Ishonchli to'lov xizmati uchun abonent to'lovi va taqdim etilgan mablag' miqdori hisobingizdan avtomatik ravishda yechib olinadi.
Qo'shimcha ma'lumot
Agarda sizning hisobingiz mablag’i tugagan bo'lsa va hozirda hisobni to'ldirish imkoni bo'lmasa, «Ishonchli to'lov» xizmatidan foydalaning. Endi siz vaziyatga tobe bo’lmaysiz va chetdan yordam kutmasdan, siz hamisha va qayerda bo’lmang, hamma joyda o’z hisobingizni to’ldira olasiz. Beeline o’z abonentlariga ishonadi, «Ishonchli to'lov» xizmati bilan siz qarz evaziga muloqot qilishingiz mumkin. Sizning so’rovingizga binoan sizga kelgusi to’lov hisobidan qarzga mablag’ taqdim etiladi va siz zarur aloqa xizmatidan foydalanishda davom etishingiz mumkin.
Ushbu xizmatdan avvaldan hisob-kitob tizimi tarif rejasidan foydalanuvchi va Beeline ga uch oydan ilgari ulangan abonentlar foydalana olishlari mumkin. Xizmat uy tarmog’ida ham, roumingda ham mavjud.
Xizmatdan foydalanish uchun *141# kodini tering yoki bepul 064046 raqamiga qo’ng’iroq qiling. Xizmatlarga ulanishda mavjud bo'lgan usullar haqidagi ma'lumot ushbu havolada mavjud.
Aloqa xizmati uchun siz so’nggi 3 oy mobaynida o’rtacha qancha sarflaganingizdan kelib chiqqan holda hisob 2 500 so'mdan 25 000 so'mga qadar to’ldiriladi (hisobda kamida -1 000 so'm bo'lishi kerak). So’nggi 3 oy mobaynida o’rtacha sarflangan pul miqdori 4 000 so’mdan kam bo’lmasligi lozim.
«Ishonchli to'lov» xizmati 3 kunga taqdim etiladi. Ushbu muddat tugagach, mazkur mablag' sarflangan yoki sarflanmaganligidan qat'iy nazar, taqdim etilgan mablag' va xizmat narxi hisobingizdan avtomatik ravishda yechib olinadi.
Agar siz Ishonchli to’lovining amal qilish muddati tugagunga qadar to’lovni amalga oshirmasangiz va taqdim etilgan Ishonchli to’lovi mablag’ini sarflasangiz, unda hisobdan chiqarilgan mablag’ salbiy balansni tashkil etadi, sizning telefon raqamingiz bloklanadi. Raqamingizni blok holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida hisobingizni o’z vaqtida to’ldirishingizni tavsiya etamiz.
"Ishonchli to'lov" xizmati bo'yicha avval olingan mablag' 60 kun davomida to'lanmasa, Kompaniya kelajakda xizmatdan foydalanish imkoniyatini o'chirish huquqini saqlab qoladi.
O'rtacha oylik xarajatlar
(3 oy davomida)
Xizmatning narxi
Ishonchli to'lov xizmati bo’yicha
taqdim etiladigan miqdor