Rivojlanish, ishonch va yangi tanishuvlar: Beeline Uzbekistan Ayollar forumi qanday oʻtdi

Xabarlar
4 Avgust
2 min.
Main Event Image

Beeline Uzbekistan tadbirkor ayollar, rahbarlar va turli sohalar vakillarini bir joyga jamlagan "Ayollar forumi"ni oʻtkazdi. Tadbir dasturi ekspertlarning chiqishlari, ochiq muhokamalar hamda professional muloqot qilish imkoniyatlarini oʻz ichiga oldi.

Kun davomida ishtirokchilar martaba qurish va oʻz ishini rivojlantirish, shu bilan birga oʻziga boʻlgan ishonchni saqlash hamda koʻplab professional va shaxsiy vazifalar orasida oʻzligini yoʻqotmaslik masalalarini muhokama qildilar. Spikerlar dadil qarorlar qabul qilish, martaba strategiyasini tuzish, ish, oila va shaxsiy maqsadlar oʻrtasida muvozanat topishga yordam beradigan amaliy vositalar, shaxsiy hikoyalar va yondashuvlar bilan boʻlishdilar.

Psixologiya, moliya, komplayens va tadbirkorlik sohalaridagi mutaxassislar oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar:

• Renata Basayeva — psixolog, biznes-murabbiy, strateg va boshqaruv sohasi eksperti;
• Nodira Sultonxoʻjayeva — TBC Uzbekistan biznes-banking (MSME Ecosystem) yoʻnalishi rahbari;
• Alina Akchurina — Chief Compliance Officer, Franklin Templeton;
• Alina Zimmerman — tadbirkor, "ChayKof", "Maqom" va "MOLOKO" kafelari hammuassisi;
• Anna Kim — Progress Furniture kompaniyasi hammuassisi, tadbirkor.

Renata Basayeva ayollar koʻpincha hammaga yoqish va boshqalarga qulay boʻlish istagi uchun qanday narx toʻlashi haqida soʻzladi hamda bu ssenariyni qanday payqash mumkinligini aytib berdi. Nodira Sultonxoʻjayeva ayolning turli rollari bir-biriga zid emasligini, aksincha, uni yetakchi sifatida shakllantirishini koʻrsatdi. Alina Akchurina shaxsiy martaba oʻsish strategiyasini qurish va korporativ muhitda oʻz oʻrnini mustahkamlash boʻyicha yondashuvlar bilan oʻrtoqlashdi. Alina Zimmerman oʻz qadriyatlari va yetakchilik uslubini saqlagan holda biznesni qanday rivojlantirish haqida gapirdi. Anna Kim koʻplab ayollar duch keladigan yuqori yuk mavzusiga toʻxtalib, "hammasi menga bogʻliq" degan ssenariydan qanday chiqish mumkinligini tushuntirdi.

Forumga Beeline Uzbekistanning kadrlar boshqaruvi va tashkiliy rivojlanish boʻyicha direktori Sofiya Gaynutdinova mentorlik qildi.

"Biz istaymizki, bu kun siz uchun tayanch nuqtaga aylansin — shunday lahzaki, undan keyin oʻzingizni ortga surib qoʻymay, balki yanada ishonch bilan gapirishni, jasoratliroq tanlov qilishni, oʻzingiz haqida balandroq ovozda eʼlon qilishni va yoʻnalishni oʻzingiz belgilaydigan hayot qurishni xohlaysiz", — deya tadbirni ochdi Sofiya Gaynutdinova.

Ish dasturidan tashqari, mehmonlarni guldasta tuzish boʻyicha master-klass, choy marosimi va norasmiy muloqot kutib turdi. Bu esa gʻoyalarni muhokama qilishni davom ettirish va yangi professional tanishlar orttirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Forum yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Forum ochiq muloqot, tajriba almashish va professional rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar izlash maydonchasiga aylandi. Beeline Uzbekistan ishonadiki, qoʻllab-quvvatlash, kuchli hamjamiyat va bir-biridan oʻrganish imkoniyati ayollarga martabasini ishonch bilan qurish, biznesini rivojlantirish va maqsadlariga erishishda yordam beradi.