Status
Platinum+
- O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*
- IMO ilovasi orqali cheksiz ovozli qo'ng'iroqlar*
- O'zbekiston bo'yicha SMS*10 000 sms / oy
- Barcha tarmoqlar uchun kiritilgan MB to'plami30 000 MB / oy
- Internetdan foydalanish uchun kiritilgan MB lar: - tungi 01:00 dan 09:00 gacha barcha yo’nalishlarda; - 09:00 dan 01:00 gacha Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber, Musiqa(1), Video(2)15000 MB / oy
- Roumingda Internet uchun MB lar (3) 500 MB / oy
- Kiritilgan xalqaro chiqish qo’ng’iroqlar uchun daqiqalar100 daq / oy
- Roumingda kiruvchi/chiquvchi daqiqalar (3)100 daq / oy
- Beepul: 0% pul o'tkazmalar (4)30 000 000 so'm / oy
- Operator bilan bog'lanish 0777
«STATUS» – bu imtiyozga ega bo’lgan abonentlardagi, barcha kichik noqulayliklar ham hisobga olinadigan mamlakatdagi eksklyuziv servis.
«STATUS» – kompleks yechimlar, individual yondashuv va tezlik, yuksak taklif va qo’shimcha xizmatlardan eksklyuziv tarif rejalarida foydalanish.
«STATUS» abonentlari ichida Sizni ko’rishdan mamnunmiz!
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
* Status+ mijozlari uchun operator bilan bog’lanish shartlari respublika bo’yicha karantin rejimi bo’lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko’rilganda, xizmat ko’rsatayotgan xodimlar va qo’ng’iroqlarning soniga qarab operator bilan bog’lanish vaqti o’zgarishi mumkin.
– Maxsus xizmat – Butun dunyo bo’ylab davlatlariga xalqaro qo’ng’iroqlarga 50% chegirma.
– Bepul «AntiAON» xizmati.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2 000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2 000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 300 so’m/SMS
Internet 630 so’m/MB
Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 1 750 so’m/daq.
Rossiyaga 1 750 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 1 750 so’m/daq.
Yevropaga 4 500 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 4 500 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 4 500 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 4 500 so’m/daq.
Avstraliyaga 4 500 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo’llash 1 000 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
«Status Gold+» va «Status Platinum+» tarif rejalari uchun daqiqalarning texnologik chegarasi oyiga 45 000ni tashkil etadi. IMO uchun mo’ljallangan trafikning texnologik chegarasi oyiga 45 000 MB. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki 1ta abonentga cheksiz muloqot belgilanadi.
1 Musiqa uchun trafik quyidagi manbalarga mo’ljallangan: «Koko Uzbekistan», «SADO» ilovalariga va www.topmusic.uz web-saytiga.
2 Video uchun trafik quyidagi manbalarga mo’ljallangan: www.allplay.uz, www.itv.uz, www.mediabay.uz, www.mnogo.uz, www.player.uz
Musiqa va video uchun mo’ljallangan paket faqatgina internet-trafikni o’z ichiga oladi. Manbalarga obuna bo’lgan taqdirda, obuna narxini abonent tomonidan mustaqil ravishda to’lanadi.
3 quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).
4 “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.
Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
– Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
Ulangan paketdan foydalanishni boshlash uchun, *103#/*105#/*106# kodlarni terish orqali xizmat Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, qo’ng’iroqlar, sms va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha tariflanadi.
– Agar abonent hisobida abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, balans minusga kirmaydi; hisob abonent to‘loviga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘ldirilguniga qadar, aloqa xizmatlari tarif rejasi shartlariga ko‘ra taqdim etiladi.
– Tarif bo’yicha oylik abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan taqdirda, asosiy internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o’tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 60 000 MB ni tashkil qilishi mumkin. Agar abonent to’lovining navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag’ yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo’lmasa, trafik qoldig’i kuyib ketadi.
– Tarif bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va boshqa MB paketlari 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o’tmaydi.
– Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan trafik paketlarining belgilanishi oyda qancha kun qolganidan qat’iy nazar to`liq hajmda amalga oshiriladi.
– Raqam ma’muriy blok (xizmat abonent murojaatiga asosan ulanadi) holatiga tushirilganda “Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash” xizmati uchun - 421 so‘m kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Shu bilan birga tarif bo‘yicha abonent to’lovi yechilmaydi va kiritilgan xizmatlar paketi taqdim etilmaydi. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi faqat to‘lov yechiladigan sana kelganida yechib olinadi. Blokdan chiqarilgach, agar to‘lov yechiladigan sana kelgan bo‘lsa va mijoz balansida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tarif rejasining oylik abonent to‘lovi yechiladi hamda kiritilgan trafik paketi taqdim etiladi. Sarflanmay qolgan avvalgi paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi oylik abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Agar mijoz to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, ammo avvalgi oydan qolgan tarif reja paketlari mavjud bo‘lsa, uning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
– Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO(bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik kiradi) kirmagan trafik sarflanganda u asosiy internet paketi hisobiga yoki tarif rejangizga binoan sarflanadi.
– Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX va IMO uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.
– Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0777 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
– Agar raqam bo‘yicha 365 kalendar kuni davomida hech qanday faollik kuzatilmasa, bu holat operator uchun abonentning shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi hisoblanadi va uni bekor qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
– Internet paket xarid qilganingizda, yoki tarif rejani o`zgartirganingizda noto`g`ri tarifikatsiyaning oldini olish uchun faol sessiyani yakunlang va yangisini boshlang.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
– Ushbu tarifda «Erkin muloqot» va «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
– «Status +» tariflaridan istalgan boshqa («Status» bo’lmagan) tariflarga o’tish uchun ochiq ofislarga murojaat qilishingiz kerak. Bu holatda Sizga «Status Platinum +» tarifi bilan taqdim etilgan «oltin» raqam va imtiyozlar kartasi blok holatiga tushiriladi.
– Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
– Tarif reja o’zgartirilganda tarif ichida taqdim etilgan trafik (daqiqalar/SMS/MB) kuyadi. Internet va sms paketlar bo’yicha olingan trafik saqlanib qoladi.
– Ushbu tarifga o’tilgan kunning ertasidan boshlab operatorlar bilan bog’lanish uchun 0777 maxsus raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyati ochiladi.
– Tarif rejasi o‘zgarganda, unga kiritilgan barcha xizmatlar, avval o‘chirilgan bo‘lsa ham, yangi tarif sozlamalariga muvofiq qaytadan yoqiladi. Shu sababli, zarurat bo‘lsa, ularni yana bir bor o‘chirish kerak bo‘ladi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.
