Bosh sahifa/Xabarlar/Hurmatli mijozlar!

Hurmatli mijozlar!

Xabarlar
6 Iyul
1 min.
Main Event Image

2026-yil 21-iyuldan boshlab Standart, Start, Multi, Oila, Tejamli va Yangi 5 000 tariflarida yangi xizmat ko‘rsatish shartlari kuchga kiradi.
Agar abonent to‘lovi yechiladigan kunda balansingizda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, SMS, mobil internet va boshqa pullik aloqa xizmatlari abonent to‘lovi to‘languniga qadar vaqtincha cheklanadi. Shu bilan birga, balansingizdagi mavjud mablag‘ saqlanib qoladi va qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqa bo‘yicha yoki mobil internet uchun megabayt bo‘yicha sarflanmaydi.
Balansingizni abonent to‘lovi uchun zarur bo‘lgan miqdorgacha to‘ldirganingizdan so‘ng, abonent to‘lovi avtomatik ravishda yechib olinadi. Shundan so‘ng sizga tarif bo‘yicha daqiqalar, SMS va mobil internet paketlari taqdim etiladi hamda aloqa xizmatlaridan yana to‘liq foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
Yangi shartlar aloqa xizmatlari uchun kutilmagan xarajatlarning oldini olish va abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun balansingizdagi mablag‘ni saqlab qolishga yordam beradi.