Status
Silver
- O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*
- Internet33 GB / oy
- Tungi bonus (01:00-08:00)**90 GB / oy
- O'zbekiston bo'yicha SMS paketi*2 000 sms / oy
- KINOM: TV, filmlar va seriallar *****
- riitm: musiqa, pleylistlar va radio *****
- Roumingda kiritilgan MB paketi***100 MB / oy
- «Oltin» raqam250 000 so'm
- Beepul: 0% pul o'tkazmalar****20 000 000 so'm / oy
- Operator bilan bog'lanish 0777
«Status» – bu individual yondashuv va xizmat ko’rsatish, imtiyozlar, hamda muloqot uchun kerakli bo’lgan barcha qo’shimcha xizmatlar kiritilgan maxsus tariflardir
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
– Xalqaro qo’ng’iroqlarga maxsus imkoniyatlar – Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlariga 50% chegirma.
– Roumingda VEON hududida muloqot uchun maxsus imkoniyatlar.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2 000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2 000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 225 so’m/MB
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 1 750 so’m/daq.
Rossiyaga 1 750 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 3 500 so’m/daq.
Yevropaga 9 000 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 9 000 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so’m/daq.
Avstraliyaga 9 000 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.
** Tungi bonus taqdim etiluvchi aksiya 2023-yil 31-avgustgacha amal qiladi. Tungi bonus trafiki soat 01.00 dan 08.00 gacha bo‘lgan vaqtda sarflanadi. Aksiya amal qilish davrida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi har gal to‘langanida tungi bonus trafik beriladi va 1 oy amal qiladi. Amal qilish muddati tugaganidan so‘ng sarflanmagan qoldiq kuyadi. Boshqa tariflarga o‘zgartirilsa avvalgi tarifdan qolgan tungi bonus trafik qoldig‘i kuyadi.
*** quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).
**** “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.
Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.
***** Tarif doirasida riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar va “Milliy”). riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun abonent raqami faol holatida bo‘lishi lozim.
• Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
• Tarifga yangi ulanganda yoki o‘tganda oyning oxiriga necha kun qolganidan qat’iy nazar oylik to‘lovi to‘liq miqdorda yechiladi va paketlar to‘liq taqdim etiladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun sistema abonent hisobida mablag‘ yetarliligini tekshiradi.
Agar hisobda yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lov yechiladi va paketlar taqdim etiladi. Yetarli mablag‘ bo‘lmasa oylik to‘lov yechib olinmaydi, hisob qarz holatiga tushirilmaydi, paketlar ham taqdim etilmaydi. Bunday holatda aloqa xizmatlari uchun haq abonentning asosiy hisobidan tarif shartlarida standart ravishda belgilangan tardibda yechib olinadi. Hisob yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
• Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, barcha yo‘nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig‘i bekor bo‘lmaydi va keyingi oyga o‘tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 66 GBgacha bo‘lishi mumkin. Agar abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa va shu sababli abonent to‘lovi yechilmasa, trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Tarif bo‘yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy muddat tugaganda kuyadi va keyingi oyga o‘tmaydi.
• Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun kiritilgan paketlar taqdim etilishidan oldin uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Ushbu tarifda «Erkin muloqot» va «Hamma tarmoqda» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo‘lsa, u holda boshqa tarifga o‘tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to‘lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• Tarif reja o‘zgartirilganida tarif bo‘yicha taqdim etilgan paketlar (MB, daqiqalar va SMSlar) qoldig‘i kuyadi. Alohida xarid qilingan internet va SMS paketlar tarif o‘zgarganda kuymaydi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida «Beeline Uz» tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
• Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
