Bosh sahifa/Tariflar/Status Platinum 2022

Status Platinum 2022

Cheksiz qo'ng'iroqlar
150 GB
450 GB tungi bonus
2 000 SMS
Beeline TV
KINOM
riitm
100 daqiqa roumingda
500 MB roumingda
100 xalqaro daqiqalar
1 500 000 so'mlik "Oltin" raqam
30 000 000 so'mgacha 0% komissiya

O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar*

Internet

150 GB/oy

Tungi bonus (01:00-08:00) **

450 GB/oy

O'zbekiston bo'yicha SMS paketi*

2 000 SMS/oy

Beeline TV: Telekanallar va Amediateka***

KINOM: TV, filmlar va seriallar ******

riitm: musiqa, pleylistlar va radio ******

Roumingda kirish/chiqish qo’ng’iroqlari uchun daqiqalar paketi****

100 daq/oy

Roumingda foydalanish uchun kiritilgan MB paketi ****

500 daq/oy

Xalqaro qo'ng'iroqlar

100 daq/oy

«Oltin» raqam

1 500 000 so'm

Beepul: 0% pul o'tkazmalar *****

30 000 000 so'm/oy
Status Platinum 2022

Tarif rejasi

200 000

so'm/oy

Shartlar

Status tarif rejalaridagi imtiyozlar

«Status» – bu individual yondashuv va xizmat ko’rsatish, imtiyozlar, hamda muloqot uchun kerakli bo’lgan barcha qo’shimcha xizmatlar kiritilgan maxsus tariflardir.

Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:

– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
– Xalqaro qo’ng’iroqlar uchun maxsus shartlar – butun dunyo bo’ylab qo’ng’iroqlarda kiritilgan paketdan tashqari qo’ng’iroqlar vaqtida bazaviy narxga 50% chegirma.
– Bepul «AntiAON» xizmati.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.

Agarda daqiqa, SMS yoki GB tugasa

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali, tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB to’plamlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va GB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, avval taqdim etilgan daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi, GB qoldig’I esa keyingi oyga o’tadi. Shunda keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi tarif bo’yicha taqdim etiladigan 2 oylik trafik hajmidan oshmaydi.

Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi: *5#

Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?

Daqiqa *106#

Tarif bo’yicha va boshqa internet-paketlar bo’yicha MB *103#

Roumingda MB *112#

SMS *105#

Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#

Mahalliy aloqa

Kiruvchi qo’ng’iroqlar  0 so’m/daq.    
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar  300 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS  300 so’m/SMS   
Internet  225 so’m/MB

Xalqaro aloqa va sputnik aloqa

Markaziy Osiyoga (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) 1 750 so’m/daq.
Rossiyaga 1 750 so’m/daq.
Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Moldova davlatlariga 1 750 so’m/daq.
Yevropaga 4 500 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 4 500 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 4 500 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 4 500 so’m/daq.
Avstraliyaga 4 500 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yollash 1 000 som

Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.

Sputnik aloqa

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.

Boshqa tariflarga o'tish

Tarif rejaga o'tish va ulanish yopilgan. 
Ushbu tarifdan boshqa tariflarga o'tish.

Qo'shimcha ma'lumot

* O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi. Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

** Tungi bonus taqdim etiluvchi aksiya 2023-yil 31-avgustgacha amal qiladi. Tungi bonus trafiki soat 01.00 dan 08.00 gacha bo‘lgan vaqtda sarflanadi. Aksiya amal qilish davrida tarif bo‘yicha abonent to‘lovi har gal to‘langanida tungi bonus trafik beriladi va 1 oy amal qiladi. Amal qilish muddati tugaganidan so‘ng sarflanmagan qoldiq kuyadi. Boshqa tariflarga o‘zgartirilsa avvalgi tarifdan qolgan tungi bonus trafik qoldig‘i kuyadi.

*** Tarifda abonent to‘lovi har gal to‘langanida “Beeline TV”ning “Telekanallar”, “Amediateka” bo‘limlaridan cheksiz foydalanish imkoni kiritilgan. Ilovani yuklab olish: «Beeline TV» – *6#.

**** quyidagi mamlakatlarda: Rossiya (Beeline), Qozog‘iston (Beeline), Qirg‘iziston (Beeline), Armaniston (Team Telecom), Gruziya (Cellfie), Ukraina (Kiyvstar).

***** “Status” va “Yana” turkumidagi tarif rejalar uchun (mavjud va yangi mijozlarga) Beepul mobil ilovasi orqali kartadan kartaga (Uzcard/Humo) mablag’larni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati.
Limit “Status” va “Yana” turkumidagi (Yana Bitta, Yana Ikkita, Yana Uchta, Yana To‘rtta, Status Silver, Status Gold, Status Platinum) tarif rejalariga muvaffaqiyatli o‘tganda yoki oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi.

Eslatmalar:
– Limit tugagach, kartadan kartaga pul o‘tkazish umumiy shartlarga asosan amalga oshiriladi.
– Limit tarif reja uchun keyingi abonent toʻlovi muvaffaqiyatli yechilgunga qadar amal qiladi.
– Tarif reja uchun abonent to‘lovi yechilganida taqdim etilgan limitning qoldig’i nolga tenglashtirilib, yangidan to‘liq taqdim qilinadi.
– Limitlar bir biri bilan qo‘shilmaydi.
– Raqamning tarif rejasi “Status” yoki “Yana” tarif turkumlari ichida o‘zgartirilsa, abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinganidan so‘ng, limit to‘liq hajmda taqdim etiladi.
– Raqam “Status” yoki “Yana” tarif turkumidan istalgan boshqa tarif rejaga o‘zgartirilganida limit taqdim etilmaydi va qoldiq limitlar mavjud bo‘lmaydi.
– “Perezagruzka” xizmati ulanganidan so‘ng limit yangidan to‘liq hajmda taqdim etiladi.

****** Tarif doirasida riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan (barcha TV-kanallar (“Setanta Sports”dan tashqari), Xorijiy filmlar, “Amediateka” va “Milliy”). riitm va KINOM ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi muvaffaqiyatli to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovalarni yuklab olish: riitm – *404#, KINOM – *444#.

• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun abonent raqami faol holatida bo‘lishi lozim.
• Oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha paketlar taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo‘lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Tarifga yangi ulanganda yoki o‘tganda oyning oxiriga necha kun qolganidan qat’iy nazar oylik to‘lovi to‘liq miqdorda yechiladi va paketlar to‘liq taqdim etiladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun sistema abonent hisobida mablag‘ yetarliligini tekshiradi.
Agar hisobda yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lov yechiladi va paketlar taqdim etiladi. Yetarli mablag‘
bo‘lmasa oylik to‘lov yechib olinmaydi, hisob qarz holatiga tushirilmaydi, paketlar ham taqdim etilmaydi. Bunday holatda aloqa xizmatlari uchun haq abonentning asosiy hisobidan tarif shartlarida standart ravishda belgilangan tardibda yechib olinadi.
Hisob yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga belgilanadi.
• Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, barcha yo‘nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig‘i bekor bo‘lmaydi va keyingi oyga o‘tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 300 GBgacha bo‘lishi mumkin. Agar abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa va shu sababli abonent to‘lovi yechilmasa, trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Tarif bo‘yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy muddat tugaganda kuyadi va keyingi oyga o‘tmaydi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda abonent to‘lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Bunda blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo‘lgan paketlar kuyadi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi to‘langan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo‘yicha paketlar mavjud bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng hisobdan mablag‘ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so‘ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (10 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS uchun kiritilgan paketlar taqdim etilishidan oldin uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Do it», «Hamma tarmoqda» va «Sirli qo‘ng‘iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar «Status» seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo‘lsa, u holda boshqa tarifga o‘tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to‘lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• Tarif reja o‘zgartirilganida tarif bo‘yicha taqdim etilgan paketlar (MB, daqiqalar va SMSlar) qoldig‘i kuyadi. Alohida xarid qilingan internet va SMS paketlar tarif o‘zgarganda kuymaydi.
• O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida «Beeline Uz» tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.

Boshqa tariflar

eSIMni onlayn xarid qiling

Yangi raqam tanlash
Beeline
Balansingizni onlayn to'ldiring
Balansni to'ldiring

+998

so'm
Beeline
To‘lov usullari
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin