ZO’R 7

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to’lovi
40 000 so'm/oy
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar *
Internet barcha yo’nalishlarga
8 GB/oy
O'zbekiston bo'yicha SMS
5 000 SMS/oy
Balansingizda bir oylik abonent to’lovini yechish uchun yetarli mablag’ bo’lmaganda:
Kunlik abonent to’lovi
2 000 so'm/kun
O'zbekiston bo'yicha daqiqalar *
100 daq/kun
O'zbekiston bo'yicha SMS
100 SMS/kun
Internet barcha yo’nalishlarga
100 MB/kun
Tarif
ZO’R 7
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, Mb va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqalar qoldig’i uchun *106#

SMSlar qoldig’i uchun  *105#

Mb*103#

Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari  100  so’m/daq.

O’zbekiston bo’yicha 1 SMS   100 so’m.

Internet, 1 MB 100 so’m.

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga  6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga  7830 so’m/daq.
Avstraliyaga  11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish batafsil

Raqamni aniqlash batafsil

Qo’ng’iroqni kutish batafsil

Qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish batafsil

Ushbu tarifdan «OSON 10» va «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m, «Hammasi ZO’R 1» – 10 000 so’m, «Hammasi ZO’R 2» – 5 000 so’m, boshqa tariflarga o’tish – 0 so’m.

* O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

*  Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

•  Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa unda bir kunlik abonent to’lovi yechiladi va joriy kun oxirigacha bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to’lovi kunda bir marotaba to’lanadi. Hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmaganda oylik va kunlik abonent to’lovlari qarzga yechilmaydi, trafik kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Ushbu holatda aloqa xizmatlari uchun to’lov tarif reja shartlariga asosan ko’rsatilgan narxlar bo’yicha amalga oshiriladi.
•  Tarif bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar, SMS va Mb tugaganidan so’ng Perezagruzka xizmati yordamida yangi oylik trafik olish mumkin.
•  Tarif bo’yicha taqdim etilgan MB, daqiqa va SMSlarni faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
•  Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
•  Bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi, toki hisobingizda bir oylik abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmagunicha. Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik paketlar taqdim etiladi. Keyingi oylik abonent to’lovi yeсhilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan sanadan 1 oyga uzaytiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
•  Agar oylik abonent to’lovi yechilishi vaqtida abonentda bir kunlik trafik paketi bor bo’lgan bo’lsa – kunlik va oylik paketlarning trafiki bir biriga qo’shilib ketmaydi. Kunlik paket kun tugashiga qadar amal qiladi va birinchi navbatda sarflanadi.
•  Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik paketlaridagi trafik qoldig’i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo’shilmaydi.
•  Tarifga kiritilgan paket (oylik yoki kunlik) tugagandan so’ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
•  Tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilgungacha internet, SMS va qo’ng’iroqlar narxlanishi tarif bo’yicha standart narxlar asosida amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Megabaytlarni tekshirish uchun *103#, daqiqalar uchun – *106#, SMSlar uchun -*105#.
• Abonent to’lovi yuqori bo’lgan tariflarga o’tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig’i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo’yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo’shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so’nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o’zgaradi. Tarif bo’yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo’lmagan GBlar, daqiqalar va SMSlar) qoldig’i kuyadi.
•  Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun 421 so’m kunlik abonent to’lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to’lovi yechiladi. Keyingi abonent to’lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’ bo’lmasa, u holda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 30 kun o’tganidan so’ng ishga tushadi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
•  Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo’lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo’ng’iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin.
•  O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz.
•  Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•  Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
•  Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
•  Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag’larini zaxiraga olib qo’yadi, ya’ni balansdagi pul mablag’lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to’ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
•  Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo’lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag’ mavjud bo’lsa). Zaxiralangan pul mablag’lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog’liq bo’ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to’langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag’lari ishlatish uchun ochiladi.
•  Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.