchun *110*05# buyrug’ini ishlatishingiz mumkin.
Sizning joriy tarif rejangizni bilish uchun *110*05# buyrug’ini tering yoki 0674 raqamiga qo’ng’iroq qiling.
Ofisga tashrif buyurish orqali
Tarif rejani o’zgartirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar:
– mijozning pasport ma’lumotlari va imzosi ko’rsatilgan belgilangan shakldagi ariza;
– Pasport yoki vakolatli shaxs uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma, shuningdek vakolatli shaxsning pasporti.
To’lov shakli – aloqa xizmatlari uchun haq to’lash usuli hisoblanadi. Siz o’zingiz uchun qulay to’lov shaklini tarif rejasi bilan birgalikda tanlashingiz mumkin.
Haqqi oldindan to’lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid)
To’lovni oldindan to’lash shakli – siz avval to’laysiz, keyin mobil aloqa xizmatlaridan foydalanasiz: hisobingizni to’ldiring, bu mablag’ keyinchalik aloqa xizmatlari uchun ishlatiladi. To’lovni qachon va qanday miqdorda amalga oshirishni o’zingiz qaror qilasiz.
Asosiy afzalliklari:
– Hisobni to’ldirish qulay;
– Xarajatlarni nazorat qilish oson.
Agar kerak bo’lsa, siz hisob-kitob tizimini haqi oldindan to’lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid)dan haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid)ga, yoki aksincha o’zgartirishingiz mumkin.
To’lov shaklini o’zgartirmoqchimisiz?
Agar siz haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid)ga o’tishni istasangiz, «Beeline» ofislaridan biriga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek, sizning raqamingizni korporativ guruhiga qo’shmoqchi bo’lgan tashkilotdan qo’shimcha kelishuv xatini taqdim qilishingiz kerak.
To’lov shakli – aloqa xizmatlari uchun haq to’lash usuli hisoblanadi. Siz o’zingiz uchun qulay to’lov shaklini tarif rejasi bilan birgalikda tanlashingiz mumkin.
Haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid)
Haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid)da siz avval uyali aloqa xizmatlaridan foydalanib, so’ng oyning yakuniy hisobini to’laysiz.
Agar kerak bo’lsa, to’lov tizimini haqi keyin to’lanuvchi xizmat tizimi (Postpaid)dan haqi oldindan to’lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid)ga, yoki aksincha o’zgartirishingiz mumkin.
To’lov shaklini o’zgartirmoqchimisiz?
Avans (oldindan to’lov) shakliga o’tishni istasangiz, «Beeline» ofislaridan biriga murojaat qilishingiz va ro’yxatdan o’tish formasini to’ldirishingiz kerak.
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek, raqamingizni o’z ichiga olgan korporativ guruh tashkilotidan xat kerak.
– «Shaxsiy Kabinet«da;
-«Beeline Uzbekistan» mobil ilovasini o’rnating (Android, iOS va Windows uchun), tizimga kiring va «Mening xizmatlarim» bo’limiga o’ting;
– Agar sizga faqat ulangan qo’shimcha xizmatlar haqida ma’lumot kerak bo’lsa, *110*09# ni tering. Ma’lumot sizga sms shaklida keladi;
– Xizmatlarning yagona menyusi orqali: *111#
Xizmatlarni boshqarishning bir necha usuli mavjud:
– Tizimda ro’yxatdan o’tgandan so’ng «Shaxsiy Kabinet»da;
– Android, iOS va Windows asosida telefonlar va planshetlar uchun «Beeline Uzbekistan» mobil ilovasi orqali;
– Xizmatlarning yagona menyusi orqali: *111#
– maxsus qisqa raqamlar yordamida to’g’ridan-to’g’ri har bir xizmatni yoqish yoki o’chirish (ular bizning saytimizdagi har bir xizmatning tavsifida keltirilgan);
– 0674 raqamiga qo’ng’iroq qilib («Beeline» raqamlari uchun).
Ingliz tilidan tarjima qilinganda Rouming “sayyorlik”, “sayr qilish” yoki “sayohat qilish” degan ma’noni anglatadi.
Oddiy so‘z bilan aytganda, rouming xizmati – bu SIM-karta va telefon raqamingizni o‘zgartirmasdan chet elda mobil aloqadan foydalanish imkoniyatidir.
Bu juda qulay, chunki siz dunyoning deyarli istalgan nuqtasida o‘z raqamingiz orqali aloqada bo‘lasiz va yaqinlaringiz va do‘stlaringiz doimo siz bilan bog‘lanishlari mumkin.
Boshqa davlatga kelganingizda, siz hech narsa qilishingiz shart emas, sizning raqamingiz avtomatik ravishda mahalliy uyali aloqa operatorining mehmonlar uchun ajratilgan tarmog‘ida ro‘yxatga olinadi. Bunda telefonning o‘zi qamrov sifati yaxshiroq bo‘lgan aloqa operatorini mustaqil tanlaydi. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, telefon ekranida mahalliy operatorning kodi yoki tarmoq nomi yoki R harfi paydo bo‘ladi. Tarmoqda ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga “Xush kelibsiz” matni bilan SMS xabar keladi.
Agar manzilga yetib kelganingizda tarmoqqa ulana olmasangiz, Tarmoqda ro‘yxatdan o‘tmaganda nima qilish kerak? bo‘limiga o‘ting.
Beeline rouming xizmati endi samolyot bortida!
Siz hatto samolyot bortida muloqot qilishingiz mumkin.
Dunyoning ko‘plab tashrif buyuriladigan mamlakatlarida Beelinening oldindan to’lov tizimidagi abonentlari uchun Camel-rouming tizimi amal qiladi. U har qanday ijobiy balansda, hisobingiz nolga teng bo‘lib qolmagunga qadar Beeline aloqasidan foydalanish imkonini beradi.
Foydalanilgan daqiqalar, SMS va mobil internet uchun sarflangan mablag’ hisobingizdan real vaqtda (onlayn) yechiladi.
Camel-rouming amal qilmaydigan tarmoqlarda hisobingizda 210 500 so’mdan ortiq mablag’ bo’lishi kerak. Rouming xizmatidan hisobda 84 200 so’mdan ortiq mablag’ mavjud bo’lgunga qadar foydalanish mumkin.
“Camel” xizmati mavjud bo‘lmagan tarmoqlarda roumingda chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni tariflanishi rouming-hamkordan billing ma’lumotlarini olish vaqtiga qarab (TAP fayllari) 30 kungacha kechikish bilan amalga oshiriladi.
Foydalanilgan kirish daqiqalar, SMS va mobil internet uchun sarflangan mablag’ hisobingizdan real vaqtda (onlayn) yechiladi.
Chet el sayohatiga chiqishdan avval hisobni to’ldirishni unutmang, sababi, sayohatda hisobni to’ldirish qiyinroq bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxs tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0628@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun).
Shuni ma’lum qilamizki, LTE/4G (3GPP) texnologiyasining xususiyatlari tufayli 4G ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma, qurilmada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatish sozlamalaridan qat’i nazar, 1 KB hajmdagi maʼlumot uzatish paketlarini uzatishni vaqti-vaqti bilan boshlashi mumkin. Agar siz ma’lum bir kunda mobil internetdan foydalanishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, qurilmani faqat 2G/3G tarmog‘ida ishlash rejimiga o‘rnatish va ma’lumotlar uzatishni o‘chirish tavsiya etiladi.
Mening hisobimni to’ldir so’rovi
Roumingda ham do’stlaringiz va yaqinlaringiz hisobingizni to’ldirishi uchun bepul so’rov yuborishingiz mumkin.
Buyruqni tering: *143*murojaat qilinayotgan raqam #qo’ng’iroq
So’rovni O’zbekistondagi barcha uyali aloqa operatorlariga yuborish mumkin
Masalan: *143*998 90 ХХХ ХХ ХХ#
«Mening hisobimni to’ldir» xizmati haqida batafsil ma’lumot
Saytimiz orqali hisobingizni to’ldiring
Ushbu havola orqali o’tib, telefon raqamingiz va to’lov summasini kiriting
Ishonchli to’lov
«Ishonchli to’lov» – bu sizning hisobingizda pul tugaganda hamda o’z vaqtida hisobni to’ldirishning imkoni bo’lmaganda, hamisha aloqada qolishning yana bir imkoniyati.
«Ishonchli to’lov» xizmati haqida batafsil ma’lumot
Beepul to’lov xizmati
«Beepul» – bu smartfoningiz uchun qulay to’lov tizimidir!
Hisobni roumingda qo’shimcha xarajatlarsiz to’ldirish mumkin. Shuningdek, bir nechta plastik kartalarni ro’yxatdan o’tkazib, to’lov natijalari haqida SMS-xabarlar qabul qilishingiz mumkin.
«Beepul» xizmati haqida batafsil ma’lumot.
Xorijiy to’lov
«Xorijiy to’lov» xizmati yordamida siz «Beeline» O’zbekiston istalgan abonentining hisobini Rossiya yoki Qozog’istonda to’ldirishingiz mumkin!
«Xorijiy to’lov» xizmati haqida batafsil ma’lumot
Manzilga yetib kelganingizdan so‘ng, telefon mahalliy uyali aloqa operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tganligiga ishonch hosil qiling.
Agar bu amalga oshmasa, telefonni o‘chirib qaytadan yoqing. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, telefon ekranida mahalliy operatorning kodi yoki tarmoq nomi yoki R harfi paydo bo‘ladi. Agar bu sodir bo‘lmasa, telefon menyusi orqali tarmoqni “qo‘lda” tanlashga harakat qiling. Sozlamalarda aloqa operatorini mustaqil tanlashingiz imkoniyati mavjud. Menyu telefon modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Android uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Другие сети -> Мобильные сети -> Операторы сети -> Поиск сетей
IOS uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Сотовая связь -> Выбрать сеть -> выключить Автоматически -> Выбрать оператора
Buning bir qancha yo’llari mavjud:
• Bizga Telegram orqali yozing.
• Bizga Instagram orqali yozing
• Bizga Facebook orqali yozing
• 0611@beeline.uz elektron pochtasiga xat yuboring, qisqa vaqt ichida biz siz bilan bog’lanamiz.
• (+998 90) 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qilib bizning call-center bilan bog’laning. MChJ «Unitel» mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga qo’ng’iroqlar «O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroq» narxi bo’yicha baholanadi.
Safarda telefon raqamlarini xalqaro formatda terish kerak: + [mamlakat kodi] [shahar kodi] [telefon raqami]
Masalan, O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamni quyidagicha terish kerak: +998 [shahar kodi] [telefon raqami]
Mobil telefonga qo’ng’iroq qilish yoki SMS yuborish uchun quyidagicha terish kerak: +998 [operator kodi] [telefon raqami]
Agarda siz Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston chegaralariga yaqin hududlarda istiqomat qilsangiz, sizning telefoningiz avtomatik tarzda ushbu davlatlarning operator tarmoqlariga ulanib qolishi mumkin.
Telefoningiz xorijiy operator tarmog’ida avtomatik tarzda ro’yxatdan o’tishini kamaytirish maqsadida, sozlamalar bo’limida Beeline Uz tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
Chegara hududlarida rouming uchun ortiqcha xarajatlarni oldini olish uchun Camel rouming xizmatini *110*091# kodini terib o’chirib qo’ying. Camel rouming xizmatini qayta yoqish uchun *110*090# kodini tering
Beeline ofislarida Siz doimo o’z raqamingiz bilan SIM kartani tiklashingiz yoki qo’shimcha SIM kartani sotib olishingiz mumkin. SIM-karta almashtirish uchun telefon raqamining egasi o’z pasportini taqdim qilishi kerak. Beeline ofislari manzillari haqida ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.
Qulfni ochish uchun PUK kodini ishlating (u SIM karta sotib olinganda kartaning o’zida ko’rsatilgan bo’ladi). Qulfni ochish uchun PUK kodni kiriting.
SIM-karta kodlari bilan SIM kartaning plastik asosi yo’qolsa – 0611 yoki +99890 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qiling. Shartnoma bo’yicha raqam egasining pasport ma’lumotlarini aytishingiz kerak bo’ladi.
* Agar SIM-karta qulflangandan so’ng (PIN-kod uch marta noto’g’ri kiritilganda), PUK-kodi 10 marta noto’g’ri kiritilsa – SIM karta to’liq blokirovkaga tushadi. Bunday holda siz SIM kartani almashtirishingiz kerak.
Xizmat abonentning xohishiga ko’ra raqamni vaqtinchalik o’chirishga imkon beradi.
Quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilib raqamingizni vaqtinchalik o’chirishingiz mumkin: 0611 yoki (+99890) 185 00 55.
Shartnoma bo’yicha raqam egasining pasport ma’lumotlarini berishga tayyor bo’ling
Siz 0611 yoki (+99890) 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qilib raqamni yana yoqtirishingiz mumkin.
«Status NEW», «Status» va «Status+» tarif rejalari turkumlari, «Bir Oy» tarif rejalari abonentlari uchun ijobiy balans bilan bloklangan holatda uzluksiz qolishi 90 kun, nol yoki salbiy balans bilan – 90 kun qilib belgilangan.
Ushbu muddatdan oshib ketganda Abonentning Kompaniya xizmatlaridan foydalanishdan voz kechishi deb hisoblanadi va shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi
Haqi oldindan to’lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid) mijozlari uchun kunlik abonent to’lovi 421 so’m.
«Status NEW», «Status» va «Status+» tarif rejalari turkumi, shuningdek «Bir Oy» tarif rejalari abonentlari uchun kunlik abonent to’lovi – 0 so’m
«Beeline» ofislarida. Yangi raqamni ro’yxatdan o’tkazishda ariza yozib, ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirishingiz kerak, sizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak.
Sizning tarif rejangiz, ulangan xizmatlaringiz va balansingiz qoldig’i saqlanadi va avtomatik ravishda yangi raqamga o’tkaziladi.
Xizmat narxi – 10 000 so’m.
Agar siz «Chiroyli Raqam»ni tanlasangiz, u holda uning narxi tanlangan raqamning toifasiga bog’liq bo’ladi.
Boshqa shaxsga shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun siz «Beeline» ning ofislaridan biriga murojaat qilishingiz kerak
Boshqa shaxsga shartnomani qayta rasmiylashtirish uchun:
-Yozma ariza berish;
-Qarzni to’lash (agar mavjud bo’lsa).
-Boshqa shaxsga shartnomani qayta rasmiylashtirish har ikki tomon ishtirokida amalga oshiriladi.
Xizmat narxi – 25 000 so’m (Agar raqamingiz «Oltin raqam» seriyasidan olingan bo’lsa, uning narxi raqam toifasiga bog’liq bo’ladi)
Hujjatlar:
Jismoniy shaxslarda har ikki tomonning pasportlari bo’lishi kerak (yoki mijozning notarial ishonchnomasi).
Ushbu xizmat faqat kredit hisob-kitob tizimi abonentlariga taqdim etiladi (xizmat faqat Toshkent shahrida mavjud)
Jismoniy shaxsdan yozma ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxsdan firma blankida ariza kerak bo’ladi.
Xizmat pullik – 8 756,8 (QQS hisobga olinmagan holda) so’m/oy.
Oxirgi 12 oyning biriga batafsil detalizatsiyasini Shaxsiy kabinetda bepul olishingiz mumkin.
Online rejimida (brauzerda ko’rish imkoniyati bilan);
PDF-fayli sifatida (faylni saqlash yoki e-mail manzilga jo’natish imkoniyati bilan);
Excel-fayli sifatida (faylni saqlash yoki e-mail manzilga jo’natish imkoniyati bilan).
Bir vaqtning o’zida 31 kundan ortiq detalizatsiya ma’lumotini yuklay olmaysiz.
Masalan, 6 oylik ma’lumotga buyurtma qilishni istasangiz, 31 kundan bir necha marta ma’lumotni yuklashingiz kerak.
Qanday foydalanish kerak?
Shaxsiy kabinetda ro’yxatdan o’ting;
«Detalizatsiya» bo’limida kerakli vaqtni tanlang va «Ko’rsatmoq» tugmasini bosing;
Bundan so’ng, ushbu hisobotni (PDF yoki Excel formatida) saqlashingiz yoki elektron manzil orqali yuborishingiz mumkin.
Detalizatsiyaning asosiy Onlayn va PDF bloklarida quyidagilarni topishingiz mumkin:
Ma’lum bir vaqt uchun xarajatlar haqida umumiy ma’lumotlar;
Barcha aloqa xizmatlari uchun xarajatlar – qo’ng’iroqlar, SMS, Internet-trafik, axborot-ko’ngilochar xizmatlari;
Kun va soatgacha bo’lgan xarajatlaringiz haqida batafsil hisobot.
Agar siz hisob-kitobning to’lovdan keyingi tizimida bo’lsangiz, unda siz qo’ng’iroqlarni detalizatsiyasini bizning «Beeline Biznes» ofisimizda yozma ariza, vakilga ishonchnoma taqdim etgach olishingiz mumkin. Vakil amaldagi pasportga ega bo’lishi lozim.
Arizada telefon raqamini, talab etilayotgan davrni (oyni) ko’rsatishingiz va quyidagi jumlani qo’shishingiz zarur: “Xizmat uchun to’lovni kafolatlayman”. Detalizatsiya faqat o’tgan oylar uchun amalga oshiriladi. To’lov tarifga muvofiq undiriladi.
Haqi oldindan to’lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid) abonentlari uchun so’nggi 12 oyning istalgan biri uchun qo’ng’iroqlarni detalizatsiyasini (zarurat bo’lgan hollarda – 1 kunda, 1, 2, 4 haftada) kompaniyaning ochiq ofisida olishingiz yoki “Shaxsiy kabinet” xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Detalizatsiya qat’iyan raqam egasiga shaxsiy pasportini taqdim etganda yoki amaldagi taomilga muvofiq notarial ishonchnoma asosida beriladi. To’lov tarifga muvofiq undiriladi.
Hisobni detalizatsiyasi qo’ng’iroqlarning sanasi va vaqtini, chiquvchi va kiruvchi (javob berilgan) telefonlar raqamlarini, qo’ng’iroqlarning davomiyligini, qo’ng’iroqlar narxini, qo’ng’iroqlar turini (shahar, mobil, servis va boshqalar.), SMS jo’natish amalga oshirilgan sana, vaqt va raqamni, SMS jo’natganlik uchun haqni, internet-sessiyalar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Qancha turadi
«Beeline» ofislarida detalizatsiyaga buyurtma berish chog’idagi narxlar:
Prepaid to’lov tizimi abonentlari uchun
Qong’iroqlar detalizatsiyasi ikki xil ko’rinishda bo’ladi:
• Qong’iroqlar detalizatsiyasini abonentning emailga yuborish;
• Qong’iroqlar detalizatsiyasini qog’ozga chop etish.
Quyidagi jadvallar orqali “Qong’iroqlar detalizatsiyasi” xizmatining narxlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Xizmat narxi Siz tanlagan ko’rinishga qarab baxolanadi. Eslatib o’tamiz, Beeline Uzbekiston ilovasi orqali xam Qong’iroqlar detalizatsiyasini olishingiz mumkin.
«Qong’iroqlar detalizatsiyasi» xizmati:
| Qong’iroqlar detalizatsiyasini email ga yuborish: | ||
| 1 kun | xizmat narxi – 4210 so’m | |
| 7 kun | xizmat narxi – 8420 so’m | |
| 14 kun | xizmat narxi – 12 630 so’m | |
| 1 oy | xizmat narxi – 16 840 so’m | |
| Qong’iroqlar detalizatsiyasini qozog’ga chop etish: | ||
| 1-10 varaqlar | xizmat narxi – 15 000 so’m | |
| 11-25 varaqlar | xizmat narxi – 25 000 so’m | |
| 26-50 varaqlar | xizmat narxi – 40 000 so’m | |
| 51-500 varaqlar* | xizmat narxi – 300 000 so’m | |
*Agar varaqlar soni 500 dan ortiq bo’lsa, detalizatsiyani chop etish imkoni bo’lmaydi. Ushbu xolatda abonent qong’iroqlar detalizatsiyasini emailga yuborish orqali olishi mumkin (qong’iroqlar detalizatsiyasini emailga yuborish shartlari asosida).
Postpaid to’lov tizimi abonentlari uchun:
1 oy uchun- har bir raqam uchun 21 934,1 so’m (QQS hisobga olinmagan holda)
Zarur bo’lgan hujjatlar:
Jismoniy shaxslar uchun — pasport.
Yuridik shaxslar uchun — vakil qilingan shaxsning pasporti va tashkilot tomonidan detalizatsiyani olishga berilgan ishonchnoma.
Xizmat bepul taqdim etiladi.
Oxirgi 12 oyning biriga batafsil detalizatsiyasini "Hambi" (Beeline Uzbekistan) mobil ilovasi orqali buyurtma qilishingiz mumkin.
Mobil ilovada onlayn detalizatsiya
"Hambi" (Beeline Uzbekistan) mobil ilovasi hisobingizdagi pul mablag’larini sarflanishini kuzatishda yordam beradi.
Ma’lumotni onlayn rejimida ko’rishingiz yoki batafsil ma’lumotni PDF faylida elektron manzilga buyurtma qilishingiz mumkin.
Qanday foydalanish kerak?
"Hambi" (Beeline Uzbekistan) ilovasini o’rnating (iOS (iPhone, iPad), Android va Windows Phone uchun mavjud).
Asosiy sahifada «Detalizatsiya» sahifasini tanlang.
Hisobotni ko’rishni istagan davrni tanlang.
Detalizatsiyani ilovadan elektron manzilga buyurtma berish.
Batafsil ma’lumotni Siz elektron manzilingizga yuborilishini buyurtma berishingiz mumkin.
Qanday foydalanish kerak?
"Hambi" (Beeline Uzbekistan) ilovasini o’rnating (iOS (iPhone, iPad), Android va Windows Phone uchun mavjud).
Asosiy sahifada «Detalizatsiya» sahifasini tanlang.
O’ng burchakdagi zarf (konvert) belgisini bosing.
Hisobotni istagan muddatini tanlang.
Hisobotni olish uchun istagan elektron manzilni kiriting.
"Hambi" (Beeline Uzbekistan) — bu sizning telefoningiz orqali, o’zingizning xizmatlaringizni boshqarishga yordam beradigan mobil ilovadir.
Endi balansni oson bilishingiz, xizmatni faollashtirishingiz yoki tarifni o’zgartirishingiz mumkin.
Yuklab oling va siz doimo «Beeline» ning eng qiziqarli va foydali yangiliklaridan xabardor bo’lasiz.
Istalgan vaqtda quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
1.Balansni va joriy tarifni bilib olish;
2.Qo’ng’iroqlarni, SMS va Internetning detalizatsiyasini olish;
3. Asosiy xizmatlarni ulash va o’chirish;
4. Yangiliklardan xabardor bo’lish.
«Beeline 4G Mi-Fi Router bir nechta qurilmalardan simsiz internetga (Wi-Fi) bitta SIM karta orqali 10 nafargacha foydalanuvchilarga ulanish imkonini beradi: telefonlar, smartfonlar, planshetlar va noutbuklar.
Mutaxassisni chaqirishga hojat yo’q, SIM-kartani yoqing va barcha sozlamalar avtomatik ravishda o’rnatiladi! 4G Mi-Fi Router faqat «Beeline» Sim-kartasi bilan ishlaydi.
«Qanday qilib balans, trafik qoldig’i va joriy tarifni tekshirish mumkin?», «Qanday qilib ilovadan xarajatlar detalizatsiyasini ko’rishim mumkin?», «Tarif va xizmatlarni qidirish», «Qanday qilib Multiakkaunt qo’shish mumkin?» haqida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o’ting.
Hech kimga sir emas, abonentning balansidan elektron hisobiga ulangan qo’shimcha kontent-xizmatlar uchun mablag’ yechiladi. Bulardan ob-havo ma’lumoti, munajjimlar bashorati, valyuta kursi, yangiliklar, latifalar, o’yin, musiqalar va videolarni buyurtma qilish, shuningdek, turli ovozli va web-portallarga kirish imkoniyati bo’lishi mumkin.
Tabiiyki, har bir foydalanuvchida shunday savol tug’iladi – qanday qilib men o’zim bilmagan holda qo’shimcha kontent xizmatga obuna bo’ldim? Eng keng tarqalgan usullardan biri – bu tasodifiy mustaqil amalga oshirilgan obuna, ya’ni:
– ushbu turdagi xizmatlarni reklama qilgan web-saytlarga kirganda yoki ilovalardan foydalanganda. Shuningdek, qurilmangizga taklif sifatida yuborilgan obunaga rozilik bildirish tugmasini bosganda.
Ularni o’z vaqtida aniqlash va hisobdan keraksiz mablag’ yechilishini oldini olish ba’zan biroz qiyinchilik tug’diradi, ba’zida esa vaqt bo’lmaydi. Ammo elektron hisobingizdan vaqti-vaqti bilan mablag’ yechilayotgan bo’lsa, sizda qanday xizmatlar yoqilganligini aniqlash tavsiya etiladi.
Qanday qilib kontent-obunalarni tekshirish, kerak bo’lsa ularni o’chirib qo’yish haqida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o’ting.
Yangi mobil qurilmani sotib olishdan oldin uning IMEI kodlari ro’yxatdan o’tganligini tekshirish tavsiya etiladi.
Abonent qurilmasining IMEI-kodini qanday tekshirish mumkin?
1. https://uzimei.uz veb-saytida;
2. 1170 raqamiga IMEI-kodni SMS orqali yuborish;
3. *1170# USSD menyusi orqali.
Mobil qurilmaning IMEI-kodini qanday aniqlash mumkin?
1. Mobil qurilmada *#06# so’rovni terish orqali;
2. IMEI-kod mobil qurilmaning qutisida ko’rsatilgan;
3. IMEI-kod mobil qurilmaning batareyasi ostida va mobil qurilmaning SIM uyasida ko’rsatilgan.
IMEI-kodni qanday ro’yxatdan o’tkazish mumkin?
1. https://uzimei.uz/ veb-saytida;
2. IMEI-kod yozilgan SMS-xabarni 1170 raqamiga yuborish orqali;
3. *1170# USSD menyusi orqali;
4. www.my.gov.uz veb-saytida.
01.12.2019 yildan boshlab mobil aloqaga ulangan yangi qurilmalar (IMEI-kodlar) pullik asosda mustaqil ravishda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.
Batafsil ma’lumotni https://uzimei.uz veb-saytida yoki 1170 raqamiga qo’ng’iroq qilib olishingiz mumkin.
Internet tezligi past bo'lgan hollarda, vaziyatni to'g'irlashning bir usuli - smartfoningizdagi "Samolyot rejimi"ni yoqib-o'chirish.
Buning uchun Siz:
1. Mobil ma'lumotlarni yoqing (agar Siz uni o'chirib qo'ygan bo'lsangiz)
2. Smartfoningiz ekranida "Samolyot rejimi" ("samolyot" belgisi)ni 20-30 soniyaga yoqing. Keyin, "Samolyot rejimi"ni o'chiring, shunda telefon tarmoqni topadi va internetga ulanadi.
Quyidagi qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroqlar tanlangan tarif reja bo‘yicha O‘zbekiston bo‘ylab boshqa yo‘nalishlarga yoki O‘zbekiston bo‘ylab barcha yo‘nalishlarga taqdim etilgan daqiqalardan amalga oshiriladi. Yuqoridagi daqiqalar bo‘lmagan taqdirda, mablag‘ asosiy hisobdan tarif rejaga belgilangan narxda yechiladi.
1006 – Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining ishonch telefoni;
1007 – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura ishonch telefoni;
1008 – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishonch telefoni;
1070 – Olmazor tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1071 – Sergeli tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1073 – Uchtepa tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1074 – Yakkasaroy tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1075 – Mirzo-Ulug‘bek tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1076 – Yashnobod tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1077 – Shayxontohur tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1078 – Yunusobod tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1079 – Mirobod tumani kommunal-avariya xizmati dispecherligi (Toshkent);
1082 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
1091- O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoni;
1092 – O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasining ishonch telefoni;
1095 – Kuzgi-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishchi guruhga fuqarolarning shikoyat va arizalar qabuli;
1096 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)ning ishonch telefoni;
1102 – O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi xalq qabulxonasi xizmati ishonch telefoni;
1131 – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘riqlash bosh boshqarmasini ishonch telefoni;
1144 – Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishonch telefoni;
1154 – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan fuqarolar murojaatlarini tezkor qabul qilish uchun tashkil etilayotgan “Aloqa - markazi”;
1173 – Xavfsiz turizmni taʼminlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV axborot markazining ishonch telefoni;
1197 – Xayriya yordamini ko‘rsatish bo‘yicha yagona muvofiqlashtirish markazi;
1255 – “Uzsuvta’minot” AJ fuqarolardan hududlararo ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish uchun tashkil etilayotgan “Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi”.