Bosh sahifa/Тип услуги/Название услуги

Status

Silver

Parametrlari
  • O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*
  • MB paketi20 000 MB / oy
  • O'zbekiston bo'yicha SMS paketi*5 000 sms / oy
  • Roumingda kiritilgan MB paketi**100 MB / oy
  • Beepul: 0% pul o'tkazmalar ***20 000 000 so'm / oy
  • Bepul «Oltin» raqam210 500 so'm
  • Bepul yoqtirilgan xizmat- «Xabardor bo’l»
  • Operator bilan bog'lanish 0777
Shartlar

«Status NEW» – bu individual yondashuv va xizmat ko’rsatish, imtiyozlar, hamda muloqot uchun kerakli bo’lgan barcha qo’shimcha xizmatlar kiritilgan maxsus tariflardir

Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:

– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status NEW mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.

– Xalqaro qo’ng’iroqlarga maxsus imkoniyatlar – Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlariga 50% chegirma.

– Roumingda muloqot uchun maxsus imkoniyatlar.

– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.

“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2 000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2 000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi –  2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi: *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.

Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#

Roumingda MB *112#

SMS *105#

Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 1 750 so’m/daq.
Rossiyaga 1 750 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 som/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yollash 1 000 som

Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

*O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

** quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).

*** “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.

Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.

•   Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.

Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi); 
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
•   Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to’ldirilganidan so’ng oylik abonent to’lovi darhol yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
•  Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi «Status Silver NEW» tarifida- 40 000 MBgacha, «Status Gold NEW» tarifida – 60 000 MBgacha, «Status Platinum NEW» tarifida – 200 000 MBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag’ bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
•   Tarif bo’yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
•   Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
•    Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
•   Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
•   Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig’i va boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
•   Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng yoki taqdim etilmagan holatda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
•   Ushbu tarifda «Erkin muloqot» va «Hamma tarmoqda» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar «Status NEW» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
•  «Status Silver NEW» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida «Status Silver NEW» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi ( «Status Gold», «Status Platinum», «Status Silver» tariflariga o’zgartirish bundan mustasno). Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qoladi.
•   O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Turkmaniston va Qirg’iziston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
•     Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
•    Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
•   «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
•     Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
•    Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
• Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.

Tarif reja

Status Silver NEW

90 000So'm/oy
Balansni onlayn to'ldirish
+998
so'm