Bosh sahifa/Xabarlar/Beelinedan uy uchun internet – onlayn bo’lishingiz uchun yangi imkoniyat

Beelinedan uy uchun internet – onlayn bo’lishingiz uchun yangi imkoniyat

20 Sentyabr

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Mijozlarimiz uchun yangi yechimlar yaratish maqsadida izlanishdamiz. E’tiboringizga Beeline aloqasi orqali uy uchun internet xizmatini taqdim etamiz.

Xizmatning o'ziga xosligi uning mobil va simli aloqalarning xususiyatlarini o’zida mujassamlaganida. Oson ulanish va internetdan qulay foydalanish uning jihatlaridan biri.

Uy uchun internet komplekti Beeline tarmog’ida ishlashga sozlangan zamonaviy Wi-Fi router va «BeeHome» maxsus tariflariga ulangan SIM kartadan iborat. «BeeHome» tariflari bilan internetdan optimal ravishda foydalanish mumkin bo’ladi.

Birinchi bosqichda ushbu xizmat Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida taqdim etiladi. 

Uy uchun internet xizmatiga ulanish istagida bo’lsangiz saytimiz orqali bizga murojaat yuboring va mutaxassislarimiz siz bilan bog’lanib batafsil ma’lumot berishadi. Biz router qurilmasini nafaqat uyingizga yetkazamiz, balki uni tarmog’imizga ulab, sozlab ham beramiz. Siz uchun ulanish hech qanday yumush bo’lmaydi.

Batafsil

Beeline. Siz bilan.

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin